2-§. Davlat va huquq tarixi fanining ijtimoiy va
yuridik fanlar bilan aloqadorligi
Davlat va huquq tarixi fanida davlat va huquq tuzilmalari yaxlit holda
o‘rganiladi. Davlat va huquq tarixi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va o‘zaro
aloqadordir. Shu nuqtai nazardan davlat va huquq tarixi fani yuridik
fanlarning muhim poydevori bo‘lib hisoblanadi.
Davlat va huquq tarixi keng tarixiy va daliliy materiallarga asoslanib,
bu materiallarni umumlashtirib va sintez qilib, muayyan hududda davlat
va huquqning vujudga kelishini, ularning mohiyati, mazmuni va
shakllarini, davlat va huquqning turli rivojlanish bosqichidagi o‘ziga xos
tomonlarini; huquqiy manbalarning paydo bo‘lishi, tuzilishi, amal qilishi,
qo‘llanilishi, ularda mustahkamlangan huquq sohalari va institutlarining
mohiyati va shu singari xususiyatlarni ochib beradi.
Davlat va huquq tarixi fani o‘rganadigan masalalar yuridik fanlar
tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Yuqorida keltirilgan holatlar davlat
va huquq nazariyasi fani uchun ham taalluqlidir. Shu jihatdan davlat va
huquq tarixi fani davlat va huquq nazariyasi fani bilan chambarchas
bog‘liq. Ma’lumki, davlat va huquq nazariyasi ham davlat va huquqning
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Lekin davlat va huquq nazariyasi
mantiqiy uslub yordamida tarixiy jarayonni abstrakt shaklda, har qanday
tasodiflardan holi tarzda aks ettiradi. U o‘zining umumiy huquqiy
tushunchalari va kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi. Bunday ilmiy
kategoriya va tushunchalardan boshqa yuridik fanlar qatori davlat va
huquq tarixi fani ham keng foydalanadi.
Davlat va huquq tarixi davlat va huquq nazariyasidan farqli ravishda,
davlat-huquqiy institutlar va hodisalarni xronologik izchillikda ma’lum
tarixiy muhitda rivojlanishining muhim jarayonlarni o‘rganadi. Davlat-
huquqiy jarayonlarni makon va zamonda belgilangan tarzda tekshiradi va
muayyan tarixiy qonuniyatlarni aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi
tarixiy-huquqiy izlanishlarning ilmiy natijalariga tayanib, davlat va
huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va harakat qilishining eng
umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va izohlaydi.
10
Davlat va huquq tarixi fani xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi
tarixi fani bilan ham chambarchas bog‘liq. Ularning har ikkisi ham
tarixiy-huquqiy fan oldida turgan vazifalarni birgalikda hal etadi, lekin
o‘rganadigan masalalari doirasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Davlat va
huquq tarixi o‘z predmeti doirasida xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi
tarixini ham o‘rganadi.
Davlat va huquq tarixi, shuningdek, umumiy tarix, falsafa, iqtisod
nazariyasi, mantiq kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqin aloqadorlikda ish
ko‘radi.
Falsafa insonlarni tabiat va jamiyatga qarashlar tizimi bilan
qurollantiradi. U tabiat, jamiyat va tafakkurdagi hodisa va jarayonlar
rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi. Bu fan ularning
rivojlanishidagi eng umumiy qonuniyatlarni tushuntiradi. Falsafaning
ijtimoiy ongning materiyaga va borliqqa munosabati, bazis va
ustqurmaning bir-biriga munosabati, ustqurmaning faol, ko‘makchilik roli
to‘g‘risidagi va boshqa xulosalari davlat va huquq tarixiga bevosita
taalluqlidir. Falsafa davlat va huquqni umumiy tarzda, ijtimoiy kategoriya
sifatida ko‘rib chiqadi.
Davlat va huquq tarixi fani, o‘z navbatida, jamiyat iqtisodiy qonun-
larining amal qilishini hamda moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish
qonuniyatlarini o‘rganuvchi iqtisod nazariyasi bilan ham yaqindan
aloqadordir. Moddiy hayot sharoitlari davlat va huquqni rivojlantirishda
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatning moddiy
negizini o‘rgansa, davlat va huquq tarixi fani iqtisodiy bazisdan kelib
chiqadigan davlat va huquqni o‘rganadi.
Davlat va huquq tarixi mantiq fani bilan ham chambarchas bog‘liq.
Chunki, davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanishi, ularning bir
shakldan ikkinchi shaklga o‘tishi singari qonuniyatlar mantiq qoidalariga
bo‘ysunadi.
Shu o‘rinda davlat va huquq tarixi fanining arxeologiya va semantika
fanlari bilan bo‘lgan aloqasini ham alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlat
va huquq tarixi mazkur fanlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar,
arxeologik tadqiqotlar natijasida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va
ularni tarixiy-huquqiy jihatdan tahlil qiladi.
O‘zbek milliy davlatchiligini barpo etish va mustahkamlash, huquqiy
demokratik, insonparvar jamiyat barpo etish, xalqning o‘zini o‘zi
boshqarishga o‘tish milliy davlatchilik va huquq tarixini o‘rganish bilan
chambarchas bog‘liq.
11
Ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas aloqador bo‘lgan davlat
va huquq tarixi fani Butun dunyo mamlakatlari davlati va huquqi tarixi,
jumladan O‘zbekistonda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib kelgan
davlatlarning tashkil topishi va taraqqiy etishi, ijtimoiy-siyosiy
tuzumining o‘ziga xos xususiyatlari, boshqaruv tizimlari va an’analari,
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari, huquq tizimi
va manbalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Davlat va huquq tarixi fani o‘tmishda jahonda, shuningdek
O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlat tuzilmalari va huquqiy
institutlar haqida zaruriy bilimlarni hosil etish orqali huquqiy tafakkur va
huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda yuksaltirishga bevosita xizmat
qiladi.
12
II BOB. O‘ZBEKISTON HUDUDIDA QADIMGI DAVLATLARNING
Do'stlaringiz bilan baham: |