Mahalliy hokimiyat organlari. O‘zbekiston Respublikasi mahalliy
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi (1992-yil 4-yanvar)
qonuni mamlakatimizda mahalliy hokimiyatining ikki mustaqil organi,
ya’ni vakillik va ijro organlari tizimini hamda joylarda yakka boshchilik
asosida ish olib boruvchi hokim lavozimining joriy qilinishini belgilab
berdi. Vakolat muddati 5 yil bo‘lgan hokimlik instituti joriy qilindi.
Hokim bir vaqtning o‘zida ham ijro etuvchi, ham vakillik organining
boshlig‘i hisoblanadi.
Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda
tegishli viloyat, Xalq deputatlari kengashlari, Toshkent shahar kengashi
tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlar va shaharlarning hokimlari tegishli
tuman va shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari
viloyat Kengashlari oldida hisobdordir. Viloyat, tuman va shahar
hokimlari tegishli Xalq deputatlari kengashlari deputatlari ichidan
tayinlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarining
faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat
hokimiyati to‘g‘risida»gi qonun hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlari bilan tartibga solinadi. Xususan, Qoraqal-
pog‘iston Respublikasida mahalliy boshqaruv tuman va shaharlarda Xalq
deputatlari kengashlari va ular tomonidan saylanuvchi hokimlar
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida ma-
halliy hokimiyat organlari vazifalari mustahkamlangan. Mahalliy
hokimiyat organlari quyidagilarni amalga oshiradi: 1) qonuniylikni,
huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 2) hududlarni
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirish; 3) mahalliy budjetni
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash,
budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; 4) mahalliy kommunal
xo‘jalikka rahbarlik qilish; 5) atrof-muhitni muhofaza qilish; 6) fuqarolik
holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; 7) normativ hujjatlarni qabul
287
qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid
kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Hokimlar o‘z hududini iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlan-
tirishning asosiy yo‘nalish dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun
tegishli Xalq deputatlari kengashiga kiritadi. Mahalliy hududni
rivojlantirish borasidagi ishlarga rahbarlik qiladi.
Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududida sanoat,
qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo‘jaligi sohalari, ijtimoiy va madaniy
sohalarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Shu idoralarning
rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimidan ozod qilish, ularning
faoliyatini nazorat qilish, tegishli rahbarlarning hisobotlarini eshitish kabi
vakolatlarga ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy sohani rivojlantirishga rahbarlik qilish bo‘yicha aniq vazifalari
va vakolatlari joriy qonunlarda va boshqa huquqiy hujjatlarda
belgilangan. Ular mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish,
mahalliy soliqlar, yig‘inlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni
hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy rivojlanishida, fuqarolarning
turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur
moddiy bazani vujudga keltiradilar.
Mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududida ijtimoiy hayotning barcha
sohalariga tegishli masalalarni davlat va aholi manfaatlaridan kelib
chiqqan holda hal qiladi. O‘z vakolati doirasida Konstitutsiyaga zid
bo‘lmagan qaror va farmoyishlar qabul qiladi. Mahalliy kengashlar o‘z
qarorlarini kollegial asosda qabul qilsa, hokimlar yakkaboshchilik asosida
qabul qiladi hamda ushbu qarorlar ularning hududida bajarilishi
majburiydir.
Mamlakatimiz hayotida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
sining 105-moddasiga muvofiq, «Shaharcha, qishloq va ɨɜɭɥɥɚɪɞɚ,
shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
ɛʆɥɢɛ, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning
maslahatchilarini saylaydi».
1999-yil 14-aprelda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish
yasadi, ya’ni qonunning 7-moddasiga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb
to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilab qo‘yildi.
288
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z faoliyatini hududiy
prinsip bo‘yicha amalga oshiradi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarishi mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi. Fuqarolar-
ning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy vazifasi fuqarolarning
mahalliy ahamiyatga bog‘liq masalalarni mustaqil ravishda hal qilishini
ta’minlashdir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi
qonunning 7-moddasi bilan ushbu organlar tizimi ko‘rsatib o‘tilgan: 1)
fuqarolar yig‘ini; 2) fuqarolar yig‘inining kengashi; 3) fuqarolar yig‘ini
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar; 4) fuqarolar
yig‘inining taftish komissiyasi hamda ma’muriy komissiyalardan iborat
bo‘lib, ularning huquqiy holati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlangan.
Fuqarolar yig‘inida mahalliy hududda yashovchi o‘n sakkiz yoshga
to‘lgan fuqarolar qatnashish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida qatnashish
huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda
yig‘in vakolatli hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘ini raisi, yig‘in kengashi tomonidan
zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.
Shu bilan birga, fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar
kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan
va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir
qismining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish
respublika Oqsoqollar kengashi tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman,
shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolar yig‘ini
kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi tomonidan zaruratga
qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi hamda kengash
a’zolarning uchdan ikki qismi mavjud bo‘lganida qabul qilingan qarori
vakolatli hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini kengashi o‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, uning
xodimlari soni fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi.
Shaharga, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla
fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun
hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish
va hal qilish huquqiga egaligi belgilangan hamda ular vakolat doirasida
boshqaruvga oid qator ishlarni amalga oshiradi (Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasi).
289
Do'stlaringiz bilan baham: |