Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


Xorazm Xalq Sovet Respublikasining siyosiy tuzumi



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Xorazm Xalq Sovet Respublikasining siyosiy tuzumi. 1920-yilning 
fevral oyida Xiva xonligi, sentabr oyida Buxoroda xoni va amir 
hokimiyati ag‘darib tashlangan. U o‘rniga yangi davlat tuzumi Xorazm va 
Buxoro Xalq Sovet Respublikalari e’lon qilingan.  
Xiva va Buxoroda ham «xalq inqilobi» deb atalgan inqilob 
tashqaridan kiritilgan. Xonlik va amirlikdagi davlat to‘ntarishlari yosh 
xivaliklar, yosh buxoroliklar va buxoro komunistlari ishtirokida Qizil 


 255
armiya kuchi bilan amalga oshirilgan. Buxoro va Xivada davlat 
to‘ntarishlari Butunrossiya MIQ komissiyasi va RSFSR XKSning 
Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tuzilgan reja orqali 
qilingan.  
1920-yil 13-sentabrda RSFSR va XXSR o‘rtasida 24 ta moddadan 
iborat ittifoq shartnomasi va 15 ta moddadan iborat harbiy-siyosiy bitim 
tuziladi. Ittifoq shartnomasiga binoan XXSRning mustaqil va daxlsiz 
suveren davlat ekanligi tan olinadi. Biroq amalda boshqaruv RSFSRning 
Xivadagi muxtor vakillari qo‘lida bo‘lib, o‘lkani mustamlaka holatda 
qoldirishga harakat qilingan. 
Yangi vujudga kelgan davlatlar o‘z Asosiy qonunlarini qabul qila 
boshlaydilar. Birinchi Umumxorazm qurultoyi 1920-yilning 26-aprelida 
yig‘ildi. 30 aprelda I ta’sis qurultoyida birinchi konstitutsiya qabul qilindi.  
Konstitutsiyada Xiva xalqi tashqi tutqinlikdan ozod bo‘lib, 
mustaqillikka erishganligi, bundan buyon ozod hayot kechirishga intilishi, 
Xivada sanoat taraqqiy etmaganligi uchun xalq orasida sinfiy kurash ham 
rivojlanmaganligi, yangi davlat kambag‘al ko‘pchilikning, hamda 
musulmon va nomusulmon aholiniing manfaatini himoya qilishi 
ko‘rsatilgan. 
Davlat oliy hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy organlarni 
tashkil qilish tartibi, ularning tuzilishi va vakolatlari belgilangan. 
Oliy hokimiyat organi Umumxorazm xalq vakillari qurultoyi etib 
belgilanadi. Respublikani boshqarishni qurultoy tomonidan saylab 
qo‘yiladigan va uning oldida javob beradigan 15 nafar a’zodan iborat 
Xalq Nozirlar Kengashi amalga oshirishi ko‘zda tutilgan. Xalq nozirlar 
kengashi rais va uning o‘rinbosari, ikki kotib hamda harbiy ishlar, adliya, 
iqtisodiy ishlar, nazorat, dehqonchilik, moliya, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy 
ta’minot, maorif va tashqi ishlar nozirlari tuzilishi ko‘zda tutilgan. 
Mahalliy boshqaruv aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan rayon 
sovetlari (sho‘ro)ga tegishli bo‘lgan. 
Konstitutsiyada Xorazm respublikasining mudofaasini tashkil qilish, 
vaqf ishlari, xorijiy fuqarolarning huquqiy holati, aktiv va passiv saylov 
huquqlari, saylov huquqidan mahrum qilingan shaxslar, saylov tartibi, 
iqtisodiy siyosat to‘g‘risidagi, xon va xon avlodlarining mulki to‘g‘risi-
dagi, respublikaning bayrog‘i va gerbi masalalari mustahkamlangan. 
II Umumxorazm xalq vakillari qurultoyi 1921-yilning may oyida 
Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritdi. Saylov tartibi 
konkretlashtirilib, Umumxorazm qurultoyiga vakillar saylashda, 400 
mahalliy aholidan bir deputat va 100 nafar qizil askarlardan bir deputat 
hisobida belgilandi.  


 256
Yangi konstitutsiyada qurultoylar orasidagi davrda Xorazm MIQ oliy 
hokimiyat organi deb e’lon qilindi. Xorazm MIQning doimiy ish organi, 
rais boshqaradigan va yetti kishidan iborat bo‘lgan Rayosat hisoblangan. 
MIQ raisi o‘z navbatida Respublika Prezidenti deb atalgan. Oliy ijroiya-
farmoyish beruvchi idora qilib XXSR Nozirlar kengashi belgilangan. 
Umumxorazm (Butunxorazm sovetlari) III qurultoyi 1922-yilning 
iyul oyida konstitutsiyaga to‘ldirishlar va o‘zgarishlar kiritdi. Unda inson 
huquq va erkinliklariga oid qoidalar aniqlashtirildi. Oldingi Xorazm 
konstitutsiyalaridan farqli ravishda bunda qurultoy va Xorazm MIQning 
vakolatlari mustahkamlangan. 
Umumxorazm qurultoyi va MIQ vakolatlariga barcha ichki va tashqi 
masalalar kirishi belgilab qo‘yilgan. Umumxorazm qurultoyining mutloq 
vakolatiga Xorazm konstitutsiyasini qabul qilish, unga to‘ldirish va 
o‘zgartirish kiritish, tinchlik shartnomalarini ratifikatsiya qilish masalalari 
kiritilgan. 
1923-yilning 20-oktabrida Butunxorazm Sovetlarining IV qurultoyi 
yangi konstitutsiya qabul qildi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi 
nomini o‘zgartirib, Xorazm Xalq Sovet Sotsialistik Respublikasi deb 
e’lon qildi. Yangi Konstitutsiyada fuqarolar huquq va erkinliklari 
kengaytirilgan, xususiy mulk huquqi bekor qilingan. Mulkdorlar, 
ruhoniylar va aksinqilobiy kuchlar saylov huquqidan mahrum etilgan. 
Davlat organlari tizimiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmay, ularning 
vakolatlari kengaytirilgan va aniqlashtirilgan. 
Shunday qilib, Xorazm XSR Konstitutsiyalarida Rossiya 
hukumatining qarshiliklariga qaramay, bugungi kunda ham dolzarb 
bo‘lgan mamlakat mustaqilligini saqlash, xalqning haq-huquqlarini 
himoya qilish, tinch-totuv yashash, bozor munosabatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan normalar mustahkamlangan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish