Akademik litseylarda xorijiy tillarning



Download 45,19 Kb.
bet2/22
Sana31.12.2021
Hajmi45,19 Kb.
#272353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
22. Chet tili umumtalim (1)

UQTIRISH XATI


Uzluksiz ta’lim tizimida tillarni o‘rgatish-o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet til o‘rganishga ehtiyoj kuchaydi. Madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida chet til o‘rganish davr talabiga aylandi.

Chet tilda nutqiy faoliyat yuritish o‘quvchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltiriladi, ya’ni o‘rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy merosni o‘zlashtirishga erishiladi. Tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv jarayonida o‘quvchi avval egallagan ijtimoiy, madaniy, lisoniy, emotsional tajribasini boyitadi. Muloqotdosh (kommunikant)larning bir-birini tushunishlari chet til bilishning asosiy mezoni hisoblanadi.

Ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan chet tilning farqi bir paytning o‘zida, uning ham ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi. Chet tilda nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash ta’limdan ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi bilan birga o‘rganilayotgan til yangi va foydali axborot olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi. O‘quvchi (learner) faqat muloqotdosh sifatida emas, balki axborot sohibi (kognizant) maqomida o‘rganilayotgan tildan foydalanadi. Tilni o‘rganish chog‘ida o‘quvchi lingvistik bilimlar to‘plash bilan emas, balki nutqiy va madaniy malakalari (kompetentsiyasi)ni oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetentsiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida chet til o‘rgatiladi. Chet til ta’limida kommunikativ-kumulyativ metod tatbiq etiladi. Xorijiy G‘arb lingvodidaktikasi istilohida bu madaniyatlararo muloqot yo‘nalishi nomi bilan yuritiladi.

Chet til va madaniyat yaxlit (integrastiyalashgan) holda o‘rgatiladi. Madaniyat, bu o‘rinda inson fikri va faoliyati hosilasi tushunchasini ifodalaydi. Chet tilda o‘rganiladigan lisoniy (leksik, grammatik, talaffuzdagi) birlikda lingvomadaniy xususiyatlar tajassum topgan va nutqiy jarayon (diskurs)da ularga o‘quvchi e’tibori qaratiladi. Mazkur metodik qoida doirasida chet til o‘qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi.

Maqsad deganda, chet til va uning sohibi madaniyatini o‘rgatish va o‘rganishning ongli tarzda rejalashtirilgan natijasi ko‘zda tutiladi. O‘qitish sharoitidan kelib chiqib, muayyan maqsad qo‘yiladi. Sharoit tushunchasi qamroviga o‘quv muassasasi turi (maktab), o‘quvchining psixologik (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi.

O‘qitish mazmuni jahonda e’tirof etilgan didaktik ta’limotga binoan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi. Chet tilni amaliy o‘rganishda lingvistik nazariy bilimlar umuman bayon etilmaydi. Bilim til materialini bilish (ko‘nikma) va uni o‘zlashtirishda yuz beradigan qiyinchiliklarni oddiy so‘zlar bilan sodda tilda tuchuntirish, ya’ni xatolarning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatma ma’nosini bildiradi. Ko‘nikma tarkibiga kiradigan amaliy qoida ona tili va chet tilda farqlanadigan yoki til ichki interferensiyasini keltirib chiqaradigan chet til hodisalari bo‘yicha beriladi (masalan: artikl (ona tilida yo‘q), otning ko‘plik shakli (birlik shakli leksik birlik hisoblanadi) yoki ingliz tilidagi otning ko‘plik shakli, qaratqich kelishigi, fe’lning sodda hozirgi zamondagi uchinchi shaxs birlik shakli (har uchalasi [z], [s],

[iz] qabilida talaffuz etiladi va til ichki interferensiyasiga sabab bo‘ladi).

O‘qitish mazmuni komponentlaridan til materiali o‘rganilmish chet til sistemasidan minimum sifatida tanlanadi (o‘quvchi uchun u lisoniy maksimum hisoblanadi). Minimum til o‘rgatish uchun zarur va yetarli bo‘lmog‘i kerak. Tanlangan minimumdagi lisoniy birliklarni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradigan qismigina til materialining o‘rgatish mazmunini tashkil etadi va o‘quv dasturidan o‘rin oladi.

Umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim maktablarining 1-11-sinflari uchun chet tillar fanlaridan o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi “O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli, 2017 yil 15 martdagi “O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 140-sonli qarorlari asosida chet til bilishning boshlang‘ich, tayanch va boshlang’ich mustaqil darajalari (A1, A1+, A2, A2+, B1, B1+) talablari asosida tuzilgan. Ushbu ta’lim bosqichlari bitiruvchilari Davlat ta’lim standartining mazkur darajalari uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari shart.

Chet til o‘qitish mazmuni uch tarkibli ta’limiy hodisadir:



  1. nutq mavzulari;

  2. ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar;

  3. til materiali.

O‘qitish mazmuni mavjud sharoitga ko‘ra, jumladan, o‘quv predmetiga ajratilgan vaqtga qarab tanlanadi.


Download 45,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish