4. Konussimon truba rezbalar. (GOST 6211-81). Bu rezbalarning profili uchidagi burchagi 55. Mazkur rezbaning profili 2-shakl, a da va o`lchamlari GOST 6211-81 (ST SEV 1159-78) ga muvofiq olinadi.
Bu rezbadan yuqori issiqlik va bosim ostida ishlaydigan hamda katta zichlikni talab qiluvchi naycha va quvurlar birikmasida foydalaniladi. Rezba ochiladigan detallarning konusligi K q 1 : 16 konus uchidagi burchagi q 33448 teng. Konussimon truba rezbalar “R” harfi bilan, jumladan sterjendagi tashqi rezba “R”, teshikdagi ichki rezba “Rs” va teshikdagi silindrik va tashqi konussimon truba rezba “Rr” harflar bilan belgilanadi, masalan: R 1G`2; Rc 1G`2 ko`rinishda, agar rezbalar chapaqay yo`nalishda bo`lsa, LH ko`shib R 1G`2 LH; Rc 1G`2 LH ko`rinishlarida yoziladi.
5. Konussimon dyuymli rezbalar GOST 6111-52. Bu rezbadan suv, moy, yoqilg`i va havo o`tadigan va naychalarini biriktirishda foydalaniladi. Profili uchidagi burchagi 60, hamda konusligi Kq1:16 nisbatda, bo`lgan konussimon dyuymli rezbalarning o`lchamlari GOST 6111-52 ga muvofiq olinadi. Rezba belisiga: “K”, dyuymda ifodalangan o`lchami (1q25,4 mm) va davlat standarti kiradi. Masalan: K3G`4 GOST 6111-52. Rezba o`lchami, chiqarish chizig`i tokchasi ustiga yoziladi.
6. Konussimon metrik rezbalar. GOST 25229-82. Bu rezbaning profilidagi burchagi 60 bo`lib, konusligi Kq1:16 GOST 25229-82 ga muvofiq. Chizmada konussimon metrik rezbalar: “KM” - harflari, rezbaning tashqi diametri, qadami va yo`nalishini ko`rsatuvchi belgilar orqali ifodalanadi. Masalan, KM 36 X 2, chapaqay rezba uchun KM 36 x 2 LH, GOST 25229-82.
Konussimon metrik rezbalar, konussimon truba rezbalar kabi yuqori bosim ostida ishlaydigan quvurlarni biriktirishda ishlatiladi.
7. Yumaloq rezbalar. Uning profili va o`lchamlari GOST 13536-68 ga muvofiq olinadi.
Mazkur rezbaning profili yumaloqlanganligi uchun uni yumoloq rezba deyiladi. Bu rezbalardan, asosan santexnika, elektr-yoritish asboblarida, plastmassa va chinni buyumlarni biriktirishda foydalaniladi.
GOST 13536-68 ga muvofiq yumaloq rezbalar santexnika buyumlari jumraklari hamda qorishtirish ventillarining shpindellarida ishlatiladi. Rezbaning shartli belgisi “Kr”1 bo`lib, chizmada belgilanishi: Kr 12 x 2,54 GOST 1353668, bunda 2,54 - rezbaning qadami mm da, Elektr chiroqlarida GOST 6042-83 ga muvofiq yumaloq Edisson rezbalari qo`llanadi. Ular chizmada Ye 14 GOST 6042-83 kurinishda belgilanadi, Bunda Ye - rezbaning shartli belgisi, 14-tashqi diametri.
Do'stlaringiz bilan baham: |