Chjou podsholigi davriga kelib oliy hokimiyat meros tariqasida nasl-
naslga o‘tgan. Rivoyatlarga qaraganda, miloddan avvalgi 115–1079
yillarda podsho Chen davlat idoralari tizimida islohotlar o‘tkazadi. Saroy
boshqaruv tizimi mavjud bo‘lgan. Saroyda mirza, podsholik arxivi
boshlig‘i, mamlakatda marosimlar o‘tkazilishini kuzatib boruvchi va
boshqa amaldor (dufu)lar faoliyat ko‘rsatgan. Davlat apparatiga oliy
amaldor (syan) boshchilik qila boshlagan. Podshoning asosiy maslahatchi
(gun)lari 3 ta bo‘lib, ular «buyuk murabbiy», «buyuk ustoz», «buyuk
homiy» bo‘lgan. Syan aynan shular orasidan saylangan. Oliy kohin va
buyuk folbin mansablari mavjud bo‘lgan.
Sin podsholigi davrida podsho Sao-gun (mil. avv. 361–338-y.)
vaqtida davlatning nufuzli amaldori Shan Yan tomonidan bir qancha
siyosiy-ma’muriy, yer, agrar, moliya va harbiy islohotlar o‘tkazilgan.
Davlat boshlig‘i imperator (xuandi) bo‘lgan. Qonun chiqarish, ijro
etish va sud hokimiyati uning qo‘lida to‘plangan. Davlat apparatida o‘n
minglab amaldorlar xizmat qilgan. Boshqaruv tepasida o‘ng va so‘l vazir
(chensyan)lar turgan. Ularning o‘rinbosarlari kotiblar hisoblangan. Oliy
mansabdor shaxslardan saroy qo‘riqlash xizmatining boshlig‘i, imperator
avlodlarining marosimlarini o‘tkazishni yurituvchi va tashqi munosa-
batlarni yurituvchi chinovniklar faoliyat ko‘rsatgan. Davlat apparati
faoliyatida imperator maslahatchilari katta rol o‘ynagan.
57
Xan podsholigi davrida mamlakatni boshqarish 5 ta mahkama
o‘rtasida taqsimlangan. Imperator huzurida oliy maslahatchi organ –
imperatorlik kengashi tuzilgan.
Butun yerlar davlat mulki sifatida ko‘rilgan va podshoning ixtiyorida
bo‘lgan. Markazlashgan davlat tashkil etilmagan. Van faqat poytaxt
viloyatini bevosita boshqargan. Mamlakatning boshqa hududlarini
vorislik huquqiga ega knazlar – chjuxoular idora etgan.
Chjou davlati davrida asosiy ma’muriy birliklar nisbatan mustaqil
knazliklar hisoblanadi. Knazlik hududida quyidagicha bo‘lingan. Syan
tepasida Sin turgan. Syan 5 ta chjouga, chjou 5 ta danga, dan 5 ta szu
(urug‘ jamoasi)ga, szu 4 ta li (qishloq)ga, li 5 ta lin (jamoa)ga, lin 5 ta
oilaga bo‘lingan.
Sin podsholigi vaqtiga kelib imperiya hududi 36 ta viloyatga
bo‘lingan. Viloyatlar o‘z navbatida uyezdlarga, uyezdlar – volostlarga,
volostlar esa – tin (eng quyi ma’muriy birlik)larga bo‘lingan. Har viloyat
tepasida 2 tadan boshqaruvchi: harbiy va fuqarolik hokimiyati vakillari
turgan.
Xan podsholigi davrida mamlakat hududi 13 ta yirik okrugga
bo‘lingan. Okruglarga mahalliy ma’muriyat ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi okrug taftishchisi – podshoning noiblari boshchilik qilgan.
Viloyatlar va uyezdlar markazdan tayinlangan 3 ta amaldor – hukmdor va
uning fuqarolik va harbiy ishlar bo‘yicha yordamchilari tomonidan
boshqarilgan. Umuman mahalliy ma’muriyat faoliyati markazdagi
nazoratchilar tomonidan nazorat qilingan. Keyingi davrlarda mahalliy
boshqaruv tizimida jiddiy o‘zgarish kuzatilmagan.
Qo‘shin asosan urush vaqtlarida yig‘iladigan xalq lashkarlaridan va
uncha katta bo‘lmagan doimiy xizmatdagi otradlardan iborat bo‘lgan.
Qo‘shinning asosini jangovar arava, otliq qo‘shin va piyodalar tashkil
etgan. Jangovar aravada kamonboz va nayzabardorlarni haydovchi olib
yurgan. Keyingi davrlarda qullar ham armiyaga jalb etilgan.
Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari. Qadimgi Xitoyda
yozma qonunlarning paydo bo‘lishi odat huquqlarining tugatilishiga olib
kelmagan. Davlat rivojlanishining barcha bosqichlarida odat huquqi
muhim o‘rin tutib ijtimoiy munosabatlarning ko‘p qismini, jumladan yer
munosabatlarini tartibga solgan.
Qadimgi Xitoy huquqiy tizimi konfutsiylik va legizm falsafiy
ta’limotlari ta’sirida shakllanadi. Unda konfutsiylikning axloqiy-siyosiy,
diniy aqidalari va legizmning siyosiy-huquqiy konsepsiyasi hal qiluvchi
omil bo‘lgan.
58
Qadimgi Xitoy huquqi dastlabki davrda odob-axloq me’yorlar (li) va
diniy qoidalardan ajratilmagan. Miloddan avvalgi IV asrda Konfutsiylik
ta’limoti yuksak odob-axloqni yoqlab, qonunchilik shakliga adolat tartibi
kabi mezonlarni ilgari surgan.
Miloddan avvalgi V asr III asr boshlarida legistlar ta’limoti asosida
muntazam jazo kompleksiga ega bo‘lgan davlatning yozma qonunchiligi
shakllanadi.
Miloddan avvalgi III asr va milodning III asrida ortodoksal
konfutsiylik ta’limoti maydonga chiqadi. U konfutsiylik va legizmning
qo‘shilishi natijasida tug‘iladi. Bu davrda axloq va huquq
uyg‘unlashtiriladi. Boshqacha aytganda, axloqni huquq qattiq qonun (fa)
yo‘li bilan mustahkamlaydi. Natijada odob-axloq me’yorlari majburiy va
rasmiy xarakterga ega bo‘ladi. Yozma huquq konfutsiylikning muqaddas
asarlaridan ko‘chirilgan.
Qadimgi Xitoyning huquq manbalari sifatida ilk yozma qonunlar
miloddan avvalgi. II ming yillikdayoq paydo bo‘lgan. Podsholar
chiqargan qonun va farmoyishlarning ko‘payib borishi va ularda
ziddiyatlarning kelib chiqishi huquqni kodifikatsiya qilish zaruratini
keltirib chiqargan.
Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van – Mu tomonidan 3000
ta moddaga ega Jinoyat kodeksi – jazolar haqidagi qonunnoma ishlab
chiqilgan. Unda avvalo, odat huquqi mustahkamlangan. Og‘irlashtiruvchi
va yengillashtiruvchi holatlar va jinoyatlar turlari ko‘rsatilgan.
Yozma qonunlarning ancha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI–V
asrlarga to‘g‘ri keladi. Qonunchilik faoliyati, ayniqsa miloddan avvalgi
V–III asrlarda juda tez rivojlangan. Asosiy maqsad siyosiy barqarorlikka
erishish hisoblangan.
Ilk muhim yozma qonunlar qatoriga miloddan avvalgi 536-yilgi
«Qonunlar sharhi» nomli hamda miloddan avvalgi V–IV asrlardagi «Vey
podsholigi qonunlari kitobi» nomli qonunlar to‘plamini kiritish mumkin.
Ularning har ikkalasi jinoyatlar tarkibini izohlagan va ularga jazo
belgilashga mo‘ljallangan.
Miloddan avvalgi III–II asrlarda qadimgi qonunlarni bayon qilish,
yozish, sharhlash va qayta tiklash bo‘yicha juda katta ishlar amalga
oshirilgan. Bu vaqtga kelib «Vey podsholigi qonunlari kitobi» harbiy,
moliyaviy va davlat ot-ulovi to‘g‘risidagi me’yorlarga bag‘ishlangan
boblar bilan to‘ldirilgan.
Xitoy an’anaviy huquqida xususiy huquq mustaqil ravishda
rivojlanmagan. Miloddan avvalgi IV–III asrlarga kelib yer huquqi
59
shakllana boshlagan. Mulk huquqining predmeti asosan yer va qullar
bo‘lgan.
Majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turlari keng
tarqalgan. Shartnomalarning ayirboshlash, oldi-sotdi, hadya, qarz, ijara,
shaxsiy ijara shartnomalari amal qilgan. Ularning shartlari asosan odat
huquqi bilan tartibga solingan.
Nikoh-oila munosabatlarida katta oilalar mustahkamligi bilan ajralib
turgan. Oila tepasida oiladagi yoshi eng ulug‘ erkak turgan. Unga oilaning
barcha a’zolari bo‘ysungan. Nikoh-oila munosabatlari konfutsiylik
ta’limoti asosiga qurilgan. Nikoh tuzish uchun qator shartlar belgilangan
bo‘lib, xususiy bitim sifatida rasmiylashtirilgan. Uning buzilishi moddiy
va jinoiy javobgarliklarni keltirib chiqargan. Nikoh yoshi erkaklar uchun
16–30, ayollar uchun 14–20 yosh qilib belgilangan. Xotin tug‘masa
ikkinchi darajali xotin olish mumkin bo‘lgan. Jinoyat sodir etgan shaxslar
bilan nikohga kirish taqiqlangan. Yuqori tabaqa vakili past tabaqadagi
kishi bilan, erkin kishi qul bilan nikoh qursa jinoiy javobgarlikka
tortilgan. Arzimagan sabablar (er-xotinlik burchini buzish) ham nikoh
buzilishiga olib kelgan. To XIX asrgacha ota-ona, buva-buvi tomonidan
o‘g‘il, nabira kelin urib o‘ldirilsa, javobgarlik kelib chiqmagan. Motom
tutmaslik oilaviy jinoyat hisoblangan.
Meros huquqida avvalo farzandlar, nabiralar, ular bo‘lmasa boshqa
qarindoshlar qonuniy merosxo‘rlar sifatida chiqqanlar. Oilada katta o‘g‘il
meros olishda katta imtiyozga ega bo‘lgan. Ota o‘lganidan so‘ng oila
mulki unga o‘tgan va u oila boshlig‘iga aylanib, boshqa oila a’zolari
ustidan hukmronlik qila boshlagan.
Jinoyat huquqining rivojlanishi Qadimgi Xitoyda huquqning
rivojlanishini belgilab kelgan. Huquqbuzar shaxsga «pastkash inson»
sifatida qaralib, dunyoni buzib yuboradi deb, hisoblangan. Ibtidoiy jamoa
tuzumiga xos talion tamoyili (bao) uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan.
Jazo choralarini belgilashda jinoiy harakatning og‘irligiga emas,
balki jinoiy irodaga, ya’ni jinoyatchining ma’naviy holati hisobga
olingan. Ko‘pincha suiqasdga tugallangan jinoyat deb qaralgan. Yangi era
boshlarida jazoning individualligi prinsipi ilgari surilgan. Jinoyatni
yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar inobatga olingan.
Ma’lumotlarga qaraganda miloddan avvalgi I ming yillikda Mu
kodeksida 3000 ta jinoyat turi mavjud bo‘lgan. Bular orasida davlatga,
dinga, shaxsga, mulkka va harbiy tuzumga qarshi jinoyatlarni alohida
og‘ir jinoyat tarzida ko‘rsatish mumkin. Jinoyat haqida xabar bermaslik
ham jinoyat hisoblangan. Ichkilikbozlik uchun o‘lim jazosi qo‘llanilgan.
60
Jinoyat qonunlari jazolarning juda qattiqligi bilan xarakterlanadi.
Undan asosiy maqsad qo‘rqitish bo‘lgan. Jazolar turlarining xilma-xil
ko‘rinishlari bo‘lgan. Ular bir-biridan juda kam farq qilgan. Jazo turini
almashtirish va qo‘shimcha jazo tayinlash amal qilgan. Jazo yoshdan qat’i
nazar bir xil qo‘llanilgan hollar uchragan.
Jazolarning aynan tayoq bilan urish, quloq yoki burnini (isin) kesish,
olovda kuydirish, mayda bo‘laklarga bo‘lish, belidan ikkiga bo‘lish, oyoq
(feysin) yoki qo‘llarni uzish, boshini kesish (danisin), tiriklayin ko‘mish,
ko‘zini o‘yish, yuzga tamg‘a bosish (mosin), chujin – (kastratsiya) va
ayollarni qulga aylantirish, badarg‘a qilish, mansabdan bo‘shatish va
jarima kabi turlari amal qilgan. Davlatga qarshi va siyosiy jinoyatlar
uchun aybdor bilan uning kelgusi uch avlod qarindosh urug‘lari ham
javobgar hisoblangan (qulga aylantirilgan va qatl etilgan).
Sud va sud jarayoni xususida aytish mumkinki, sud hokimiyati
ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Oliy sud hokimiyati imperatorga
tegishli bo‘lgan. Sud funksiyalari adliya boshlig‘i, harbiy boshliqlar,
viloyat boshqaruvchilari – prefektlar tomonidan amalga oshirilgan.
Adliya boshlig‘i sud va uning qarorlarining adolatliligini nazorat
etgan. Prefektlar o‘z hududida shubha tug‘diradigan hollardan tashqari
barcha ishlar yuzasidan mustaqil jazo tayinlagan. Huquq-tartibotni
saqlash joylarda maxsus kuchga ega politsiyachilar tomonidan amalga
oshirilgan. Davlat sudi bilan bir qatorda, oilada oila boshlig‘ining sud
hokimiyati ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi vaqtlardanoq tergov ishlari
linshilar tomonidan olib borilgan. Dastlabki qamoq ehtiyot chorasi
qo‘llanilgan. Tergov natijalari haqida xulosa, ayblov dalolatnomasi
tuzilgan. Hukm 3 oy ichida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan. Aybsizlik
prezumpsiyasi tamoyili harakatda bo‘lgan. Sudda ish yuzasidan analogiya
(qiyoslash) bo‘yicha qarorlar chiqarish keng qo‘llanilgan.
Muayyan davr davlati va huquqini o‘rganishda, avvalo, uning
ijtimoiy tuzumiga e’tibor qaratiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, ijtimoiy
tuzumning har bir toifasi alohida huquqiy himoyadan foydalangan va
jamiyatda alohida o‘rin egallagan.
Davlat markazlashgan sari kuchayishda davom etgan. Shu bilan
birga, amaldorlarga yerlarning mukofot tarzida berilishi, soliq va
majburiyatlardan ozod qilinishi kabi imtiyozlar davlat inqirozini keltirib
chiqargan.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |