harakatida yuradigan kimsalarning jazosi – o‘lim yo dorga osish yoki
oyoq-qo‘llari teskarisiga (ya’ni o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l
bilan o‘ng oyoq) kesilishi yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir», –
deyilgan. Mazkur oyatda jinoyatchiga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan bir
necha jazo turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, jazo tayinlovchi ulardan birini
tanlash huquqiga ega.
Ayrim huquqiy maktablar vakillari, masalan, Zohiriylar dispozitiv
normalarni tan olmaganlar va tomonlarning shartnoma shartlarini
o‘zgartirishga haqlari yo‘q, deb hisoblaganlar. Ularning fikricha,
shartnoma shartlari musulmon huquqi tomonidan o‘zgarmas qilib
o‘rnatilgan. Boshqa huquq maktablarining vakillari esa tomonlarning
musulmon huquqi taqiqlamagan har qanday kelishuvlarini
ma’qullaganlar. Hanafiylar va Shofi’iylar maktabi kompromiss (kelishuv,
79
murosa qilish) nuqtai nazarni quvvatlaganlar. Umuman olganda,
musulmon huquqida ko‘plab normalar imperativ xarakterga ega.
Musulmon huquqiy doktrinasi ta’limoti musulmonlar huquqiy normalarni
biladilar degan nuqtai nazardan kelib chiqadi. Aks holda, agarda
musulmonlar u yoki bu normani bilmasdan xatti-harakat sodir etgan
bo‘lsalar, ular javobgarlikdan ozod etiladilar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar
ushbu holatni faqat Qur’on va sunna normalariga tegishli, mujtahidlar
tomonidan qabul qilingan normalar esa musulmonlar ularni bilish yo
bilmasliklaridan qat’i nazar, amal qiladi, deyishgan. Musulmon
huquqining boshqa huquqiy tizimlar, jumladan roman-german huquqiy
tizimidan muhim farqi shundaki, uni sohalarga bo‘lish manbalarga
bog‘liq emas. Bitta manba musulmon huquqining bir necha sohasi uchun
asos, zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Musulmon huquqining shakllanishi davrida uni sohalarga bo‘lish
masalasi ko‘tarilmagan. Huquq normalarini dastlab mazmuniga ko‘ra
guruhlashga harakat qilingan. Musulmon huquqi nazariyasi to‘liq
shakllangach, uning normalarini sohalarga bo‘lish davri boshlandi
1
.
Lekin, huquqiy maktablar orasida musulmon huquqi normalarini alohida
sohalarga taqsimlash borasida yakdillik bo‘lmagan va bu hol hozirgacha
saqlanib qolmoqda. Ba’zi tadqiqotchilar musulmon huquqi normalarini
uchta katta guruhga bo‘ladilar. Musulmon huquqi tizimi musulmon-
larning uch asosiy hayot tarzini tartibga soluvchi norma va tamoyillarni
«qamrab oladi». Ular musulmonlar bilan Alloh o‘rtasidagi; fuqarolar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; davlatlar va dinlar o‘rtasidagi muno-
sabatlarni tartibga soluvchi normalardir.
Ba’zi tadqiqotchilar musulmon davlati va u bilan fuqarolar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar va institutlar yig‘indisini
alohida mustaqil guruhga ajratadilar. Hanafiy mazhabiga mansub olimlar
esa davlatlar, xalqlar, turli dinlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga
soluvchi normalar yig‘indisini alohida guruhlarga ajratadilar. Masalan,
«Majalla-al-ahkom al-adliya»da (ilk islom kodeksi) islom bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha qoidalar ikki katta guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruh ibodat – barcha musulmonlarning diniy majburiyat-
larni ado etishlari bilan bog‘liq qoidalar.
Ikkinchisi guruh muomalot – fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosa-
batlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisi.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɂɫɦɨɢɥ ɚΙΙɢ ɂɡɦɢɪɥɢ. Ԟɢɤɦɚɬɢ ɬɚɲɪɢɴ (ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢ-
ɝɢɧɢɧɝ ԟɢɤɦɚɬɢ). ɀ. 1. – ɂɫɬɚɦɛɭɥ, 1986.
80
Muomalot o‘z o‘rnida uchta asosiy guruhga bo‘lingan:
– shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi normalar;
– jinoyat huquqi;
– fuqarolik huquqi.
Musulmon huquqi nazariyasi ushbu uch tarmoq bilan bir qatorda,
yana boshqa uchta tarmoqni, ya’ni «hokimiyat normalari» sohasi, sud
huquqi, siyar normalari – musulmon xalqaro huquq normalarini ajratadi.
Musulmon huquqi normalarini yuqorida bayon qilingan tarzda sohalarga
bo‘lish hozirgi zamon huquqshunosligida keng tarqalgan nuqtai nazar,
deb hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim huquqshunoslar musulmon
huquqini umumiy va xususiy turlarga bo‘lish g‘oyasini ilgari surganlar.
Lekin, an’anaviy musulmon huquqshunoslik fanida ushbu g‘oya deyarli
tasdig‘ini topmagan. Musulmon huquqini amaliyotda umumiy va xususiy
turlarga bo‘lish hollari birmuncha darajada uchraydi. Bu vaziyatda shuni
ta’kidlash lozimki, huquq normalari umumiy va xususiy turlarga
ajratilayotganda, ular tartibga soladigan munosabatlarning mazmuni
emas, balki tartibga solish usuli asos qilib olingan. Ayrim tadqiqot-
chilarning fikricha, musulmon huquqi, umumiy olganda, xususiy huquq-
dir. Uning normalari asosan, shaxsning manfaatlari, jamiyatda tutgan
o‘rni, hayoti, huquq va majburiyatlari, oilasi va mulkini muhofaza qilish
va boshqalar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Mutaxassislar xususiy huquqqa shaxsiy, oila, fuqarolik va savdo huquqi
kabi sohalarni kiritadi. Jinoyat huquqi borasida ta’kidlash lozimki, ushbu
huquq sohasi ko‘p jihatdan xususiy huquqdir. Chunki jinoyat huquqi bir
nechta jinoyatlarni hisobga olmaganda, asosan alohida shaxslar manfaati,
shaxsi va haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Unda umumiy va
xususiy huquq normalari aralashib ketgan. Xuddi shunday holat
musulmon sud huquqida ham kuzatiladi. Mutaxassislar tom ma’nodagi
umumiy huquqqa hokimiyat normalari huquqini ham kiritadilar. Ushbu
soha normalari orqali davlat organlarini tashkil qilish, ularning
vakolatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, davlat organlari o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar, ma’muriy-huquqiy munosabatlar tartibga solinadi.
Umumiy huquqning yana bir sohasi – musulmon xalqaro huquqidir.
Undagi normalar musulmon davlati bilan boshqa davlatlar, musulmon
jamoasi bilan boshqa dinlar va diniy jamoalarga mansub kishilarning
o‘zaro aloqalari, islomga munosabati, urush va tinchlik masalalarini
tartibga soladi. Musulmon xalqaro huquqini sof holda umumiy va xalqaro
huquq deb atash mumkin emas. Chunki u umumiy manfaatlar bilan bir
qatorda, xususiy manfaatlar bilan ham bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni
81
tartibga soladi. Shuningdek, u bir tomondan, davlatlararo munosabatlarni,
ikkinchi tomondan esa, islom mamlakati hududidagi musulmon jamoasi
bilan boshqa diniy tashkilotlar, musulmonlar bilan musulmon
bo‘lmaganlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Demak,
musulmon xalqaro huquqida ham umumiy huquq normalari bilan xususiy
huquq normalari qorishib ketgan. Musulmon huquqi normalarini
sohalarga bo‘lish masalasida yuqoridagi fikr-mulohazalarga yakun yasab,
shuni ta’kidlash lozimki, ushbu masala munozarali bo‘lib, bu haqdagi
tortishuvlar hozirgacha davom etmoqda. Buning sabablaridan birinchisi
musulmon huquqining murakkab, serqirra, sermazmun va ko‘p manbali
huquq tizimi ekanligidir. Ikkinchi muhim sababi – musulmon huquqi
nazariyasi va amaliyotiga yuqorida qayd etilgan musulmon huquq
maktablari vakillarining ko‘rsatgan ta’sirlaridir. Uchinchidan, yer
kurrasidagi turli mintaqalar, mamlakatlarda musulmon huquqi, uning
sohalari va institutlari, muammolarini o‘rganish, tadqiq qilishga qiziqish-
ning ortib borayotganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |