37
3-BOB. MUSULMON HUQUQINING MANBALARI
3.1. «Musulmon huquqi manbalari» tushunchasi va turlari
Musulmon huquqshunosligi huquqiy normalardagi aniq qoidalarning
ahamiyatini ibodat qoidalari bilan teng qo‘yadi.
Insonning har bir qilmishi
nazariy jihatdan normativ mutanosiblashtiruvchi yoki musulmon
hayotining barcha jihatlarini mezonlashtiradigan musulmon huquqi
tomonidan baholanishidan chetda qolmaydi, deb tan olingan. Diniy nuqtai
nazardan xulq-odat qoidalarini huquqiy yoki nohuquqiyga ajratish muhim
ahamiyatga molik emas. Ularning birortasiga
rioya qilmaslik esa eng
avvalo diniy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Biroq amaldagi musulmon
ta’limoti ikki guruh normalarini qat’iy tavofutlaydi, bular:
1) inson va Alloh o‘rtasidagi munosabatlarni mezonlashtiruvchi
(ya’ni din asosi va diniy majburiyatlarni bajarishning qoidalari
aniqlaydigan), dinga asoslangan va barqaror hisoblangan qoidalar;
2) kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xulq-atvor qoidalari.
Birinchi guruh qoidalaridan farqli o‘laroq, bu guruhdagi normalarni
muayyan holatlarda o‘zgartish, hatto ular musulmon huquqining umumiy
yo‘riqlariga rioya qilgan holda insonlar tomonidan
yaratilishi ham
mumkin. Mazkur qoidalarning aksariyatini huquqiy normalar tashkil
etadi. Albatta, ularni xulq-atvorning boshqa qoidalaridan ajratishning
hamisha ham imkoni bo‘lmaydi, aslida ular o‘z haqiqiy manbaiga ko‘ra
muhim tafovutga ega emas, musulmon huquqi fani huquqning davlat
bilan izchil bog‘lanishini amalga oshirmaydi.
Shu bois musulmon
huquqining normalari faqat amaliy jihatdan, musulmon davlatining
huquqiy ta’limotida ifodalangan xulq-atvorning muayyan qoidalarini
quvvatlash va joriy etishga oid faoliyatni taklif etish yo‘li bilan
tafovutlanishi mumkin.
Ushbu tartibga ko‘ra, musulmon huquqining masalalari ikkita fan
tomonidan o‘rganiladi. Birinchisi –
manbalar to‘g‘risida fan bo‘lib, u
musulmon huquqi manbalarini o‘rganadi va ular asosida muayyan
masalalar to‘g‘risida Alloh belgilagan axloq
qoidalari orqali huquqiy
normalarni ifodalashning mantiqiy usullarini ishlab chiqadi. Barcha
huquqiy normalar musulmon huquqi manbalarining birortasiga u yoki bu
tarzda asoslanishi shart. Mazkur manbalar orasida Qur’on eng muhimidir.
Tarmoqlar to‘g‘risidagi fan –
fiqh muayyan huquqiy normalar bilan
shug‘ullanadi. Islom dinining keng ravnaq topishida uning manbalarining
ahamiyati beqiyosdir. 632-yil – to Muhammad (s.a.v.) vafotiga
qadar
38
musulmonlar huquq manbalariga emas, ul zotning o‘zlariga murojaat
qilardilar. Huquqiy muammolarni yechishda hech qanday qiyinchiliklar
bo‘lmagan, chunki payg‘ambar (s.a.v.)ning o‘zi yuzaga kelgan
muammolarni vahiy yoki o‘z hukmlari, ijtihodlari orqali hal qilgan1.
Payg‘ambar vafotidan so‘ng, ummaviylar sulolasi hukmronligi davrida
islom dini ancha yangi-yangi sarhadlarga yoyilgan. Ilgari boshqa dinlarga
e’tiqod qiluvchi minglab kishilar islom dinini qabul qilganlar. Tabiiyki,
ularning millatlari turlicha bo‘lgani kabi,
urf-odatlari, dinga
munosabatlari, huquqiy qarashlari va an’analari ham turlicha edi. Ularga
islom dinini mukammal, sof holda targ‘ib va talqin qilish uchun o‘sha
davrda Qur’onni yod bilgan, undagi ilmlardan to‘lig‘icha xabardor
bo‘lgan, minglab hadislarni esda saqlagan mashhur sahoba yoki tobeinlar
safarbar etilganlar 2. Xuddi shu davrda musulmon huquqining manba-
larini shakllantirish va tizimga solishning zarurati yuzaga kelgan.
Musulmonlarning Qur’oni karimda ifodasini topmagan turli huquqiy
muammolarini
yechishda, ikkinchi manba bo‘lgan sunnaga murojaat
qilishni o‘rganish va tizimga solishga ham zarurat kuchaygan. Sunna
tarkiban uchta: qavliy, fe’liy, taqririy qismdan iborat.
Qavliy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari bo‘lib, uning
biror
voqea-hodisaga munosabati ifodalanadi.
Fe’liy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning biror narsani ma’lum qilish
uchun bajargan xatti-harakatlaridir.
Taqririy sunna – Muhammad (s.a.v.)ning huzurida biror ish qilinsa
yoki birovning biror ish qilgani haqida aytilsa, payg‘ambarning bunga
e’tiroz bildirmaganidir 3.
Do'stlaringiz bilan baham: