Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


rivojlantirish  va  istiqbolga  yo`naltirish  davlat  dasturi»



Download 399,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana04.01.2020
Hajmi399,17 Kb.
#32015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boshlangich sinf oqituvchilarining kreativlik faoliyatini shakllantirish muammolari va metodlari


rivojlantirish  va  istiqbolga  yo`naltirish  davlat  dasturi»  mazmunidan  ham 

ko`rishimiz  mumkin.  Ushbu  dasturda  Davlat  va  jamiyat  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”  hamda  «2004-2009  yillarda  maktab  ta`limini  rivojlantirish  Davlat 

umummilliy  dasturi»  talablari  asosida  o`qituvchi  va  murabbiylarni  qayta  tayyorlash 

va malakasini oshirish tizimini nazariy-metodik jihatdan qurollantirishni taqozo etishi 

alohida e`tirof etilgan

.  

Istiqbolda O`zbekiston Respublikasida pedagogika fanini ilmning ustivor sohasi 



sifatida izchil rivojlantirish, shaxs, jamiyat, davlat, ishlab chiqarish, fan, texnikaning 

taraqqiyotiga ko`maklashadigan yangi pedagogik yondashuvlar, didaktik ishlanmalar, 

nazariy-metodologik tadqiqotlar, yuqori saviyali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashga 

keng  yo`l  ochish  «Pedagogika  fanini  rivojlantirish  va  istiqbolga  yo`naltirish 

dasturi»ning asosiy  maqsadidir. 

Dasturda  xalqning  o`zligini  anglash  jarayonida  shaxsni  har  tomonlama 

rivojlantirish,  shaxs  taraqqiyotiga  yo`naltirilgan  uzluksiz  ta`lim-tarbiya  tizimining 

nazariy  asoslarini  yaratish    pedagogika  fanining  bosh  maqsadi  hisoblanar  ekan, 

birinchi  navbatda  pedagogik  psixologiya  sohasida  keng  ko`lamli  ilmiy  tadqiqot 

ishlarini  amalga  oshirish  lozimligi  e`tirof  etiladi.  Ushbu  vazifa  o`qituvchining 

kreativlik  faoliyatini  ilmiy  pedagogik  tahlil  etishga  ham  taalluqlidir.  Dasturda 

pedagogika  fani  tayanishi  zarur  bo`lgan  qo`yidagi  ikkita  tamoyil  Bizning 

e`tiborimizni alohida o`ziga tortti. Bular: 


 

44 


1.  Pedagogika  fanining  bugungi  kunga  qadar  foydalanilmayayotgan 

imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish yo`llarini aniqlash.  

2. Kognitiv pedagogikani rivojlantirish. 

Vaholanki,  aynan  o`qituvchining  kreativlik  faoliyatini  shakllantirish  va 

rivojlantirish bugungi kunga qadar o`zining to`liq yechimini topmagan va bolalarning 

kognitiv (bilish faoliyati, bilimli va ilmli bo`lishi)  faoliyati o`qituvchining faoliyatiga 

bog`liqdir.  

Shu  bilan  bir  qatorda  olima  R.A.Mavlanova  kreativlikning  ijodkorlik  bilan 

bevosita  bog`liq  ekanligini  ta`kidlagan  holda  ijod  –  fikrlashning  original  usulining 

sinonimi, ya`ni odatdagi, qabul qilingan chegaralarni buzish qobiliyatidir degan fikrni 

bildiradi.  Ijodiy  aql  –  bu  aktiv,  sinchkov,  boshqalar  muammolarni  ko`rmagan 

joylarda  ularni  topa  oladigan  aqldir.  Ijodkor  shaxs  o`zgarib  turadigan  vaziyatda 

o`zini  suvda  yurgan  baliqday  his  qiladi,  boshqalarga  xafv  bordek  tuyulgan  joyda  u 

hech  kimga  bog`liq  bo`lmagan  holda,  mustaqil  ravishda  qarorlar  qabul  qilish 

qobiliyatiga ega. 

Biz  yuqoridagilarda  bildirilgan  fikrlarni  umumlashtirgan  holda  pedagog-

kadrlarning  kreativligining  ko`rsatkichlari  sifatida  qo`yidagi  elementlarni  e`tirof 

etmoqchimiz: 

1.

 

O`z bilimini doimo rivojlantirib borishi. 



2.

 

O`qituvchining mehnat sharoiti 



3.

 

O`zining pedagogik tajribalarini doimo takomillashtirib borishi. 



4.

 

O`zining  sohasidagi  so`nggi  innovatsion  yangiliklarni  bilishi  va  ularni 



o`zining faoliyatida o`rinli va unumli qo`llay olishi   

5.

 



Ijodkor bo`lishi. 

6.

 



Bolalarning yosh, individual va psixologik o`ziga xos jihatlarini bili olishi va 

shunga mos tarzda o`qituvchi yo`l tutishi. 

7.

 

Innovatorlik xususiyatlarga ega bo`lish. 



Ko`pchilik  holatlarda  o`qituvchining  kreativlik  faoliyati  innovatsion  faoliyat 

bilan bog`liq ekanligi ustunlik qiladi. Bu haqida Biz qo`yidagi bobda alohida to`xtab 

o`tmoqchimiz 


 

45 


 

III-BOB.  KREATIVLIK  - INNOVATORLIKNING ASOSI SIFATIDA 

3.1. KREATIVLIK - O`QITUVChINING INNOVATSION  

FAOLIYATINING ASOSI SIFATIDA 

Kreativlik 

bevosita 

innovatsiyalar 

bilan 

bog`liq 


jarayondir. 

Negaki 


o`qituvchining  kreativlik  faoliyat  yuritishi  uchun,  u  albatta  o`zining  sohasidagi  eng 

so`nggi  yangiliklardan,  shu  bilan  bir  qatorda  butun  jamiyatdagi  voqea  va 

hodisalardan  boxabar  bo`lishi,  innovatsion  yangiliklarni  o`z  faoliyatida  o`rinli 

foydalana olishi lozim. 



Innovatsiya  –  ingliz  tilidan  olingan  bo`lib,  «In-ichida»,  «Novus-yangi», 

«yangilik», «yangilik kiritish» degan ma`noni anglatadi. U muayyan ijtimoiy birlikka 

(tashkilotga, aholiga, jamiyatga, guruhga, tizimga) yangi, nicbatan turg`un uncurlarni 

kiritib borishi va ularning maqsadga muvofiq o`zgarishidir.  

«Innovatsiya»  tushunchasi  birinchi  marta  XIX  asrda  madaniyatshunosik 

sohasida paydo bo`lib, bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma`nosini 

bildirgan. 

XX  asrning  30  yillarda  AQShda  «firma  innovatsion  siyosati»,  «innovatsion 

jarayon» atamalari paydo bo’ldi. Innovatsiyalar ikki turga bo`linadi: 

 



Stixiyali,  ya`ni  innovatsiyalarga  bo`lgan  ijtimoiy  talablar  natijasida  paydo 

bo`lib, bunday innovatsiyalarni yaratishga doir oldindan mo`ljallangan reja, metod va 

texnologiyalar bo`lmaydi. 

 



Ongli, ya`ni ilmiy asosga ega maqsadga yo`naltirilgan innovatsiyalar. 

Innovatsion  pedagogika  tushunchasi  G`arbda  50  yillar  oxirlarida,  bizning 

mamlakatimizda  esa  keyingi  10  yillikdan  boshlab  qo`llanilib,  olimlar  ushbu  sohani 

maxsus  o`rgana  boshladilar.  Jahon  pedagogik  nashriyotlarda  va  jurnallarda 

innovatsion  maqolalar  chop  etila  boshladi.  So`ngra  YUNESKO  qoshida  ta`limni 



rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi tashkil etildi. Bu tashkilot 

turli  mamlakatlardagi  pedagogik  yangiliklarni  umumlashtirib,  ta`lim  masalalari 

bo`yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda 


 

46 


ular  haqida  ma`lumotlarni  tarqatib  bordi.  Bu  jarayonlar  bilan  bog`liq  holda 

«innovatsion jarayon» tushunchasi vujudga keldi.  



Innovatsiya jarayoni 

tarkibiy 

tuzilmalar  va  qonuniyatlarni  qamrab 

olgan tizim  bo`lib, u  o`quv  jarayonini  zamonaviy  pedagogika  va  psixologiya  fanlari 

yutuqlari  asosida,  jahon  standartlari  darajasida  tashkil  etish  imkonini  beruvchi 

innovatsion harakatlar. 

Innovatsion jarayonlarga nisbatan ikki xil qarash  mavjud: 

 



Hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g`oya yoritiladi. 

 



 Alohida-alohida  kiritilgan  yangiliklarning  o`zaro  ta`siri,  ularning  birlamchi, 

raqobati va natijada birining o`rnini ikkinchisi egallashidir. 

  Innovatsion jarayonlar qo`yidagi bosqichlardan iborat

1.  Yangi  g`oyaning  paydo  bo`lishi,  ya`ni  fundamental  va  amaliy  ilmiy 

tekshirishlar  (yoki  birdan  paydo  bo`ladigan)  natijalaridan  kelib  chiqadigan  yangilik 

bosqichi. 

2.  Kashf  etish  vaqti,  ya`ni  amalga  oshgan  ob`ekt,  moddiy  yoki  ma`naviy 

mahsulot namuna ko`rinishidagi yangilik yaratish. 

3.  Yaratilgan  yangilikni  qo`shimcha  ishlab,  mukammallashtirish.  Bu  bosqich 

yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. 

 4. Yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo`shilib) keng 

tatbiq etilishi. 

5.  Yangilikning  biror  sohada  hukmron  bo`lishi.  Yangilik  o`z  yangiligini 

yo`qotib,  yangilik  sifatida  mavjud  bo`lmay  qoladi.  Bu  bosqich  yangi  samarali 

yangilik  paydo  bo`lishi  yoki  uning  yanada  samarasi  bilan  almashishi  bilan 

yakunlanadi. 



Yangilikning ikki turi mavjud: 

1.  Birinchi  marta  yaratilgan  yangilik.  Bu  yangilik  ixtiroga  teng,  ya`ni  yana 

o`rnatilgan yangi haqiqat demakdir. 

2.  Avvalgi  mavjud  bo`lgan  nazariyani  yanada  takomillashtirib,  zamonaga 

moslashtirishdan iborat. 


 

47 


Fanda innovatsion  jarayonning kechishini  4  ta asosiy  qonuniyatga bo`ysinishi 

aniqlangan:   

1.  Pedagogik  innovatsiya  muhitining  ayovsiz  bir  sharoitda  emasligi  qonuni. 

Bunda  pedagogik  jarayonlar  haqidagi  tasavvurlar  buziladi,  pedagogik  ong  buziladi, 

pedagogik yangilik baholanadi. 

2.  Nihoyat  amalga  oshirish  qonuni.  Bunda  yangilikning  hayotiyligi  bo`lib,  erta 

yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi 

3.  Komillashtirish  qonuni.  Bunda  pedagogik  innovatsiya  qolipga  tushadi  va 

amaliy harakat tendentsiyasiga ega bo`ladi. 

4.  Pedagogik  innovatsiyaning  davriyligi  va  qaytish  qonuni.  Bunda  yangilik  

yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. 

Innovatsion jarayonlarning asosini qo`yidagi yondoshuvlar tashkil etadi: 

1.

 

Madaniyatshunoslik, ya`ni inson uchun bilishning ustuvorligi. 



2.

 

Shaxsiy faoliyat, ta`limdagi yangi texnologiyalardan foydalana olish. 



3.

 

Ko`p 



suhbatli 

(dialogik) 

yondashuv, 

kasbiy 


tayyorgarlikni 

insonparvarlashtirish; 

4.

 

Individual - ijodiy (o`qituvchi va talabalarning o`zaro munosabatla –ri, 



kreativ faoliti) yondashuvi. 

Innovatsion pedagogik jarayonlar qo`yidagi belgilari bilan tavsiflanadi: 

1.

 



O`quvchilarning 

o`zini-o`zi 

boshqarishi 

va 


ta`lim-tarbiya 

olishga 


yo`naltirilganligi, 

2.

 



O`quvchining bilish faoliyatining rivojlanganligi, 

3.

 



O`quvchilarning faolligining oshganligi 

Innovatsion  pedagogik  jarayonlar  bevosita  o`qituvchining  innovatsion  faoliyati 

bilan bog`liqdir.  

Olima  R.A.Mavlanova  o`qituvchining  innovatsion  faoliyatiga  bog`liq  bo`lgan 

uchta materialni taqdim etadilar. Bular: 

O`qituvchining  innovatsion  faoliyatga  bo`lgan  qobiliyatini  baholash  va 

o`ziga-o`zi  baho  berish  pedagogik  karta  Innovatsion  faoliyatni  amalga 


 

48 


oshirishga  o`qituvchi  mutaxasislik  qobiliyatini  baholash  O`qituvchi  shaxsining 

individual xususiyatlari: 

-

 



Shaxsning asoslangan - ijodiy yo’nalishi  

-

 



Shaxsning ijodiy faoliyat metodologiyasini egallab olish qobiliyati  

Ijodiy faoliyat surati  

-

 



 Qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish Pedagogik tadqiqot metodlarini bilishi   

-

 



Ijodiy faoliyatdashaxsiy ish olib borish imkoniyati  

Ijodiy yutuqlarga intilish faoliyat texnologiyasini, mualliflik kontseptsiyasini 

yaratish qobiliyati  Dadillik va o’ziga ishonch  

Ilgorlikka intilish Tajriba ishlarini rejalashtirish qobiliyati  Ma`suliyatlilik  

Rahbarlarning ijodiy faoliyati uchun yaxshi baho berishlariga intilish Maktabda 

pedagogik tajriba tashkil etish qobiliyati  O`qituvchining ijodiy faoliyatining ijtimoiy 

muximligiga ishonish  



Ijodiy  faoliyatining  shaxsiy  ahamiyati  Faoliyatni  tuzatish,  qayta  tashkil  eta 

bilish qobiliyati  Xalollik va to`grilik  

O`z-o’zini  mukammallashtirishga  intilish.  Boshqa  o’qituvchilar  ijodiy  faoliyat 

tajribalaridan  foydalanish  va  taqqoslash,  jamlash  qobiliyati.    O’zi  tashkil  eta  olish 

qobiliyati  

O`qituvchining kreativligi.Ijodiy faoliyatda hamkorlik va ozaro yordam 

qobiliyati   

Ko`p sonli echimlarni amalda qo`llash   

Muloxazalarning mustaqilligi (O`z fikrini aytishdan uyalmaslik)   

Tasavvur etish, ijodiy hayol. (g`oyalarni o`rganishda intelektul` akliy erkinlik)   

Pedagogik faoliyatda bir xilliklardan voz kecha olish, fikrlar harakatsizlikni 

enga olish   

Tavakkalchilik   

Pedagogik faoliyat muammolariga ta`sirchanlik   

Tanqidiy fikrlash, muloxazalarga qobiliyati   

O`z ishlarini tahlil qila olish qobiliyati   



 

49 


Agarda  jadvaldagi  materillarning  mazmuniga  e`tibor  qaratadigan  bo`lsak,  unda 

o`qituvchining  kreativligi,  ushbu  kreativlikning  mahiyatini  beruvchi  ijodkorlik 

ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning tatqiqot ob`ektimiz bo`lgan o`qituvchining 

kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi. 

Shu bilan bir qatorda olima R.A.Mavlanova talaba-yoshlar orasidagi kreativlikni 

qiyosiy  tajriba-sinov  asosida  tahlil  qilishga  harakat  qilganlar  va  quyidagi  ilmiy 

ma`lumotlarni taqdim etgan. 

1.

 

Olimaning  fikricha  «refleksiv  -  innovatsion  amaliyot  dasturi  birinchidan, 



ishtirokchilarini  tanishtirish  bilan  boshlanadi.  Emotsional  refleksiv  oshkoralik  va 

xushmuomalalik  muhitiga  imkon  beradi.  Amaliyotga  ijodiy  fikrlashning 

rivojlantirish mashqlari kiritiladi. 

2.

 



 Keyingi  bosqich  –  hamjixatlikda  ijodning  hayotiyligi  o`zi  yoqtirgan 

hikoyalarni aytish keyin esa ularni maktab hayotiga kiritish, qahramonlar harakterini 

ko`rsatib berish, syujet o`ylab topish va ijro etish. 

3.

 



 Shundan keyin u yoki bu personaj nomidan monolog o`qiladi, qahramonlar 

harakteri analiz qilinadi.  

4.

 

Shundan  keyin  maktab  muammolari  ko`rsatib  beriladi,  ulardan  eng 



muhimlarini «+» belgisi bilan belgilanadi. Asosiy mashqlar esa o`qituvchi innovatsioi 

faoliyati  tarkibiy  tashkil  etuvchilarini  modellashtiradi.  Quyidagi  mashqlar  kiritiladi: 

assotsiativ davra, pedagogik konsulium, ijodiy tortishuvlar, ochiq darslar, praktikum 

dasturiga talabalarni o`z refleksiv fikrlashini baholash, analiz qilish. 



Amaliyotning ishchi dasturi: 

1.

 



O`qituvchining  ijodiy  fikrlashi,  pedagogik  masalalarini  echish  psixologik-

pedagogik analizi. 

2.

 

O`qituvchining  innovatsion  faoliyati:  amalga  oshirishning  texnologiyasi  va 



tuzilishi (nuqtai nazarlar bo`yicha mulohazalar). 

3.

 



Yangilikni  qabul  qilishda  psixologik  to`siqlar  (nizolarsiz  munosabatlar 

treningi). 

4.

 

Innovatsion  munosabatlar  rivojlanish  uslublari:i  jodiy  masalalarni  ochish 



kashfiyot uslublari. «Aqliy xujum», xayratlanarli savollar uslubi, innovatsion o`yinlar 

 

50 


va boshqalar. 

5.

 



O`qituvchi  mutaxassilik  faoliyatida  refleksiya  (refleksiv  qobiliyatlari 

trenningi). 

Yuqorida  aytilganidek  o`qituvchining  kreativligi  va  innovatsion  munosabati 

rivojlanayotgan muhit ta`siri ostida shakllanishi kerak. 

Tekshirishlarga

 asoslanib, 

ularga  binoan  ijodni  qandaydir  tahliliy  vaziyatdan  yoki  mavjud  bilim  chegarasida 

chiqish  deb  belgilab,  shunday  tasdiqlash  mumkin:  kreativ  muammoni  shaxsiy 

fikrlarga to`la dolzarb qo`yishda ifoda etilgan chuqur xususiyatdir

O`qituvchi dolzarblasha oladigan muhit qo`yidagi imkoniyatlarga ega 

bo`lishi lozim: 

Yuqori darajali noaniq potentsial va ko`p variantlikka 

Noaniqlik 

tayyor 

yo`nalishlarni 



qabul 

qilmay 


o`zlari 

izlanishlarini 

rag`batlantiradi. Ko`p variantlilik ularni topishga imkon beradi. 

 

   3.2. Kerativlik faoliyatining ilmiy tadqiqot natijalari 

Shu  bilan  bir  qatorda  olima  R.A.Mavlanova  «muxim  kreativ  munosabat  va 

uning  natijalari  namunalari  tarkib  topgan  bo`lishi  kerak»ligini  e`tirof  etgani  holda 

bunday tajriba-sinov ishlariga Nizomiy nomidagi ToshDPUning Boshlang`ich ta`lim 

pedagogakasi  va  metodikasi  fakul`tetining  149  talabasini  hamda  pedagogika  kolleji 

bitiruvchilarini jalb etib, taqqoslash uchun guruhlar tuzilgan. 

Talabalarning kreativlik darajasi quyidagi uch ko`rsatkich bilan hisobga olingan;  



I. Mahsuldorlik. Ishlab chiqilgan yangiliklar kreativ qimmatligi ularni quyidagi 

turlardan biriga taalluqliligi bilan belgilanadi: 

1.

 

 Maktabni yanada rivojlanishiga turtki bo`luvchi ko`pgina yechimlarni ko`zda 



tutilgan muammolarni qo`yish. 

2.

 



 O`ziga hos, oldingilariga o`xshamagan, kutilmagan yechimlar. 

3. Yechish  ma`lum  bo`lgan  kontseptsiyalarni  yoki  pedagogik  yondoshvlarni 

davom ettirish «mavzuni variatsiya qilish»ni ko`zda tutadi. 

II. Ijodiy yo`nalganlik sabablari. 


 

51 


Shaxsiy  sababli  tashkil  etuvchilari  talabalarning  fikrlari,  ularning  qiziqishlari, 

ishni davom ettirish istagi, faolligining hisobga olish yordamida baholanadi. 



III.  Refleksivlik.  Reflektsion  tashkil  topuvchilari  ko`zda  tutilgan  yechimni 

anglab yetish va o`zini o`qituvchi-innovator deb his etish darajasi bilan baholanadi. 



Muhitning tafsiloti quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlandi:  

- informatsion xabardorligi,  

- kreativ munosabatlar namunalari mavjudligi, 

- innovatsion munosabatlarning tartibliligi darajasi. 

Informatsion  xabardorligi  darajasi  taklif  etilgan  yechimni  turlicha  yo`llar  bilan 

o`zgartirish, ularni turli yo`llar bilan tiklash darajasi yo`li bilan o`rganilgan. Yuzaga 

keltiruvchi  tajribalar,  innovatsion  amaliyot  davrida  munosabatlar  tartib-qoidalariga 

solinmagan  sharoitlar  yaratilishi,  informatsion  ma`lumotlar  ko`pligi,  kreativ 

namunalar ko`rsatib berilganligidan iborat ekanligi aniqlangan. 

Tajriba  yakunlangandan  so`ng  sinov va  tajriba guruhlari  yakuniy  test o`tkazish 

bilan  taqqoslanib  ko`rilgan.  Tajribaning  boshlanishi,  o`rtasi  va  oxirida  talabalarning 

innovatsion  munosabatlari  va  kreativlik  darajasi,  o`rtacha  ko`rsatkichlar  ifodalari 

qo`yidagicha baholangan. 

Tajribalar natijalari tekshirilayotgan uchta ko`rsatkichlar uch turi bo`yicha katta 

farqlar borligini ko`rsatgan. 

Birinchi bosqichda shaxsiy sabablar ko`rsatkichi o`sgan. 

Ikkinchi bosqichda shaxsiy sabablilik va mahsuldorlik o`sgan. 

Uchinchi bosqichda esa mahsuldorlik, refleksiv ko`rsatkichlar yuqori bo`lgan. 

Tatqiqotlar  so`ngida  olima  qo`yidagi  xulosalarga  kelgan.  Ya`ni  innovatsion 

faoliyatning  shaxsiy  sabablilik ko`rsatkichining  o`sib borishi  shaxsiylik  darajasining 

yanada chuqurroq o`zgarishlariga olib keladi. Ya`ni  talabalarning:  

- izlash jarayoniga emotsional ishtiroki.  

- maktab muammolarini qo`yish va tushunish o`sadi, 

-  amaliy ishlarda mashg`ulotlarni davom ettirish istagi yuzaga keladi,  

-  erishilgan  sabablilik  darajasini  qo`llab-quvvatlash  mahsuldorlik  faoliyati 

darajasi ham o`sadi. 


 

52 


Tajriba-sinov  ishlari  jarayonida  olima  innovatsion  faoliyatning  rivojlanish 

jarayoni aynan shaxsiy sabablilik darajasidan boshlanishini ta`kidlagan holda, hamma 

sodir  bo`layotgan  hodisalarga  quyidagi  singari  o`ziga  hos  munosabat  ishlab 

chiqilishini bildiradi: 

1.

 

Mazmunini izlash. 



2.

 

Yashirin tomonlarini ko`ra bilishga intilish. 



Tajribalar ma`lumotlari; 

-  yuqori  boshlang`ich  kreativ  munosabat  darajali  talabalar  ko`pchiligi  yangi 

barqaror  yuqori  darajaga  erishganliklari,  ular  yuqori  mahsuldorlik  bilan  ajralib 

turishlarini ko`rsatgan: 

-  o`rtacha  kreativ  darajali  ko`pgina  hollarda  bir  qancha  harakatchanlik 

ko`rsatgan, 

-  past  kreativlik  talablar  kamdan-kam  yangi  darajaga  erisha  olganlar,  ular 

harakatchanlik qilmasdan, ko`pincha ilgarigi birlamchi yechimga qaytganlar. 

Shu  bilan  birga  olima  qo`yidagi  ilmiy-nazariy  ma`lumotlarni  ham  keltirganlar. 

Yuqoridagidek  holat,  kreativlikning  oshishiga  rivojlantiruvchi  muhitning  mos 

ravishda ta`siri sababli, bir yo`nalishli bo`lmaydi. Iinovatsion faoliyatning o`zgarishi 

umumiy  tendensiyasi  quyidagi  xususiyatlarga  ega:  hamma  ko`rsatkichlari  ancha 

o`sishi ketidan ularning bir oz pasayishi kuzatiladi, bu ma`lum darajadagi emotsional 

pasayish va diskomfort o`zini noqulay sezish bilan bog`liq bo`ladi, rivojlanish muhiti 

innovatsion  munosabat  vazifasi  va  uslublaridan  iborat  bo`lishi  kerak.  Talabalar 

noma`lum  yechimlarni  izlash  uslublari  va  metodologiyasini  egallagan  bo`lishlari 

kerak. 

Innovatsion  faoliyatga  yondoshish  sifatida  o`qituvchilardan  ilmiy  tekshirish 



metodikasini  o`zlashtirib  olishni  talab  etadi.  Talabalarning  tajriba  maydonida 

tekshirish  ishlarini  «harakatdagi  tekshirish»,  odatdagi  qarashlar,  yondoshishlarga 

qarama-qarshi  deb  nomlanishi  mumkin,  Asosiy  e`tibor  innovatsion  faoliyat 

texnologiyasidan  ko`ra  ko`proq  bilimga  qaratiladi.  Tajriba  maydonchasidagi 

ishlardan  asosiy  maqsad  talabalarni  innovatsion  jarayonga  jalb  etish,  bunda  ularni 

o`qituvchi  bilan  birgalikda  o`z  mualliflik  dasturini  sinab  ko`radi,  yangilik  kiritish 



 

53 


uslublarini  aniqlaydi,  tatbiq  etish  samarasini  baholaydi.  Talabalar  tekshirish  guruh 

larini  tuzish  o`ziga  hos  talablarni  o`qitish  ob`ekti  sifatidagi  modeli  muqobil 

gumanistik modelni ko`zda tutadi. 

Bunday  shaklda  ish  olib  borishning  qimmatli  tomoni  bo`lajak  o`qituvchilarga 

tajribada  faol  va  bevosita  ishtirokchilar  sifatida  qaraladi.  Ularni  tanqidiy  mulohaza 

yuritishga, tanlay bilishga, muqobil texnologiyani amalga oshirishga, natijalarni ko`ra 

bilishga  o`rgatiladilar.  Shu  bilan  birga  butun  pedagogik  jamoasi  birga  ijodiy 

hamkorlik  qilish  sharoitida  faoliyat  ko`rsatadilar.  Ilmiy  tekshirish  uslubi  va  guruhli 

ish  yuritishni  bir-biriga  bog`lab  ish  olib  borish  guruhli  tekshirishlarni  tashkil  qiladi, 

ana shu tajriba maydonida talabalarni uyushtirish texnologiyasi asosini tashkil etadi. 

Guruhli ish olib borish bilan birga o`quv ustasi bilan individual ish olib boriladi. 

Guruhli  ish  olib  borishning  o`ziga  hosligi,  mashg`ulotlar  seminar-munozara 

shaklida  olib  boriladi.  Har  bir  talaba  ilmiy  tekshirish  ishtirokchisi  bo`lib,  muammo 

bilan  shug`ullanadi.  Shunday  variantlar  ham  sinab  ko`riladi:  2-3  talaba  bir 

muammoni turli yoshdagi guruhlar hamda turli nuqtai nazardan ishlab chiqadilar. Bir 

oyda  bir  marta  uchrashib  talabalar  o`z  tekshirishlari  davomidagi  natijalaridan 

xabardor  qilib,  munozara  va  jonli  fikr  almashish  ko`rinishida  keyingi  muammoni 

muhokama  qiladilar,  tajriba  olib  borish  davomida  bo`lajak  o`qituvchilar  rahbar 

pedagog bilan hamkorlik qiladilar. Bizning ishimizning masalalaridan biri talabalarga 

shaxsiy talablariga yarasha innovatsion tajriba berish edi. 

Butun tajriba ishlari uch bosqichdan iborat bo`ldi; birinchisi-sabablarini aniqlash 

/tashhis(diagnostika)/  -  «erta  rivojlanish  maktabi»  kontseptsiyasini  tatbiq  etishda 

pedagog va bolalar qiyinchiliklarini aniqlashga qaratiladi. 

Ikkinchi  bosqich  ta`lim  beruvchi  ilmiy-tekshirish  ishlari  mahorati  va 

ko`nikmalarini  ishlab  chiqishga  bag`ishlandi.  Bir  qancha  birinchi  mashg`ulotlar 

bolalar  erta  rivojlanishi  muammosi  bo`yicha  ilmiy  adabiyotlarni  o`rganish, 

maktabgacha  tarbiya  va  boshlang`ich  maktabda  bolalarni  rivojlantirish  turli 

kontsepsiyalarini  analiz  qilish  qo`llanishi  mumkinligi  va  tizim  tashkil  etuvchi 

bog`liqliklarni aniqlash, o`z va muallif nuqtai nazariga annotatsiya va interpretatsiya 

tuzish ishlari olib borildi. 



 

54 


Ta`lim  berish  turidagi  keyingi  mashg`ulotlar  maktabda  innovatsion  ishlar 

o`tkazish  uslublarini  egallashga  qaratildi;  kuzatish  haritalarini  tuzish,  muallif 

kontsepsiyalarini aniqlash, tatbiq etishni borishi va natijalarini qiyinchiliklarini ko`ra 

bilish.  Yakuniy  maqsad  yagona  mualliflik  kontsepsiyasini  ko`rishdan  iborat  bo`lib, 

unga  kichik  guruhlarda  muhokamalar  (yordam)  sabab  bo`ldi.  Talabalar  ilmiy-

tekshirish  ishlarini  rag`batlantirish  uchun  o`qituvchi-novatorlar  o`z  yangiliklarini 

kiritish 

tajribalari 

bilan 

o`rtoqlashdilar. 



Yakunlovchi 

bosqich 


mualliflik 

kontsepsiyasini  yozma  ifoda  etishdan  iborat  bo`ldi.  Seminarda  ishni  tashkil  etish 

yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarini tashkil etish kabi muammolar ko`rib chiqildi. 

Endi  bo`lajak  o`qituvchilar  mualliflik  kontsepsiyalarini  ishlab  chiqish  ba`zi 

muammolari,  bo`lajak  ishlar  umumiy  kontsepsiyalarining  ifoda  etishda  to`xtalib 

o`tamiz. Kontsepsiya -lotin tilidan, tarjima - tushunish, tizim ma`nosini bildiradi: qay 

bir  predmetni  talqin  etish,  izohlash  aniq  uslubiyati,  hodisa,  jarayon:  predmet  yoki 

asosiy  nuqtai  nazar  ularni  muntazam  yoritish  uchun  g`oya.  «Kontsepsiya»  termini 

shuningdek  asosiy  mazmuni  ko`rsatish  uchun,  ilmiy,  badiiy,  texnik,  siyosiy  va 

boshqa faoliyat turlari konstruktiv tamoyilni ko`rsatish uchun ishlatiladi. Kontseptual 

g`oyalar  ko`pincha  tamoyil  ko`rinishida  yuzaga  keladi.  Ma`lumki  maktabni  tubdan 

o`zgartirish umumiy yo`nalishni tanlash ikki har xil yo`llar bilan amalga oshiriladi. 

Birinchisi bu «yuqoridan» harakatlanish - anglab tanlashdan nazariy kontsepsiya 

psixologik-pedagogik  madaniyat  va  uni  o`zgarish  maqsadida  uni  amalda 

(gavdalantirish) yuzaga keltirish. 

Ikkinchi  yo`l  -  «pastdan»  harakatlanish  -  amaliy  ish,  uslub  va  metodlari 

topilmalaridan - ularni kontsepsiyalashtirish. 

Birinchi  holda  kontsepsiyani  qabul  qilish  va  tushunishdan  uning  tamoyilini 

amaliy amalga oshirish muhim bo`lib qolar ekan. 

Ikkinchi holda - amaliyotga nisbatan reflektsiya usullarini tashkil etish, intiutiv 

topilgan metod va uslublarni tasvirlash uchun kategorial tipga ega bo`lish. 

Pedagogik o`quv yurtlari uchun pedagogik kontsepsiyani tanlash birinchi uslubi 

ko`proq  ma`qul, qulay bo’lib chiqdi. Ammo kontsepsiyalarni amalda qo`llash ularni 


 

55 


nazariy  umumlashtirish  talabalarda  ma`lum  ob`ektiv  va  sub`ektiv  qiyinchiliklar 

tug`diradi. Ulardan ba`zilarni ko`rib chiqamiz. 

Psixologik-pedagogik  fanda  ancha  ko`p  turdagi  ta`lim  kontsepsiyalari  yoki 

bilimlarni  o`qitish  va  tarbiyalash  alohida  kontsepsiyalar  berilgan.  Ular  mantiqiy 

yagonalik, tizimlilik xususiyatlari o`zining matn tuzilishidan to`g`ri tashkil etilganligi 

va  madaniyatlilikka  ega.  Ammo  ularni  jonli  pedagogik  faoliyatini  rivojlantirish  va 

qayta  tuzish  vositasiga  aylantirish  jarayoni  oddiy  emas.  Amaliy  metodik  statusiyga 

keltirilmagan  nazariy  bilimlar  bo`lajak  o`qituvchilar  tomonidan  ba`zi  umumiy 

qoidalar  sifatida  talqin  qilinadi.  Aytarli  tekis  va  yagona  kontsepsiyadan  kelib 

chiqilgan  tavsiyanomalar  maktab  amaliyotida  foydalanganidan  ba`zida  pedagog 

ongida  takliflar  ro`yxati  tusini  oladi,  ulardan  ba`zilar  ochiq  oydin,  unga  befoyda, 

boshqalar  amalda  qo`llab  bo`lmaydigan,  chunki  ulardan  pedagog  faoliyati  oqimida 

foydalanish  qiyin  bo`ladi.  Bundan  tashqari  psixolog  fikricha  talabalar  yoshi  o`z-

o`zidan amalga oshib ketaveradigan ma`lum ijtimoiy inforitalizm bilan ta`riflanadi. 

Keyingi  qiyinchiliklar  guruhi  pedagog  o`zi  izlab  topgan  uslublarni 

umumlashtirish  va  tasvirlab  bera  olmasligi  bilan  bog`liq.  Tekistlarni  ifoda  etish 

sxematik ko`rinishda bo`lib, yangilikning mazmunini qamrab olmaydi. Ular metodik 

talab va qoidalar sifatida taqdim etiladi, ba`zida yarim  yillik bo`yicha mashg`ulotlar 

tematikasi,  ularni  pedagog  innovatsion  faoliyat  uchun  ahamiyatliroq  hisoblaydi.  Bu 

ro`yxatga  u  aniq  hisobga  olgan  va  anglab  etganlari  hammasi  ham  kiritilmaydi. 

Qoidalar  bir  qismi  pedagog  faoliyatida  unchalik  ko`zga  tashlanmay  o`z-o`zidan 

ma`lumdek, tushuniladi. 

Shuning  uchun  uslub  va  topilmalarni  etkazish  ularni  interpretatsiya  qilish  va 

tushunish to`laligicha faqatgina jonli faoliyatda namoyish etilishi mumkin. Bekamu-

ko`st  va  tizimlashtirib  ta`riflab  bermaslik  talabaga  kontseptsiya  yaratishgacha 

ko`tarila olishiga va pedagogik amaliyotni tushunib tashkil etishga imkon bermaydi. 

G`oyani  haqiqiy  qabul  qilingan  model,  so`ng  esa  amaliy  qo`llaniladigan  dasturga 

aylantirish  uzoq  davom  etadigan  va  murakkab  jarayon.  U  talablar,  ilmiy  rahbarning 

loyiha  ustida  va  muhim  ikki  omillarga  tegishli  qayta  tashkil  etish  tizimi  ustida 

birgalikda chuqur izlanish ishlarini olib borishlarini ko`zda tutadi. Ulardan birinchisi 



 

56 


asosiy  tashkiliy  qismini,  aniq  ifodalangan  strategik  va  taktik  muvaffaqiyatlari 

namunalari  sifatida,  ko`rsatish  bilan  bog`liq.  Ikkinchi  muhim  omil,  ta`lim  tizimi  bir 

yoki  bir  necha  tashkil  etuvchilarni  o`zgartirish  bilan  bog`liq  bo`lgan  ko`zlangan 

maqsad  va  yutuqlarga  javob  bera  oladigan  vosita  va  uslublarni  ishlab  chiqishdan 

iborat bo`ladi: o`quv mazmuni, ularni o`zlashtirish shakli, o`quv tarbiya jarayonining 

mazmun va harakteri. 

Aniq  ifoda  etilgan  maqsad  va  g`oyalarni  texnologiyalar,  o`zaro  hamjixatlik  va 

o`quv  mazmuni  bilan  o`zaro  bog`lay  olish  o`qituvchining  innovatsion  madaniyati 

muhim  mezoni  hisoblanadi.  Loyiha  mazmunini  qabul  qilingan  va  rivojlantiriladigan 

dasturga  aylantirish  uchun  analiz,  tuzatish  dasturining  hamma  tashkil  etuvchilari 

o`rtasidagi  qarama-qarshiliklarni  aniqlash  bo`yicha  jamoatchilikdan  ko`p  kuch, 

harakat talab qiladi. 

Amaliy tajriba ishlari talabaning innovatsion faoliyatga tayyorlashda shaxsiy 

yo`naltirilish texnologiyasini qo`llash samarasini tasdiqladi. Bizning tajribalarimizda 

talabalarni rivojlantirish refleksiv innovatsion uslublardan foydalanildi: tashkiliy-

faoliyat o`yinlari, innovatsion amaliyot, tajriba maydonida tekshirishlari va 

boshqalar. Ushbu uslublar asosiy mazmuni innovatsion muammolarni yechish 

umumlashtirilgan uslublarni egallash, mutaxassislik reflektsiyasini rivojlantirishdan 

iborat. Muammoni yechish yo`llarini birgalikda izlash jarayonida yaratiluvchi 

innovatsion faoliyatni shakllantirish ishtirokchilar harakatlari talabalar tomonidan 

o`zlashtiriladi va mutaxassislik muammolarni yechish bo`yicha shaxsiy vositalari 

bo`lib qoladi. O`qituvchining innovatsion holatga tayyorligi diagnostikasi tajriba 

ishlarini boshlashdan avval va ularni yakunlashdan so`ng qayd etildi. 

Innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni ko`rsata oladigan quyidagi ko`rsatkichlarni 

biz  belgilab  oldik:  innovatsion  faoliyat  zarurligini  tushunib  etish;  yangiliklarni 

maktabga  kiritish  bo`yicha  ijodiy  faoliyatini  jalb  etishga  tayorgarlik,  innovatsiyalar 

kiritishga  qaratilgan  harakatlar  natija  keltirishiga  ishonish.  Shaxsiy  maqsadlarni 

innovatsion  faoliyatlar  bilan  mosligi,  muvofiqligi;  ijodiy  muvaffaqiyatsizlikni 

engishga tayyorlik innovatsion faoliyatning mutaxassislik va shaxsiy madaniyat bilan 

uyg`unligi o`z ilgarigi tajribalarini innovatsion faoliyat nuqtai nazaridan qabul qilish 



 

57 


innovatsion 

faoliyatning 

mutaxassilik 

mustaqilligiga 

ta`siri. 

Mutaxassislik 

reflektsiyaga qobiliyatlilik. 

Innovatsion  faoliyat  evrestik  uslublarni  egallab  olish  kreativlikni  rivojlanishiga 

katta turtki beradi, ammo har doim ham ijodiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga 

kafolat  bermaydi.  Kreativlikni  rivojlantirish  uchun  demokratik  munosabatli 

cheklanmagan muhit va ijodiy shaxsdan iborat olishlari kerak, O`qituvchi kreativligi 

rivojlanishi  mikromuhit  ta`siri  ostida,  sabablar  tizimi  va  shaxsiy  xususiyatlarni 

yuzaga  keltirishdan  iborat,  olish  ta`sirida  boradi  (nonkonfertizim,  mustaqillik  o`zini 

dolzarblashtirish  sabablari).  Ammo  pedagogik  amaliyot  davomida  pedagogik  jamoa 

va  talabalar  o`rtasida  ko`pincha  qarama-qarshi  munosabatlar  o`rnatiladi.  Bo`lajak 

o`qituvchilar  o`rtaga  o`quvchiga  qarab  yo`l  tutishi,  dasturlar  bir  shaklga  keltirilishi, 

pedagogik  faoliyatni  qattiq  chegaralanganligi  sababli  bosim,  taziq  sezadilar. 

Talabalarning reproduktiv ishlash turlariga qarshiliklari, ularning muammolarga juda 

ta`sirchanligi esa ko`pincha o`jarlik deb baholanadi. Ko`pincha iste`dodli talabalarni 

o`quvchilar  ularning  metodik  usullarini  qaytarmaganliklari  uchun  tanqid  qiladilar. 

O`qituvchining mutaxassis bo`lib etishida - talabalar ibrat oladigan mutaxassis shaxsi 

- katta rol o`ynaydi. Kreativlik rivojlanishi uchun balki muhitning ma`lum darajadagi 

qarshiligi va iste`dodlarni rag`batlantirish zarurdir. 

Innovatsion  faoliyat  refleksiv  tashkil  etuvchilari  shakllanganligini  sifatini  tahlil 

qilish  mutaxassislikka  tayyorlash  davrida  talabalarda  jarayonlarni  tahlil  qilish 

umumiy  uslubi  haqida  bilimlar  tizimi  yuzaga  kelishini  ko`rsatdi.  Bo`lajak 

o`qituvchilar  innovatsion  faoliyat  tuzilishi  va  tarkibini  muvaffaqiyat  bilan  ko`rsata, 

ajrata  oladilar,  bolalarni  o`qitish  va  tarbiyalash  texnologiyasi  yoki  kontsepsiyasiga 

ayrim o`zgarishlarni kiritadilar. 

Keyinchalik biz mujassamlashgan materialni bolalar tomonidan anglanish bilan 

bog`liq  bo`lgan  konkret  formalariga  murojaat  qilamiz.  O`qitish  usullari  orasida  biz 

ijodiy  izlanishlar  asosida  sistematik  muammolar  yechimi,  baxs  va  didaktik  o`yinlar 

tashkilotini ajratib olamiz. Sanab o`tilgan metodlarning biz alohida e`tiborni didaktik 

va  orbarzli  o`quv  o`yinlariga  qaratamiz.  Ular  mumkin  qadar  ko`proq  ijodiy  kasbiy 

izlanishlar  vaziyatni  keltirib  beradi.  Didaktik  o`yinlarning  metodik  asoslari  ular 


 

58 


strukturasida joylashgan, u 4 bosqichni qamrab olgan. 1. Mo`ljallash – o`rganiladigan 

mavzuni tanishtirilishi, imitatsiya va uning qoidalarini harakteristikasi, o`yinni butun 

jarayonini ko`rinishi. 2. O`tkazishga tayyorgarlik – senariy balki uning masalalarini, 

hollarini,  uning  protseduralarini  bayoni.  O`yinni  o`tkazish  uchun  katta  ahamiyatni 

uning senariysi tashkil etadi.  

Senariy  o`ziga  quyidagi  bo`limlarni  oladi:  o`yin  sharoitini  tasvirlash,  o`yin 

atributlari,  o`yin  ishtirokchilarining  harakatini  ishlab  chiqilishi,  tashkil  etish 

harakteristikasi, o`yin ishtirokchilariga metodik ko`rsatmalar yaratish. 



Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish