Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika



Download 84,74 Kb.
bet2/2
Sana07.11.2022
Hajmi84,74 Kb.
#861376
1   2
Bog'liq
26 Dilshodbek kurs ishi

Mavzuning dolbzarligi: Jamiyatda milliy taraqqiyot bilan bog’liq maqsadlarni amalga oshirish, el-yurt farovonligini ta’minlash o’sib kelayotgan yosh avlodning har jihatdan komil insonlar bo’lib ulg’ayishi, ilm-ma’rifat, kasb hunar egalari bo’lib voyaga yetishiga bog’liq. Shu boisdan ham istiqlolimizning dastlabki davridayoq mamlakatimizda davlatning yoshlarga doir siyosatining asosiy yo’nalishlari aniq belgilab olindi, yangi barkamol avlod tarbiyasi muhim strategik vazifa maqomiga ko’tarildi.Istiqlol yillarida mamlakatimizda yangi dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan barkamol avlod tarbiyasi borasida keng qamrovli choratadbirlar belgilandi, samarali ishlar amalga oshirildi. Yangi avlod tarbiyasi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, onalar va bolalar sog’lig’ini mustahkamlash, jamiyat hayotida ijtimoiy adolat prinstiplarini qaror toptirishdan boshlandi. Shu maqsadda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida o’sib kelayotgan yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, shu bilan birga, sog’lom turmush tarziga ega, jismonan baquvvat, ruhan sog’lom qilib tarbiyalash yuzasidan aniq tadbirlar ishlab chiqildi. Iqtidorli yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida maxsus jamg’armalar tuzildi. Oliy o’quv yurtlarida bakalavr, magistr va yosh tadqiqotchilar uchun davlat stipendiyalari joriy etildi.
Ta’limning mazmuni darsliklarda konkretlashtiriladi. Darslik ma’lum predmet buyicha dasturda ko‘zda to‘tilgan o‘quv materialini o‘z ichiga olgan, ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan vositadir. Darsliklar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarida bosh manba, o‘qituvchining o‘quv jarayoniga raxbarlik qilishining muhim qo‘llanmasi, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, bilimga qiziqishni rivojlantirishi, mustaqil ishlash malakasi, xotira, tafakkur, nutk va til estetik tarbiya kabilarning muhim vositasi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o’rni va uni boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko’ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo’lib, uning asosini fundamental na’zariyalar, qonunlar va Ilmiy tushunchalar tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi, jumladan Nyuton mexanikasi, relyativestik mexanika, kvand mexanikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa birinchidan hozirgi fizika o’rganadigan hodisalarni sonini ko’paytirib yubordi. Ikkinchidan fanning rolini ko’tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning, masalan kimyo, elektro texnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo’lib qoldi. Ularning ko’pchiligi alohida fan bo’lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo’lib uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko’tardi.Yuqorida aytilganlardan ko’ramizki, fizikani bilmasdan to’la qiymatli ta’lim ma’lumotini tasavvur qilib bo’lmaydi. Boshqa predmetlar kabi fizika o’qitish ham didaktik maqsadlarni ya’ni ta’lim-tarbiya va o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi.
Ko’rinib turibdiki, ta’limda fizika o’qitish katta ahamiyatga ega. Fizika o’qitish jarayonida o’quvchi va talabalar fizikani sanoatda qishloq xo’jaligida, transportda, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llanishlari bilan tanishadilar, o’lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo’ladilar va foydali mehnatga tayorlanadilar.Fizikani o’rganish orqali o’quvchilar tabiatidagi qator hodisalar va ularning Ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi dunyoni o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekankigini bilib oladilar. Natijada ta’lim oluvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizika va unga yaqin fanlarni o’qitish o’quvchilarda quyidagi ta’lim sifatlarini berishi bilan ajralib turadi:
- ketma-ketligi mantiqiy to’g’ri va oddiydan murakkabga qarab boorish tamoyiliga rioya qilish;
- fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
-tajriba o’tkazish uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish;
-asosiy fizik qonunlar va hodisalarni to’g’ri talqin qilish , ularni masala yechishda tadbiq etish va tajribaga tekshirib ko’rish ko’nikmalarini hosil qilish ;
-oily o’quv yurtida kirish uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikma hosil qilish;
-o’quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to’g’ri talqin qilishga o’rgatish;
-hozirgi zamon fizikasini fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekalogiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo’lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko’rsatishdan iboratdir.
XXI asr bo’sag’asida kompyuerlashtish yuqori cho’qqilarni egallagan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda. O’quv jarayonida kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib kelmoqda. Kompyuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin.
Kompyuterdan bilim berishda olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar yechishda va labaratoriyada keng foydalanish mumkin. An’anaviy labaratoriyalar, ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoning o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini biliob oladilar. Natijada talim oluvchilarning mantiqiy jikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.Turli xil fizik qonuniyatlarni o’rgatuvchi, parametrlar o’rtasidagi parametrlar o’rtasidagi bog’lanishni o’rgatuvchi grafiklarni chizuvchi fizik jarayonlarni tabiatga ro’y berishiga yaqin tarzda amalgam oshiruvchi kompyuter dasturlari keyingi vaqtda ko’plab tuzilmoqda. Bunday dasturlardan fizika fanini o’qitishda ham foydalanib kelinmoqda. Keyingi vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron darslik”lar yaratish to’lda qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishlari mumkin. Bu “elektron darslik”larning eng qulay tomoni olisdan turib boshqarishga mavzuni o’rgatishga imkon beradi.
Zamonaviy EHMlarning yaratilishi juda murakkab masalalarni masalan gidroaerodinamika va issiqlik almashinuvi masalalarini yechib hayotda kengroq tadbiq etish imkoniyatini ayrim murakkab tajribalarni modellashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu sohadagi masalalarni EHM yaratilmasidan avval yillar davomida yechish mumkin edi. Ana shunday kuchli hisoblash mashinalari yaratilishi hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. Fizika bu tajribalar fanidir. Shuning uchun labaratoriya sharoitida tajribalar o’tkazish fizika qonunlari va metodlarini o’rganishda asosiy usullardan biri bo’lib hisoblanadi. Labaratoriya ishlarini o’tkazish talabalarga fizik hodisalar asosiy asbob-uskunalar bilan tanishishga imkon beradi, o’lchashni har xil usullarini o’rganishda tajriba “texnikasini” egallashga imkon yaratadi. Juda ko’p hollarda esa ayrim asbob-uskunalar yetmaydigan paytlarda electron hisoblash mashinalarida virtual labaratoriyalar yaratish ham tajribaning asosiy usullaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.

Fizika ta'limi jarayonini takomillashtirishning eng mu’im jihatlari quyidagilardir:


-o’qitish sifatini, mеhnat va axloq tarbiyasini kuchaytirish;
-o’qituvchilar va ta'lim oluvchilar mеhnatini to’g’ri baholash;
-o’qitishni kundalik hayot bilan bog’lashni amalda mustahkamlash;
-ta'lim oluvchilarni ijtimoiy foydali mеhnatga tayyorlashni yaxshilash.
Fizika o’qitishni takomillashtirish mеtodologiyasibu darsning tuzilishi, shakllari va tashkil etish usullari, shuningdеk, fizika o’qitish nazariyasining rivojlanish qonunlari hamda uning natijalarini amalga tadbig’ etish usullari haqidagi ta'limotdir.
Fizika o’qitish mеtodikasining mеtodologiyasi boshqa fanlar singari o’zining maxsus tеkshirish usullariga ega. Bu sohadagi tеkshirish usullariga quyidagilar kiradi:
-ta'lim masalalarining tahlili va ularni hal etishda fizikaning o’quv prеdmеti sifatidagi rolini aniqlash;
-ilg’or pеdagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va fizika ta'limiga joriy qo’llash;
-fizik ta'lim va pеdagogik amaliyot masalalarini qiyosiy tahlili;
-ta'lim oluvchilar psixologiyasining o’ziga xoshugini hisobga olgan holda fizika o’qitish jarayonining tahlili, darsliklarga, o’qitish vositalariga va mеtodik qo’llanmalarga didaktik talablarni ishlab chiqsh;
-fizika o’qitish tarixini tahlil etish asosida fizika mеtodikasi rivojlanishining ob'еktiv tеndеntsiyalari va qonuniyatlarini aniqlash:

Fizika o’qitishning vazifalari sifatida fizika ta'lim oluvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantirishda asosiy o’rin egallashi ta'kidlangan. Bunda ilmiy tabiiy bilish sikli: faktlarni kuzatishdan muammoni ta'riflashgacha va undan gipotеzani taklif etish (hodisa modеli, tushunchalar, qonunlar va usullar) gipotеzani mantiqiy rivojlantirish va nazariy bashorat qilish, nazariy xulosalarni ekspеrimеntal tеkshirish va ularni amalda qo’llash. Asos qilib olingan fizikani o’rganishda asos shuning uchun asosiy fanining mеtodologiyasi, o’qitish mеtodlarining manbai va tashkil etuvchi qismi bo’lib hisoblanadi. O’qitish mеtodlarini takomillashtirish ta'lim oluvchilarni fizikadan olgan bilimlarini sifatini oshirishgagina yordam bеrib holmasdan, ularning iqtidorli, itsе'dodli, zukko va ma'naviy еtuk kshilar bo’lib еtishshlari uchun ham xizmat qiladi. O’rta maktab ta'limi fizika kursida politеxnik ta'limni shakllantirish va ta'lim oluvchilarning mеhnatga tayyorlashning mu?im vositalari amaliy fizika masalalarini o’rganish hisoblanadi. Bularga fizika asboblarining ishlash jarayoni, mashina va mеxanizmlarning harakat qoidalari, ularni shlatishning fizik asoslari, xalq xo’jaligining turli sohalarida fizik hodisalarining qo’llanilishi kiradi. Bu matеriallarni tizimlashtirishda takomillashtirilgan dastur va darsliklarda fantеxnika taraqqiyotining turli yo’nalishlari bilan bog’liq darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.


Ta'lim tizimida o’quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg’or o’qitish mеtodlarini ishlab chiqish to’g’risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo’llanilishiga ham ahamiyat bеrish kеrak. O’qitish mеtodlari darslikdan, masala еchish uchun qo’llanmalardan, dеmontsratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo’lmaydi. O’qitish mеtodlari o’qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar mazmuni, dеmontsratsion tajribalar va laboratoriya shlari o’quv mashg'ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. O’qituvchilarni o’qitish mеtodlari bilan qurollantirishning bosh yo’li bu o’quv ishlarining stratеgiyasini, ya'ni o’qitish tarbiyalash va o’stirishning vazifalari, fundamеntal fizik nazariyalar va o’quv prеdmеtining o’ziga xos o’qitish mеtodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o’quv tarbiya jarayonining bir ismi dеb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo’llay olish mahoratini egallashdan iborat. Fanning rivojlanib borishi yangi tadqiqot metodlarini yaratilishiga bilimlar hajmini uzluksiz oshib borishiga olib kelmoqda. Bunday bilimlarni esa talabalar ketma-ket egallab borishlari darkor. Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq etish sohasida yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning guvohi bo’lamizki, jarayonlarni harakatli animasiyalar va virtual laboratoriyalar orqali tasvirlash ancha keng tarqaldi. Shuning bilan bir qatorda, bizning fikrimizcha, ayrim masalalarni qulay grafik interfeysni yaratgan holda komputerda bajartirilsa, o’quvchi uchun foydali bo’ladi. Birinchidan, masala natijasi kiritilgan zahoti o’quvchiga uning to’g’ri-noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ladi, ikkinchidan, agar noto’g’ri bo’lsa, yoki o’quvchida mavzuni o’rganish zarurati tug’ilsa, tezgina uni komputerda o’qib olish imkoniyatini yaratib qo’yish mumkin, uchinchidan, ayrim jarayonlar harakatli tarzda namoyish etilishi mumkin, to’rtinchidan, o’quvchi vazifani bajarar ekan, komputerda ishlash malakasi yanada oshadi. Hozirgi davrdagi o’qitish sistemasida kamchiliklar deb quyidagilar:
-Har bir olingan talaba tomonidan unga beriladigan bilimni qabul qilish imkoniyati har xilligiga, buni qanday hal qilish kerak;
-o’quv materiallarini talaba tomonidan qanchalik qabul qilinayotganini tekshirish usullarining to’la shakllanganligi;
Fizika o’qitishda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun o’quv tajribasi mkoniyatlarini kuchaytirish zarur. O’quv tajribasining barcha turlarida axborot texnologiyasi tarkibiga kirishiluvchi radio, televidenie, kompyuter tizimi, 
telefon va telegraf tizimi, o’qitishning texnik vositalari (O’TV), o’quv-tarbiya 
vositalari (audiokameralar, videokassetalar, videofilm, kinofilm, diapozitivlar,
slaydlar, grammplastinkalar, magnitlentalar, kinofilm lentalari, kompyuter 
disketlari va fleyshlari) kompyuter tizimida muloqot va internet tarmogi, 
kompyuter vositasida bilim olish, multimediadan foydalanish, radio va 
kompyuter yordamida konferentsiya va seminarlar
uyushtirishdan foydalanish fizika o’qitish samaradorligini yanada oshiradi.
Hozirgi kunda o’qitishning texnik vositalari ta’minoti (texnik ta’minoti), o’quvtarbiyaviy vositalar ta’minot va axborot vositalari ta’minoti alohida mavjud bbo’lsada, ulardan foydalanib fizika o’qitishni tashkil etish (tashkiliy ta’minot) 
va ulami o’quv tajribasi sifatida amalda qo’llash (tadbiqetish ta’minoti) amal oshirilmagan. Uni amalga oshirishda kompyuterlashtirish va kompyuter 
savodxonligini kuchaytirish muammosini hal etish vazifasi turadi.
Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:
birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi;
ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta va oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan;
uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda;
to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar to‘plami, praktikum, laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan;
beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv va ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab bo‘lmoqda;
yettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar ko‘lami yetarli darajada natijadorlikka yo‘naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida sohada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘rsatkichlari talabga javob bermaydi.
Oliy ta’lim muassasalarida fizika fani bo‘yicha o‘quv laboratoriyasi jihozlarini xarid qilish hamda hududlarda oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish foydalanuvchi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, xorijiy grantlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Kompleks dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalar
umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;
fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;

Ta'lim tizimining hozirgi holati noan'anaviy ta'lim texnologiyalarining rolini oshirish bilan tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o'zlashtirish an'anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o'zgartiradi, o'rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o'qitish usullarini qo'llash, shuningdek, har bir kishining ta'lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga asoslangan uchinchi avlodning yangi davlat ta'lim standartlarini (FSES HPE) joriy etish talabaning tobora faol ishtirok etishi asosida bir qator fanlarni, shu jumladan sotsiologiyani o'qitish uslublarida sezilarli o'zgarishlarni nazarda tutadi. ta'lim jarayonining to'liq ishtirokchisi, uning katta mustaqilligi, aniq amaliy natijaga qaratilgan mashg'ulotlar."Ta'lim texnologiyasi" tushunchasi keng qo'llanilishiga qaramay, o'zboshimchalik bilan ajralib turadi. V.I.ning so'zlariga ko'ra. Zagvyazinskiyning ta'kidlashicha, o'quv jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar turlari "aniqrog'i o'quv yoki pedagogik emas, balki o'qitish deb ataladi va ishlab chiqarish sohasidan olingan atamaning o'zi, albatta, ta'limda shartli ravishda qo'llaniladi va ta'lim texnologiyasining o'zi. ijtimoiy texnologiyaning bir turi sifatida ishlab chiqarish texnologiyasi kabi qattiq va oldindan belgilangan xususiyatga ega emas. Texnologiya va metodologiyani farqlash muammosi hali ham juda ziddiyatli. Ba'zi olimlar texnologiyani metodologiyani amalga oshirish shakli deb hisoblashsa, boshqalari texnologiya tushunchasi metodologiyadan kengroq deb hisoblashadi. VA DA. Zagvyazinskiy texnologiya va metodologiya ilmiy huquqiy qoidalar tizimiga asoslanishi kerak, deb hisoblaydi (ya'ni, ular tizimli xususiyatga ega), ammo ideal texnologiya qat'iy belgilangan retseptlar tizimiga ega bo'lib, ular maqsadga erishish uchun kafolatlanadi (ya'ni, instrumental). ). Metodologiya nazariy qoidalarni amalga oshirish usullarining xilma-xilligini, o'zgaruvchanligini ta'minlaydi va shuning uchun maqsadga kafolatlangan erishishni anglatmaydi, ya'ni. hatto ideal texnika ham yuqori instrumental emas.


Innovatsion ta'lim texnologiyalari o'qituvchini o'quv faoliyatini tashkil etishning bunday harakatlari, usullari va shakllaridan foydalanishga yo'naltiradi, bunda asosiy e'tibor o'quvchining majburiy kognitiv faoliyatiga, tizimli fikrlash va ijodiy muammolarni hal qilishda g'oyalarni shakllantirish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. muammolar. MM. Blagoveshchenskaya, V.F. Manuilov, I.V. Fedorov bunday texnologiyalarning uch turini ajratib ko'rsatadi: radikal (o'quv jarayonini yoki uning katta qismini qayta qurish); birlashtirilgan (bir qancha ma'lum elementlar yoki texnologiyalarni yangi texnologiya yoki o'qitish uslubiga birlashtirish); o'zgartirish (o'qitish usuli yoki texnologiyasini sezilarli darajada o'zgartirmasdan takomillashtirish). Demak, oliy ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalari deganda ta’limda fanning zamonaviy yutuqlari va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan usullar tushuniladi. Ular o‘quvchilarning ijodkorligi va mustaqilligini rivojlantirish orqali o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan. Ular onlayn ta'lim olish imkonini beradi; talabalarning o'rganilayotgan fanga qiziqishini oshirish; o'qishni kundalik hayot amaliyotiga yaqinlashtirish (samarali muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish, tez o'zgaruvchan turmush sharoitlariga moslashish, psixologik stressga chidamliligini oshirish, nizolarni hal qilish ko'nikmalarini o'rgatish va boshqalar); yangi sotsiologik bilimlarni olish usullarini o'rgatish. Zamonaviy maktabning asosiy vazifasi ta'limni shunday tashkil etishdan iboratki, u barcha maktab o'quvchilarini sog'lig'i, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari, bilim olish qobiliyatidan qat'i nazar o'rgatadi. Shuning uchun, o'qituvchi oldida muhim va qiyin vazifa turibdi: u nafaqat o'quvchilarga bilim berishi, balki ularni o'ylashga, mulohaza yuritishga, tahlil qilishga va xulosa chiqarishga o'rgatishi kerak.Hisoblash texnologiyasining jadal rivojlanishi va uning kengayishi funksionallik o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: dars davomida, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida, o'z-o'zini tayyorlash paytida va o'quv materialini o'zlashtirish darajasini nazorat qilish va o'z-o'zini nazorat qilishda kompyuterlardan keng foydalanish imkonini beradi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish eksperimentni tushuntirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi, va hodisalarni simulyatsiya qilish imkonini berdi.
O'quv jarayonida kompyuterdan foydalanish uch yo'nalishda amalga oshiriladi: informatika fanini o'qitish, boshqa fanlarni o'qitish va darsdan tashqari ishlarda. Ishning asosiy printsipi - bu har xil professional faoliyatda ishlatiladigan dasturiy mahsulotlarni o'rgatish. Bu mashhur matn, grafik muharriri elektron jadvallar, DBMS, multimediya mahsulotlarini yaratish vositalari. O'quv jarayonida kompyuterdan foydalanish imkoniyatlari keskin oshdi.Multimediya imkoniyatlaridan foydalaniladigan darslar bolalar orasida juda mashhur bo'lib, ular fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishini faollashtiradi. "Moddaning tuzilishi", "Atom va atom yadrosining tuzilishi", "Elektromagnit o'zaro ta'sirlar" va hokazo kabi mavzularni tushuntirishda, hech qanday sharoitda namoyish qilish mumkin emas, animatsion modelni ishlatish yagona bo'ladi. o'quvchi ularning mohiyatini idrok etish, tahlil qilish va tushunishga qodir bo'lgan hodisa yoki jarayonni tasvirlashning vizual usuli. Bunday modellar hatto abstrakt va fazoviy tasavvurlarsiz ham talabalarga tushunarli bo'lishi mumkin. Men odatda bunday modellarni darslarning multimediali taqdimotlari ko'rinishida taqdim etaman, bu hech qanday holatda "ekrandagi kitob" bo'lmasligi kerak. Ular zamonaviy kompyuterlarning barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda darsliklarni to'ldirishlari kerak. Yaxshi taqdimot o'quv vaziyatini tushuntirib bermasligi kerak, balki uni taqlid qilib, tasavvurga o'rin beradi. Fizika darslarida AKTdan foydalanish fanlararo aloqaning paydo bo'lishiga yordam beradi, masalan, fizika - kimyo (molekulyar fizika), fizika - adabiyot (olimlar haqidagi faktlar), fizika - matematika (optika, mexanika, masalalarni echish) va boshqalar. fanlar) mustahkam edi, darslarda AKTdan foydalangan holda bunday ko'nikmalarni shakllantirish uchun sharoit yarataman.
Internet -resurslardan foydalanish. Internetda berilgan mavzu bo'yicha ma'lumot qidirish talabalarda katta qiziqish uyg'otadi. Ular bunday individual topshiriqlarni zavq bilan bajaradilar va darsda bu haqda g'ayrat bilan gapirishga tayyor. Hikoyalar ko'plab savollarni tug'diradi va boshqalarni suhbatga jalb qiladi. Ham ma'ruzachilar, ham tinglovchilar foyda ko'radi.
Download 84,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish