3.2. Qur’on va sunnaning huquqiy ko‘rsatmalari musulmon
huquqi manbalari sifatida
G‘arb huquqi dunyoviy tizim bo‘lgani bois uning manbalari qonunlar
va urf-odatlardan iborat
1
. Ammo musulmon huquqi dunyoviy huquq
bo‘lsa-da, diniy mohiyatga ega va ilohiy manbaga asoslanadi, bu uning
G‘arb huquqidan asosiy farqini ko‘rsatadi. Musulmon huquqining asosiy
manbalari buyuk faqihlar tomonidan yakdillik bilan to‘rtta deb tan
olingan. Usul ul-fiqhda manbalar «adilla» (dalillar) yoki «adillai tafsiliya»
(tafsiliy dalillar) deb ataladi. Mazkur to‘rtta asosiy manbalarni ko‘rib
chiqamiz.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɀʆɡɠɨɧɢɣ Ⱥ.ɒ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢɝɢ: Ԟɚɧɚɮɢɣ ɦɚɡԟɚɛɢ ɜɚ
ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ɮɚԕɢԟɥɚɪɢ. – Ɍ., 2002. – Ȼ. 63–73.
39
Qur’oni karim 23 yil risolat davri (610–632-yillar)da payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)ga Alloh tomonidan nozil qilingan ilohiy kitob bo‘lib,
114 sura, 6666 oyat, 77434 so‘zdan tarkib topgan. Qur’on suralarining 95
tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo‘lib, Makkiy suralar deb
ataladi. Suralarning uchdan bir qismi, ya’ni 19 tasi 622-yilda yuz bergan
hijratdan keyingi 10 yil davomida Madinada nozil bo‘lib, Madaniy
suralar deb qabul qilingan. Suralarning farqlari shundan iboratki,
Makkada nozil bo‘lgan oyatlarning ko‘pi e’tiqod masalalari, ibodat, oliy
axloqiy fazilatlar, erkin fikrlilik, ilmni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan.
Ularda «Ey iymon keltirganlar, Ey mo‘minlar!», deb xitob etiladi.
Madinada nozil qilingan oyatlar fiqhiy, ya’ni ahkom-muomalat,
jinoyat va jazo, oilaviy munosabatlar, tinchlik bitimlari, musulmonlar
o‘rtasidagi turli aloqalar to‘g‘risida bo‘lib, ularda «YO ayyuhannos» (Ey
odamlar, ey insonlar!), deb xitob qilinadi.
Qur’oni karim uch marta to‘plangan: 1. Payg‘ambar hayotlik
chog‘ida vahiyning kotiblari yordamida yozilgan oyatlari va suralarini
payg‘ambar (s.a.v.)ning uyida saqlash va ular tomonidan to‘plangan
suralarni joy-joyiga qo‘yilish davri. 2. Abu Bakr xalifaligi davrida Hazrat
Umarning taklifiga binoan, Zayd ibn Sobit rahbarligida tayinlangan
hay’at tomonidan Qur’onning barcha oyatlarini birlashtirish, to‘plash
davri. 3. Hazrat Usmon davrida butun islom dunyosida qiroatni
birxillashtirish maqsadida mus’haf holiga keltirilgan Qur’ondan nusxalar
ko‘chirib, tarqatish davri. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qoshidagi Diniy ishlar qo‘mitasining qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan
Usmon mus’hafi mazkur nusxalardan biridir.
Qur’onda fiqhiy-huquqiy masalalarga umumiy yondashilgan va ayrim
masalalar, masalan, huququllo mufassal shaklda yoritib berilgan.
Mashhur fiqhshunos Muhammad Yusuf Musoning ta’kidlashicha,
Qur’onda fiqhiy-huquqiy masalalarda quyidagicha:
–
haqqulloh (amaliy ibodatlar)ga doir – 140 oyat;
–
shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat va boshqalar)ga doir – 70 oyat;
–
muomalot yoki fuqarolik huquqi (oldi-sotdi, ijara, garov, qarz,
shirkat va boshqalar)ga oid – 70 oyat;
–
jinoyat va jazoga doir – 30 oyat;
–
sud, sud jarayoni, guvohlik va shular bilan bog‘liq masalalarga doir
– 20 oyat mavjud.
Bizning fikrimizcha, davlat huquqi sohasida 3 ta oyat mavjud bo‘lib,
Qur’onda jami 333 ta huquqiy oyat bor.
40
Qur’onning boshqa ilohiy kitoblardan asosiy farqi shundan iboratki, u
faqat aqidaviy-g‘oyaviy manba emas, balki qonun va axloq hamdir.
Mashhur faylasuf Ibn Rushd (595-h.y.)ning fikricha, bu Qur’onning
buyuk mo‘jizasi hisoblanadi.
«Sunna» fiqhiy atamasining ma’nosi yo‘l-yo‘riq bo‘lib, payg‘am-
barning so‘zlari, fe’llari (amallari) va tahrirlari, ya’ni tasdiqlari,
shuningdek sahobalarning so‘zlari va amallari majmuidir. Musulmon
huquqining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbasi sunnati Nabaviyya
(Payg‘ambarning sunnalari) hisoblanadi. Ul zot: «Sizlar uchun ikki narsa
Do'stlaringiz bilan baham: |