Ajratilgan bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot



Download 30,5 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi30,5 Kb.
#557213
Bog'liq
01 Ajratilgan bo


Ajratilgan bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot
O‘zidan oldingi bo‘lakning ma’nosini izohlab, bo‘rttirib, to‘ldirib, aniqlashtirib kelgan bo‘lak ajratilgan izoh bo‘lak deyiladi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim.
Ajratilgan bo‘laklarning uyushiq bo‘laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya’ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo‘laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Gap bo‘laklarining ajratilishida gapda so‘z tartibining o‘zgarishi, gap bo‘laklarining kengayishi, bir bo‘lakning o‘zidan oldingi bo‘lakni izohlashi bir bo‘lakni boshqalaridan ajratib bo‘rttirib ko‘rsatish zaruriyati kabilar sabab bo‘lishi mumkin. M: Ko‘chada borar, g‘amgin va o‘ychan. Ukasi, ko‘zlari chaqnagan, unga g‘azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko‘rindi. U har kuni quyosh tikka kelganda, shaharga tushadi.
Quyidagi gap bo‘laklari ajratiladi:
1) Ajratilgan ega o‘zakdan oldin kishilik olmoshlari, ot va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanib kelgan egani izohlaydi: Biz, yoshlar, buni esdan chiqarmasligimiz kerak.
2) Ajratilgan kesim o‘zidan oldin kelgan kesimni izohlaydi: 1) fe’l-kesim: Men uni ko‘ndirishga harakat qildim, yalindim, yolvordim, hatto tiz cho‘kdim. 2) ot-kesim: U shoir – inson ruhining bilimdoni.
3) Ajratilgan izoh to‘ldiruvchi o‘zidan oldingi to‘ldiruvchini izohlab keladi: Menga, ya’ni universitet talabasiga, shunday ishonch bildirishyaptimi, demak, men bor kuchimni ishga solishim kerak. To‘ldiruvchi tashqari, boshqa, o‘rniga, bilan, birga kabi so‘zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi: Mendan tashqari, u ham bor.
4) Ajratilgan izoh aniqlovchi o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • ajratilgan izoh qaratqich-aniqlovchi o‘zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini izohlaydi: Bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning qorasi ko‘rindi;

  • ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi sifatlanmishdan keyin kelib uni izohlaydi (ba’zi darsliklarda bu ters sifatlovchi-aniqlovchi deb ataladi): Gullar terdim, chiroyli.

5) Ajratilgan izoh hol gapda o‘zidan oldingi holni izohlab keladi. Quyidagi hol turlari ajratiladi: 1) O‘rin: Uning qo‘lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga boshladi. 2) Payt: Anjuman bugun, soat beshda boshlanadi. 3) Ravish (vaziyat): Qo‘llar ishlar tez – mo‘jizakor. 4) Maqsad: Shaharga borish uchun, ya’ni o‘g’lini ko‘rish uchun, ulov qidirdi. 5) Miqdor-daraja: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kechirishdi.
Ko‘pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kengaygan holda ajratilishi mumkin: O‘zidan-o‘zi hadiksirab, atrofga ola-zarak boqadi. Otasi, ikki qo‘ltig‘ida narsa ko‘targan holda yo‘lga tushdi.
- See more at: http://onatili.uz/ajratilgan-bolaklar-haqida-umumiy-malumot/#sthash.7aY0ZKGm.dpuf
Download 30,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish