(«Bayt ul-hikma») Sharq xalqlari fani tarixida alohida ahamiyat kasb etdi. Bu markazda
faoliyat ko’rsatgan allomalar o’sha davr ilmlari, xususan, anyq fanlarning rivojiga
salmoqli hissa qo’vdib, qadimgi yunon, hind va boshqa xalqlar ilmiy merosini o’qib
o’rgandilar, ularni tahlil qilib, yangi g’oyalar bilan boyitdilar. Natijada, ularning qalamiga
mansub bo’lgan qator asarlar paydo bo’ldiki, bu asarlar O’rta asr ilmining noyob
durdonalariga aylandi.
IX—XI asrlarda butun musulmon Sharqi fani va madaniyati taraqqiyotida Markaziy
Osiyo donishmandlari yetakchi mavqeni egallagan bo’lsada, musulmon madaniyatining
«oltin davri» deb e’tirof etilgan ushbu davrda yashagan bu allomalarning hayoti va
faoliyati hozirga qadar to’liq aniqlanmagan. Markaziy osiyolik olimlarning ma’lum qismi
xalifa al-Ma’mun tarafidan tanlab olinib, poytaxt Bag’dodga olib ketilgan. Ular orasida
xorazmlik buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy, farg’onalik mashhur astronom
Ahmad al-Farg’oniy, o’sha davrdaga Forob (hozirgi GavhartepA) mintaqasidan
chiqqan yirik astronom va matematik al-Abbos al-Javhariy, Bag’dod va Damashq
shaharlaridagi astronomik tadqiqot va kuzatishlarning tashkilotchisi marvlik Yahyo ibn
Abu Mansur va boshqalar bo’lgan.
Bag’dod ilmiy maktabida faoliyat ko’rsatgan yirik astronom va matematiklardan
yana biri Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy bo’lib, u «Habash al-Hosib» («Habash
hisobchi») laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi al-Marvaziy rutbasi esa muallifni hozirgi
Turkmanistonning Bayram Ali shahri yaqinidagi Marvdan ekanligini ko’rsatadi.
Olimning ismi va ba’zi asarlari o’rta asr mualliflaridan Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-
Qiftiy (II73—I248) va Hoji Xalifalar (I609—I657) tomonidan zikr etiladi. Jumladan,
Ibn an-Nadim uni yuz yildan ortiq yashagan, deb ma’lumot berib, Marvaziyning
yettita kitobining nomini sanab o’tadi. Ibn al-Qiftiy esa uning asli marvlik bo’lib,
xalifa al-Ma’mun va al-Mu’tasim zamonida Bag’dodda faoliyat ko’rsatganligini aytadi.
Olimning yashagan umrini Ibn al-Qiftiy yuz yillar atrofida, deb xabar beradi. Keltirilgan
ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Ahmad al-Marvaziy uzoq umr ko’rgan. Fan tarixiga
oid bibliografik kitoblardan bu olimni 770—870 yillar mobaynida yashab o’tgan deb
taxmin qilinadi. Ahmad al-Marvaziy «Zij» («Astronomik jadvallari») deb ataladigan
«Damashq ziji» («az-Zij al-ma’ruf bi-d-Dimashqiy»), «Zij» (bu zij Bag’dod shahri
uchun tuzilgan) va «al-Ma’munning tekshirilgan ziji» («az-Zij al-Ma’muniy al-
mumtahan») asarlarining muallifidir. Ibn al-Qiftiy al-Marvaziy «Shoh uchun zij» («az-
Zij al-Shahiy») nomli yana bir kichik hajmdagi risolaning ham muallifi, deb ko’rsatadi.
Lekin bu risola yuqoridagi zikr etilgan «zij»larning birortasi bo’lishi mumkin. «Damashq
ziji» hozirda Istambulda saqlanmoqda. Al-Marvaziy o’zining bu asarini o’sha davrda
«Sindhind» nomi bilan mashhur bo’lgan hind astronomik jadvallarini qayta ishlash
asosida yozgan. Undagi ba’zi masalalar Ibrohim al-Fazariy, Muhammad al-Xorazmiyning
«zij»laridan farqlanadi. Olimning Bag’dod shahri uchun yozilgan ikkinchi «Zij»i
Berlinda saqlanmoqda. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» va
«Geodeziya» asarlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob keyingi davr astronomlari
tarafidan hurmat bilan tilga olingan. Uchinchi «al-Ma’munning tekshirilgan «ziji» ham
o’z vaqgida katta shuhrat qozongan bo’lib, xalifa al-Ma’mun bir guruh olimlarga
qadimgi yunon astronomlarining kitoblarida keltirilgan ma’lumotlarni tajribalar asosida
qaytadan tekshirib chiqish vazifasi-ni yuklagan va tajriba natijalari o’laroq, ushbu asar
dunyoga kelgan. Bu asarda o’sha davr astronomiyasining barcha yutuqlari mujassam
etilgan va O’rta asr manbalarida, ba’zan Yahyo ibn Mansur va Ahmad al-Marvaziy,
ba’zan esa o’sha davrning boshqa astronomlari tarafidan bitilgan, deb keltiriladi.
Bunday asarning yaratilishida ko’pchilik ishtirok etgan bo’lishi kerak, degan xulosa
kelib chiqadi. Shunga qaramasdan, mutaxassislar al-Ma’mun «ziji»ni Yahyo ibn
Mansur boshlab, Ahmad al-Marvaziy yakunlagan bo’lishi kerak, degan taxminni qiladilar.
Umuman esa, al-Marvaziy al-Ma’mun davrida olib borilgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarda
eng faol ishtirok etgan olimlardan bo’lib, 832—833 yillarda Sinjar sahrosida yer
meridianining bir darajasini o’lchash ishlarida ham qatnashgan.
Al-Marvaziyning yigirmaga yaqin nomdagi asarlari ro’yxatida biz astronomik
jihozlar — astrolyabiyalar, quyosh soati va zat al-halaqlarga bag’ishlangan risolalarni
uchratishimiz mumkin. Afsuski, ularning katta qismi bizgacha yetib kelmagan.
Olimning astronomiyadagi yutuqlariga qaramasdan, uning asosiy xizmatlari
trigonometriyada deb topilgan. Bu fiqrimizning mag’zini al-Marvaziyning fanga birinchi
bo’lib olib kirgan tangens va kotangens tushunchalari va ularning funksiyaviy jadvallari
tashkil etadi. Olimning asarlarida bayon qilingan tangens, kotangens va kosekans
tushunchalari trigonometriya rivojiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi.
Ibn an-Nadim o’zining «al-Fixrist» kitobida al-Marvaziyga oid yana ikki muhim
ma’lumotni keltiradi. Ulardan biri al-Marvaziyning Abu Ja’far ibn Ahmad ibn Abdulloh
ibn Habash ismli o’g’li bo’lib, u ham astronomiya bilan shug’ullangan va «Yassi
astrolyabiya» («Kitab al-asturlab al-musattah») nomli kitobning muallifi ekanligidir.
Ikkinchisi esa, IX asrdagi mashhur astrolog va astronomlardan biri Muhammad ibn
Bazyar biz hikoya qilayotgan al-Marvaziyning o’quvchilaridan deb e’tirof etilishidir. Bu
esa Ahmad al-Marvaziyni nafaqat mashhur olim, balki yetuk shogirdlar tayyorlagan
mohir ustoz bo’lganydan ham dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: