GetPixel(x,y:integer
):
word
funksiyasi (x,y) koordinatali nuqtaning rangini aniqlashda
qo‘llaniladi. Bu funksiyadan foydalanishga misol keltiramiz:
uses graph;
var
gd,gm:integer; a:word;
begin
gd:=detect; initgraph(gd,gm,''); a:=getpixel(25,25);writeln(a);readln;
end.
Line(x1,y1,x2,y2:integer)-protsedurasi (x1,y1) va (x2,y2) koordinatali nuqtalarani
tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq chizish uchun ishlatiladi.
Misol:
uses graph;
var
gd,gm, x1,x2,x3,y1,y2,y3:integer;
begin
gd:=detect; initgraph(gd,gm,'');
x1:=45;y1:=45;x2:=160;y2:=120;x3:=100;y2:=80;
line(x1,y1,x2,y2); line(x3,y3,x2,y2); line(x1,y1,x3,y3);readln;
end.
misol: line(10,100,340,100);
LineTo(x,y:integer)-protsedurasi ko‘rsatgich turgan nuqtadan koordinatalri (x,y) bo‘lgan
nuqtagacha to‘gri chiziq chizilishini ta’minlaydi. Bu protseduradan foydalangandan so‘ng
ko‘rsatgich koordinatasi shu nuqtaga ko‘chib o‘tadi.
misol:
uses graph;
var gd,gm, i:integer;
begin gd:=detect;initgraph(gd,gm,'');
for i:=1 to 20 do
lineto(random(getmaxx),random(getmaxy));readln;
end.
LineRel(dx,dy:integer)-protsedurasi ko‘rsatgich turgan nuqtaga nisbatan koordinatalari
mos ravishda (dx,dy) qiymatlarga orttirilgan nuqtagacha to‘g‘ri chiziq chizilishini ta’minlaydi.
uses graph;
var gd,gm:integer;
begin
gd:=detect; initgraph(gd,gm,'');
moveto(100,100); Linerel(100,40);readln;
end.
SetLineSstyle (type, Pattern,Thick:word)-protsedurasi chizilishi kerak bo‘lgan chiziqning
shaklini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
Bu yerda:
Type- chiziqning shaklini
Pattern- chiziqning namunasi
Thick- chiziqning qalinligini aniqlovchi parametrlar.
Chiziqning tipini quyidagi doimiylar orqali berish mumkin:
const
Solidln =0; {uzluksiz chiziq}
Dotteln
=1; {nuqtali chiziq}
Centerln =2; {shtrix-punktirli chiziq}
Dashedln
=3; {punktirli chiziq}
Userbtln =4; {chiziq ko‘rinishi foydalanuvchi tomonidan belgilanadi}
Pattern-parametri foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan chiziqlar uchun aniqlanadi.
Pattern parametri uzunligi 16 piksel bo‘lgan kesmani aniqlaydi. Masalan, bu parametr qiymati
100 ga teng bo‘lsa, 16 pikselning shu qismi ”yoritiladi” qolgan qismi fon rangi bilan
ifodadanadi. dastur chizilishi zarur bo‘lgan chiziqni ana shu 16 pikselda ketm-ket tasvirlaydi.
Thick-parametri quyidagi qiymatlarni qabul qiladi:
const
NormWidth
=1; {chiziq qalinligi 1 pixel}
ThickWidth
=3; {chiziq qalinligi 3 pixel}
dastur tarkibida kattaliklar-doimiylikalr nomini o‘zgartirishimiz mumkinligini hisobga olgan
holda, SetLineSstyle protsedurasidan foydalanishga misol keltiramiz:
Misol:
uses graph;
const uzluksiz=0; nuqtali=1;Shtrix_punktir=2; punktir=3;foychiz=4;
chizqal=1;
var
gd,gm, i:integer;
begin
gd:=detect;initgraph(gd,gm,'');
setlineStyle(nuqtali,0,chizqal);moveto(100,100);Lineto(400,100);
setlineStyle(uzluksiz,0,chizqal);moveto(100,110);Lineto(400,110);
setlineStyle(Shtrix_punktir,0,chizqal);moveto(100,120);Lineto(400,120);
setlineStyle (punktir,0,chizqal);moveto(100,130);Lineto(400,130);
setlineStyle (foychiz,80,chizqal);moveto(100,140);Lineto(400,140);
readln;
end.
Izoh: domiyliklar nomi o‘rniga ularning qiymatidan ham foydalanishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |