Akademik litseylar uchun masofaviy ta’limda ozbek adabiyotini o’rganishning o’ziga xos usullari b. M. Polvonova



Download 27,45 Kb.
bet1/2
Sana21.09.2021
Hajmi27,45 Kb.
#180701
  1   2
Bog'liq
Bashorat maqola ONlayn dars


AKADEMIK LITSEYLAR UCHUN MASOFAVIY TA’LIMDA OZBEK ADABIYOTINI O’RGANISHNING O’ZIGA XOS USULLARI

B.M.Polvonova (Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali akademik litseyi , ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi)
Ilm o’rganish hamisha insoniyat uchun eng muhim hayot tamoyili, ijtimoiy munosabatlarning ham, siyosiy-iqtisodiy rivojlanishning ham asosiy poydevori hisoblanadi. Hadisi sharifda ilm Xitoyda bo’lsa ham o’rganish kerakligi aytiladi, ya’niki bilim olish uchun uzoq yurtlarga borish kerak bo’lsa ham aslo ikkilanmay yo’l olish kerakligini tushunamiz. Lekin hozirgi zamonaviy texnologiyalar tufayli bir yerda o’tirgan holda butun olamni kezib chiqish mumkin.

Karonavirus epidemiyasi tufayli yurtimizning barcha ilm dargohlari masofaviy ta’lim usuliga o’tib, ilm ahli uchun birmuncha yangi, hali to’liq o’rgana olmagan imkoniyatlarimiz eshigi ochilgandek bo’ldi. Xususan, o’zbek tili va adabiyoti fani predmeti uchun muhim bo’lgan jihat- yozma nutq rivojlanishi uchun bu majburiy chora yaxshi bir imkoniyat hisoblanadi.

Adabiyot fan sifatida ham, san’at sifatida ham insonlarni hamisha o’zining sirli quchog’iga chorlab keladi. Badiiy asarlar g’oyasi, ularni yaratgan mualliflarning ibratli hayot yo’li, teran va go’zal ifodalar har qanday o’quvchini ta’sirlantirmay qo’ymaydi. Agar adabiyotni uni chindan ham sevadigan, qalbini badiiy tafakkur bilan sug’organ ustozdan o’rgansangiz, siz uchun yangi olamlar eshigi ochiladi, har bir soha bo’yicha bilimlaringiz teranlashadi, umumlashadi, mustaqil mushohadalar yurita olasiz. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning kitobxonlik haqidagi tashabbuslari, jonbozliklari ham bejizga emas. Zero kitobni sevgan inson odamni va olamni sevadi, Ollohni taniydi, barcha ezgu fazilatlarga oshno bo’ladi.

O’zbek adabiyoti fani masofaviy ta’lim jarayonida yana qaytadan kashf etildi, hatto ta’lim oluvchilardan tashqari shaxslarning ham e’tiborini jalb etib, o’ziga maftun qilishga erishdi desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Televideniya orqali berilgan adabiyot darsi mashg’ulotlari o’ziga xos texnik vositalar bilan chiroyli taqdim qilindi. Bundan tashqari fan o’qituvchilarining o’z shogirdlari bilan internet orqali olib borgan dars mashg’ulotlarida ham o’ziga xos muvaffaqiyatga erishdilar.

Yurtimizdagi akademik litsey o’quvchilari o’zlarining bilim ko’lami kengligi, ilmga intiluvchanligi, zehnli va zukkoligi bilan ko’pgina yoshlardan ajralib turadi , desak yanglishmaymiz. Masofaviy ta’lim jarayonlarida ham ular o’zlarining faolligi , ilmga chanqoqligini namoyon etishdi.

Adabiyot darslarida rasmli ma’lumotlardan foydalanish, nashr etilgan badiiy asarlarni namoyish qilish, badiiy asarning sahna variantini ko’rsatish, qo’shiq yoki kino qilinganini havola etish o’quvchida katta taassurot uyg’tishi, uni ruhlantirishi , bilim va ko’nikmalarni uzoq vaqt saqlanishini ta’minlashi mumkin.

Masalan, adabiyot fani mavzusida o’tiladigan “ Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asari ” [ 1] mashg’ulotini oladigan bo’lsak, bunga juda ko’p ilovalar kiritishimiz mumkin. Qodiriy hayoti va ijodi bo’yicha taqdimotlar, asarlarining sahna variantlari, asarga bag’ishlab yaratilgan she’r, kuy va qo’shiqlarni tegishli tarzda bir-biriga bog’lab berilsa, dars maqsadi to’liq amalga oshadi.

Rangli rasmli testlar ham o’quvchini bilimini oshirishi bilan birga uning tasavvur qobiliyatini rivojlantirib, eslab qolish ko’nikmasini ham mustahkamlaydi.

Shiningdek , Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi [2] ham adabiyot fani doirasidagi mavzulardan biri hisoblanib, bu mavzuni yoritishda masofaviy ta’limdagi bir qancha usullarni qo’llash mumkin. Jumladan, “Bandicam” kompyuter dasturi orqali chiroyli video dars tayyorlash, uni belgilar, grafik organayzerlar va mavzuga oid rasmlar bilan bezash hamda jonli izohlash mumkin.Asardan parchalar keltirish, uni audio kitob tarzida o’qish ham mumkin.

So’ng esa rangli rasmli testlarni ilova qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Adabiyot fanini Masofaviy o’rganishda quyidagi sxemadan foydalanilsa , mashg’ulot oldiga qo’yilgan maqsad ado etilgan bo’ladi:



  1. Download 27,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish