Akademik litseylarda xorijiy tillarning



Download 45,19 Kb.
bet12/22
Sana31.12.2021
Hajmi45,19 Kb.
#272353
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
22. Chet tili umumtalim (1)

Nutq malakalari deganda, chet tilda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)ni egallash darajalari tushuniladi. Malaka o‘quvchilarning chet til o‘rganish davrida olgan ko‘nikmalarini amaliy faoliyatida sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo‘llay olish kompetentsiyasi (layoqati)dir. Nutq malakalari til

materialini muloqot paytida qo‘llash jarayonida rivojlanadi va takomillashadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chet til o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lmish nutqiy malakalarni singdirish chog‘ida ularga mos keladigan lisoniy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirishdan iboratdir. Bunday ko‘nikmalar asosini ushbu dasturda ko‘rsatilgan til materiali tashkil qiladi. Til materiali dasturda Davlat ta’lim standartiga muvofiq tarzda alohida berildi.

Til materiali, ma’lumki, leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayonida leksik, grammatik, talaffuz hamda imlo birligi kabi tushunchalarni farqlash, darslik va qo‘llanmalar tuzishda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish zarur.

Til birligi leksik, grammatik, talaffuz va orfografiya (imlo) birliklarini ifodalaydi.

Lug‘at birligi – o‘zak so‘z va yasama so‘zdan iborat, leksik birlik (o‘zak so‘z, yasama so‘z (uning tarkibidagi so‘z yoki so‘z yasovchi elementlar), so‘z yasovchi affiks, turg‘un so‘z birikmasi, gap (og‘zaki nutqning ilgarilashi sharoitida qismlarga bo‘linmay o‘rgatiladigan tayyor jumlalar)ni o‘z ichiga oladi.

Grammatik birlik – morfologiya va sintaksis hodisalar, talaffuz birligi – fonetik minimumdagi tovush-fonemadan to jumlalar ohangigacha, imlo birligi – harf, harf birikmasi, so‘z, so‘z yasash, shakl va gap yasash elementlari, so‘zning o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmaydigan shakllaridan iboratdir.

Umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitiruvchi o‘quvchilar egallaydigan 1500 ta leksik birlikni nutqda o‘zlashtiradilar.

Chet til grammatikasini o‘rgatish asosan induktiv (nutqda o‘rganilgan lisoniy hodisaga qoida-umumlashma) va qisman deduktiv (o‘qish va tinglashda uchraydigan grammatik hodisalarga oid algoritmik qoida berish) uslublarida amalga oshiriladi. Chet til grammatikasini o‘rgatish mazmuni uchta metodik mezonga ko‘ra (o‘quvchining ona tili va ikkinchi tildan to‘plangan grammatik tajribasini hisobga olib, chet tilning o‘zidan yig‘iladigan tajribaga asoslanib va grammatik hodisalar taqdimoti tartibini nazarga olib) tanlanadi va ularga maxsus mashqlar beriladi.




Download 45,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish