Eng yomon holat
Eng yomon holatni tahlil qilish juda muhim, chunki u algoritm ishining maksimal vaqtini
tasavvur qilishga yordam beradi. Eng yomon holatni tahlil qilganda algoritm eng kо‘p ish
bajaradigan kirish ma’lumotlarini topish zarur. Izlovchi algoritm uchun bu kabi kiruvchi
ma’lumotlar – bu shunday rо‘yxatki, unda izlangan kalit oxirida keladi yoki umuman bо‘lmaydi.
Natijada N taqqoslash kerak bо‘ladi. Eng yomon holatning tahlili tanlangan algoritmga qarab
dasturning ishlash vaqti uchun yuqori bahoni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |