Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar, optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish



Download 212,74 Kb.
bet3/4
Sana06.02.2023
Hajmi212,74 Kb.
#908391
1   2   3   4
Bog'liq
Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar, optik attenyuator

6.3. Ajralmaydigan optik ulagichlar

Odatda optik liniya uzunligi o‘nlab kilometrni tashkil etadi, bu esa tolali optik kabelning ko‘pincha 10 km bo‘lgan qurilish uzunligidan ancha katta. Shu sababli kabelni yoiqizishda turli qurilish uzunligiga ega kabellar optik tolalarini bir-biriga ulash zarurati tug‘iladi. Bunday ulash payvandlash usuli bilan tayyorlanadigan ajralmaydigan ulagichlar yordamida amalga oshiriladi. Ikkita optik tola o‘zaro payvandlangandan so‘ng, payvandlash joyi mexanik ta’sirlardan va namlikdan termosiquvchi naycha yordamida himoyalanadi. Mazkur naycha maxsus kasseta (splays-plastina) ga mahkamlanadi. Ulanuvchi kabellarning optik tolalari splays-plastina bilan birgalikda ulovchi muftaga joylashtiriladi. Shu usul bilan payvandlangan optik tolalarning mexanik va atrof-muhit ta’sirlardan uzoq muddatga himoyalanishi ta’minlanadi. Kabelni joylashtirish usuliga (yer va suv ostida, elektr uzatgich liniyalari ustuniga osish yo‘li bilan) bog‘liq holda turli mufta turlari qo‘llaniladi.


Ajralmaydigan optik ulashning keng tarqalgan usullaridan biri shishadan tayyorlangan nay (trubka) yordamida ulash hisoblanadi (6.3-rasm). Bunday ulashda kiritiluvchi so‘nish qiymati 0,29 dB ni tashkil etadi.



6.3- rasm. Trubka yordamida tolani ulash: 1 - vtulka; 2 - yopishtiruvchi kompaundni quyish uchun teshik; 3, 4 - optik tola.


Tolalarni yarimssilindrik ariqchali plastina yordamida ulash (11.4-rasm) usulida kiritiladigan so‘nish sathi 0,5 dB ni tashkil etadi. Tola oxirlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi yoki payvandlanadi.



/
Ajralmaydigan optik ulashda optik tolalarni doimiy ulash, yuqorida qayd etilganidek, payvandlashda keng foydalaniladi. Hozirda payvandlash qurilmalari amaliyoti takomillashib bormoqda. Natijada payvandlashli ulash usuli qo‘llanilganda kiritiluvchi so‘nish qiymatlari bir modali va ko‘p modali tolalar uchun 0,04-0,1 dB ni tashkil etadi.
Ko‘p modali tolalarda payvandlashli ulash sifatiga ta’sir qiluvchi, tolaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillar mavjud. Bu omillarga tola diametrlarining, sonli aperturalarining va sindirish ko‘rsatkichlarining mos kelmasligi, o‘zakning qobiq markazida joylashmasligi kiradi.


Bir modali tolalarda (dispersiyasi siljimagan holda) payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omil - bu tolalar moda maydoni diametrlarining mos kelmasligi hisoblanadi.


Shuningdek, bo‘ylama va burchakli siljishlar, o‘zakning ifloslanishi va deformatsiyasi ham payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi omillardir. Bu omillarning ta’siri malakali texniklar, tola oxirlarini aniq markazlashtiruvchi avtomatik tenglashtiruvchi qurilmalarni va zamonaviy payvandlash qurilmalarni ishlatish hisobiga kamaytirilishi mumkin.



Download 212,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish