Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligishundan iboratki, talabalarning mustaqil qayta o’zlashtirishini tashkil etish maqsadida ularni matematika fanlariga oid masalalarni matematik paketlardan biri Mathcad dasturi yordamida bajarish usullarini o’rgatish, Mathcad dasturi imkoniyatlarini ochib berish, darslarni o’tishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish va shu bilan birga talabalarni bu sohadagi qiziqishlarini oshirish. Yechgan misollarni Mathcad dasturi yordamida tekshirish va o’z ustlarida mustaqil ishlashni o’rgatish.
Bitiruv malakaviy ishida tadqiqot ob’yekti va predmeti. Matematik paketlardan Mathcad dasturi va fanlarni o’qitishda Mathcad dasturidan foydalanish. Dasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan kompyuter xonalari. Kompyuterda masala yechish algoritmlari va dasturlari. Masalalarni bajarishda kompyuter texnologiyalari va eng zamonaviy usullardan foydalanish. Fanlar bilan kompyuter texnologiyalarini o’zaro bir biriga bog’lash.
Bitiruv malakaviy ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari. Matematik misollarni yechishda Mathcad dasturining imkoniyatlarini ko’rsatish; dars jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish; hisoblash natijalarini to’g’riligini kompyuterda olingan natijalar bilan solishtirish; talabalar mustaqil shug’ullanishlari uchun uslubiy qo’llanma ko’rinishda tayyorlash; talabalarga kompyuterda mustaqil o’zlari masala yechish usullarini ko’rsatish va talabalarni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Tadqiqot usuli va uslubiyoti: Matematikaga oid misollarni yechishda Mathcad dasturidan foydalanish usullarini ko’rsatish va dars jarayonida ularni qo’llash. Talabalarga kompyuter orqali masalalar bajarish usul va algoritmlarini o’rgatish bilan birga ularga kompyuterda ishlash texnologiyalarini o’rgatish.
Olingan asosiy natijalar: Akademik litsey talabalari uchun matematikaga oid misollarni kompyuterdan foydalanib bajarishda Mathcad dasturi imkoniyatlarini ko’rsatish; Mathcad dasturi yordamida qanday matematik masalalarni bajarish mumkinligini namoyish qilib berish.
Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Hisoblash usullari, algebra, matematik analiz fanlarini o`qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va dars samaradorligini oshirish. Talabalar masalalarni mustaqil bajarib, uni kompyuter orqali tekshirib ko`rishi juda katta ahamiyatga ega.