“Qutadg'u bilig”da ham ko'plab to'rtliklar ham mavjud. Ularning sonini olimlar turlicha ko'rsatishadi. Masalan. Fitrat ularni 182 tadan ortiq, I.V.Stebeleva 200 tadan ortiq deydi. X.Usmonov esa ellikdan ortiq degan ma`lumotni keltirib o`tadi. A.N.Samoylovich bo'lsa ularni Radlov nashridan 202 ta sanaganligini yozadi. Ј.Karimov bir o'rinda ularni 180 ga yaqin deydi, shuningdek, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot tomonidan chiqarilgan kitobda 176 to'rtlik bor deb keltiriladi. «FAN`` nashriyoti tomonidan chiqarilgan kitobida esa Yusuf Xos Xojibning 205 ta to'rtligi bor. Agar bu nashrdan tushib qolgan 109 baytli matndagi 5 to'rtlikni ham bunga qo`shsak, ularning umumiy soni 210 ta bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |