Laboratoriya topshiriqlari va
ish davomida ishlab chiqiladigan dasturning to‘liq namunasi.
Laboratoriya topshirig‘i. Berilgan masalani yechish uchun algoritm va mos dasturni ishlab chiqing. Algoritmni blok-sxema shaklida ifodalang va zarur bo‘lsa algoritmik dekompozitsiyani amalga oshiring. Zarur hollarda qism masalalarni yechish uchun qism dasturlardan foydalaning.
Dastur namunasi. Biz quyida namuna sifatida ma’lumotlarni saralash bilan bog‘liq masalani qaraymiz. Masalani Quicksort va MergeSort usullari yordamida yechish algoritmini (psevdokod shaklida) ishlab chiqamiz va uni C++ tilidagi dasturga o‘tkazamiz.