Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


- masala To’ldiruvchi va uning turlari



Download 0,82 Mb.
bet69/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

2 - masala To’ldiruvchi va uning turlari.
Darsning maqsadi: to’ldiruvchining ma’no-vazifasi, ifodalanishi va turlari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Identiv o’Quv maQsadlari:
2.1.To’ldiruvchining ta’rifini aytib beradi.
2.2.To’ldiruvchini turlarga ajratiladi.
2.3.Vositasiz to’ldiruvchinining ma’no-vazifasi, grammatik shakllarini ko’rsatib beradi.
2.4.Vositali to’ldiruvchining grammatik shakllarini ko’rsatib beradi.
2.5.Vositali va vositasiz to’ldiruvchini umumlashtiradi.
2 - masala bayoni:
Gapdagi biror bo’lakning ma’nosini to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan bo’lak to’ldiruvchi deyiladi. To’ldiruvchi ko’pincha kesimga bog’lanadi: Halol mehnat insonni ulug’laydi. Yomonga yondashma, yaxshidan adashma. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi: 1.Vositasiz to’ldiruvchi. 2. Vositali to’ldiruvchi.
Vositasiz to’ldiruvchi
Vositasiz to’ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakatni o’ziga qabul qilgan,o’z ustiga olgan predmetni bildirib, kimni? nimani? qaerni? so’roqlariga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot va olmosh bilan: Do’stingdan pulingni qizg’anma. Sizni unutmayman, Sherzod aka.
2. Otlashgan so’zlar bilan: Ayrilganni ayiq er, bo’linganni bo’ri er. Ettinchini ham e’tibordan chetda qoldirmang.
3. Ibora bilan: U o’z g’ururi, obro’siga birovning oz-moz til tegizishini ko’tarmas edi. Oddiygina starshina-yu, burnini ko’targanini qarang.
4. Ajralmas birikma bilan: Qish faslini kutadi keng dalalar, maydonlar. Uch dugonasini Toshkentga olib ketishdi.
Vositasiz to’ldiruvchi belgili (tushum kelishigi qo’shimchasi bilan), belgisiz (tushum kelishigi qo’shimchasisiz) qo’llanadi. M.: Bu yil ikki tonna paxta terdim. Ko’p gapirma, ko’p kitob o’qi.
Vositali to’ldiruvchi.
Vositali to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilmagan, lekin uning bajarilishi uchun vosita bo’lgan yoki unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan predmetni bildirib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimda? nimada? kim bilan? nima bilan? kim to’g’risida? nima to’g’risida kabi so’roqlarga javob bo’ladigan ikkinchi darajali bo’lakdir.
Vositali to’ldiruvchi kelishik qo’shimchali yoki ko’makchili bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot va olmosh bilan: Yovdan qochgan, yovga do’st, elni suygan elga do’st. Siz bilan ketaman.
2. Otlashgan so’zlar bilan: Qo’rqqanga qo’sh ko’rinar. Madaminbek qizillar bilan sulh tuzish uchun Qo’qonga keldi.
3. Ibora bilan: Og’zi bo’shga ishonib bo’lmaydi.
4. Ajralmas birikma bilan: Bu xona to’rt kishiga kamlik qiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish