Ajiniyoz nomidagi Nukus dpi ning Boshlangʻich taʼlim fakulteti Boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi 3-v guruh talabasi Yuldashova Dilnozaning


Nazariyani amaliyot bilan bog’lash tamoyili



Download 17,94 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi17,94 Kb.
#213596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TABIATSHUNOSLIKNI O’QITISH TAMOYILLARI VA QONUNIYATI Yuldashova Dilnoza 3-V

Nazariyani amaliyot bilan bog’lash tamoyili.Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi

va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham zarur.

O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda ana shu bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari va malakalari hosil bo’ladi.

Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o’zlashtirish sifatini ko’taradi. Bu qoida mehnat ta‘limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.

O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakteri o’quv fanining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, “Sabzavotlar” mavzusida (3-sinf) uni o’rganish bo’yicha amaliy ishlarni bajarish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta‘sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga maktab yoki fermer xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek, “Tabiiy o’simliklar”, “Poliz ekinlari”, “Manzarali o’simliklar”, “Tut daraxti.Ipak qurti” mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlar o’tkazilishiga yordam berishi mumkin.

O’quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o’simliklarni ekish va ko’paytirish), shuningdek o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini (piyozni o’stirish misolida - 2-sinf), gul manzarali o’simliklarining o’sishi va rivojlanishiga organik va mineral o’g’itlarning ta‘sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko’chirib o’tqazilishining ta‘sirini aniqlash bo’yicha tajribalar (4-sinf) o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tajriba maydonchasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog’lanishi yaxshi amalga oshadi.

Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o’quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob‘ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.

Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog’i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo’lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko’nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to’ldirilib va aniqlashtirilib boriladi.


Download 17,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish