Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. «Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

2-§. «Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati 
Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllan-
tirish istiqlolga erishgan xalqimizning asosiy strategik maqsadlaridan 
biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. 
A. 
Karimov o‘zining 
«O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida 
ta’kidlaganidek, bizning pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan 
barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli 
demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdir»
1
.
Darhaqiqat, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyat va davlat 
boshqaruvining xalqimiz tabiati va tarixiy an’analariga mos mukammal 
institutlarini yaratishga imkoniyat tug‘ildi. Ushbu davrda yurtimizda 
bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar tufayli jamiyat turli 
qatlamlarining manfaatlarini ifodalovchi hamda unga xizmat qiluvchi 
siyosiy tizim, davlat organlari tizimi, zamonaviy boshqaruv apparati 
shakllantirildi.  
Huquqiy davlat, eng umumiy tarzda ta’riflanganda, bu huquq 
hukmronligi o‘rnatilgan davlatdir. Aniqroq va batafsilroq tasniflaydigan  
bo‘lsak, huquqiy davlat – bu ijtimoiy-siyosiy hokimiyat tashkil etilishi 
hamda faoliyatining va uni huquqiy sohibi bo‘lgan individlar bilan o‘zaro 
munosabatlarining huquqiy shaklidir. 
Huquqiy davlatning mohiyati va mazmuni haqida chuqur bilimga ega 
bo‘lish uchun uning asosiy xususiyatlari, belgilari va qirralarini tashkil 
etuvchi tarkiblarini jamlab o‘rganish lozim. Bunday o‘ziga xos va muhim 
belgilar (xususiyatlar)ni quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
– huquqiy qonunning oliyligi; 
– shaxs huquq va erkinliklarining realligi; 
– suveren davlat hokimiyatining hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi 
asosida tashkil etilganligi va faoliyat yuritishi. 
Mazkur masalalarning har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz.  
1. Huquqiy davlatning mohiyatini qonunning ustunligi (oliyligi) 
tashkil etadi. Bu o‘rinda shu narsa muhimki, har qanday qonunning 
ustunligini ta’minlash bu hali huquqiy davlatchilik vujudga keldi degani 
emas. Chunki, qonunlar o‘z mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, mustabid, totalitar, avtoritar, fashistik davlatlarda nohaqlik, 
zo‘ravonlik va johillikni ifodalovchi qonunlar amal qilishi mumkin. 
Bunday qonunlarning ustunligini ta’minlash huquqiy davlatchilik bilan 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ʆɡ ɢɫɬɢԕɥɨɥ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢ. – Ɍ., – Ȼ. 168.


 313
hech qanday  aloqasi yo‘q. Huquqiy davlatda tom ma’noda xalq irodasini 
ifodalovchi adolatli, demokratik, insonparvar qonunlarning ustuvorligi 
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Xuddi shu ma’noda haqqoniy, huquqiy 
qonun haqida gapiriladi. 
Qonun – davlat faoliyati o‘zboshimchaligining mahsuli emas, balki u 
umuminsoniy qadriyatlarga, tenglik va adolatning demokratik huquqiy 
prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Shaxs erkinligiga putur yetkazuvchi, uni 
davlat bilan munosabatlarda noteng subyektga aylantiruvchi qonunchilik 
qoidalari huquqiy davlat g‘oyasiga qarama-qarshi keladi. Qonunda 
jamiyatda mavjud va shakllanayotgan ijtimoiy munosabatlar o‘zining 
bevosita va obyektiv ifodasini topishi lozim.  
Davlat, uning barcha idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘z 
faoliyatida qonun bilan qat’iy bog‘liq bo‘lishi, qonunga zid, uning 
talablariga qarshi biron-bir xatti-harakatni qila olmasligi talab etiladi. 
Ayni vaqtda, qonunning hukmronligi prinsipi qonunning «mutlaq 
hukmronligi» degan ishonchni, har qanday masalani faqat qonun vositasi 
bilan hal qilish mumkin, degan «yuridik eyforiya»ni tug‘dirib 
chiqarmasligi kerak. Qonunning jamiyat hayotidagi roli katta, ammo u 
barcha muammo va «dard»larga yagona da’vo emas. 
2. Huquqiy davlatda hokimiyatning diqqat markazida turadigan 
asosiy narsa – bu fuqarolarning, shaxsning huquq va erkinliklarining 
kafolatlanganligidir. Huquq, qonun erkinlik va adolat me’yori sifatida 
maydonga chiqadi. Qonun yordamida shaxs erkinliklarining ta’minlanishi 
– huquqiy davlatning muhim funksiyasidir.   
Fuqaro hamisha o‘zini erkin his etishi uchun sharoit yaratilgan 
bo‘lishi, u davlatning homiyligiga tayana olishi, uning panohida va 
muhofazasida yashashi lozim. Unga tegishli siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy 
huquqlar va erkinliklar kafolatlab berib qo‘yilishi kerak. Masalan, fuqaro 
o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga, davlat idoralariga saylash va 
saylanish huquqiga, davlat idoralariga murojaat etish huquqiga, o‘z 
manfaatlarini ifodalash va himoya etish uchun siyosiy va ijtimoiy 
uyushmalarga birlashish huquqiga, shaxsiy daxlsizlik huquqiga, mol-
mulk daxlsizligiga, aybsizlik prezumpsiyasi va shu kabi huquq va 
erkinliklarga ega bo‘lishi lozim. 
Shaxs huquqi va erkinliklarining kafolatlarini mustahkamlashning 
muhim sharti – fuqarolar huquqlarini sud yo‘li bilan muhofaza etishni 
kengaytirishdir. Fuqarolar o‘zlarining har qanday huquqlari poymol 
etilgan taqdirda bu xususda shikoyat qila olishlari mumkin bo‘lishi kerak. 
O‘z navbatida, sud buzilgan huquqni adolat yuzasidan tiklashni o‘zining 
muqaddas burchi deb bilishi lozim. 


 314
3. Hokimiyatlar taqsimlanishi – demokratik huquqiy davlat tabiatiga 
xos prinsipdir. Hokimiyatlar taqsimlanishi, har bir davlat hokimiyati 
organlarining vakolat doirasini qat’iy chegaralab qo‘yish orqali huquqiy 
davlat huquqiy tarzda tashkillashadi va faoliyat yuritadi.  
Adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki bir-biriga 
tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning biron-bir organ yoki shaxs 
qo‘lida mujassamlanishi jamiyatning umumiy manfaatlariga putur 
yetkazadi, suiiste’molchiliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi 
bilan aslo sig‘ishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat-
larning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar 
yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun 
yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik 
qurboniga aylanishi mumkin
1
.
Hokimiyatlar taqsimlanishi ta’limotida diqqatga sazovor asosiy narsa 
shuki, bunda uchta hokimiyatning vakolatlari qonun (Konstitutsiya)da 
belgilangan bo‘lib, ular o‘zaro teng bo‘lishi, bir-birlarining huquq va 
vakolatlariga daxl qilmasliklari lozim. Hokimiyatning uchchala bo‘g‘ini 
qonunga itoat etadi va qonun oldida teng mavqega ega bo‘ladilar. Mazkur 
ta’limotdagi yana bir muhim jihat – bu hokimiyatlarning muvozanati, 
tengligini ta’minlash uchun ularning «o‘zaro bir-birini tiyib turish va 
o‘zaro qarama-qarshi ta’sir etish muruvvatlari tizimi» mavjud bo‘lishidir. 
Hokimiyat idoralarining har biri o‘zlari uchun qonunda belgilangan davlat 
funksiyalarini mustaqil o‘tish bilan birgalikda, o‘z huquqiy vositalari 
(vakolatlari) yordamida bir-birini muvozanatga chorlab turadilar, 
hokimiyat vakolatlarini bitta muassasa (shaxs) tomonidan qonunsiz 
ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya qilinishi)ni bartaraf etadilar.  
Hokimiyatlar taqsimlanishi – bu nafaqat yuridik va tashkiliy prinsip, 
balki inson qadri nuqtai nazaridan ijtimoiy hayotning hokimiyat va 
erkinlik, qonun va adolatli huquq, davlat va jamiyat kabi qarama-qarshi 
jihatlarini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy prinsip hamdir. 
Hokimiyatlar taqsimlanishi siyosiy hayotning, davlat tuzumining 
demokratikligi o‘lchovi, me’yoridir. 
Huquqiy davlat huquq va qonunning ustunligi, qonun va sud oldida 
barchaning tengligi ta’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari 
kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolatlari demokratik taqsimlash 
1
 Qarang: ɈɞɢɥΙɨɪɢɟɜ ɏ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ɹɧɝɢ Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɹɫɢ ɜɚ ԟɨɤɢ-
ɦɢɹɬɥɚɪ ɬɚԕɫɢɦɥɚɧɢɲɢ ɩɪɢɧɰɢɩɢ. – Ɍ., 1993. – Ȼ.6. 


 315
asosida tashkil etiladigan adolatli davlat sifatida ta’riflanadi. Zamonaviy 
huquqiy davlat – avvalo, inson huquq va erkinliklari, hokimiyatni amalga 
oshirishda (bevosita yoki vakillar orqali) xalqning ishtiroki ta’minla-
nuvchi demokratik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, 
rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda 
fuqarolarga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish 
imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xususan, siyosiy partiyalar va jamoat 
birlashmalarining shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, 
so‘z va matbuot erkinligi hamda shu kabilarda o‘z ifodasini topadi.  
Huquqiy davlatning mohiyati – ijtimoiy va siyosiy hayotda 
huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning mavjudligida 
ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi yordamida davlat huquqiy 
usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning 
demokratlashuvi mezonidir.  
Huquqiy davlat huquq bilan bog‘langan bo‘ladi, qonunning ustunli-
gidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidan belgilangan mezonlar doirasida 
ish ko‘radi, jamiyatga bo‘ysunadi, fuqarolar oldida mas’ul bo‘ladi, 
fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlaydi. 
Huquqiy davlat – fuqarolik jamiyatining siyosiy shakli bo‘lib, 
jamiyat hayotida demokratik institutlarning rivoj topishi, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish tizimi mavjudligi bilan tavsiflanadigan, inson 
huquq va manfaatlarining ustuvorligini ta’minlaydigan davlatdir. 
Insoniyat davlat paydo bo‘lgan qadimgi davrdan buyon adolatli 
hokimiyat (adolatli hukmdor) haqida orzu qilib keladi. Mana shu istak 
huquqiy davlat haqidagi ta’limotning rivojlanishiga turtki bergan. 
 Huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlari bilan o‘tmishga 
borib taqalganligini ta’kidlash joiz. Qadim zamonlarda yashab o‘tgan 
buyuk allomalar (Aflotun, Arastu) davlat huquqning ulkan ijobiy 
ahamiyatini hisobga olmagan holda mustahkam, barqaror va ishonchli 
bo‘la olmasligi haqida fikr bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining 
zo‘ravonligiga qarshi posangi sifatida baholangan: ya’ni, qonun hech 
kimning hukmronligi ostida bo‘lmasligi kerak, zero barcha organlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolarning harakatlarini yo‘naltirishga xizmat 
qiladi. 
Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa alohida farazlar sifatida namoyon 
bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning izchil va yaxlit 
konsepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj. 
Lokk, I. 
Kant, 
V. Gumbold, G. Yellinek, K. Shmidt hisoblanadi. Mazkur allomalarning 
qarashlarida ayrim tafovutlar bo‘lsa-da, umuman olganda ular bir narsada 


 316
haqlar, u ham bo‘lsa, davlatning o‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal 
qilishi va buni ijtimoiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab 
qilishi kerakligidan iborat. Huquqiy davlat nazariy konsepsiyasi 
qoidalarining bir qator davlatlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etilishi 
konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda 
davlat va jamiyat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar 
bilan iz qoldirgan.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish