Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida (2000 yil 31 avgust) – 5 bo’lim va 28
moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti,
sog’lig’i va mol – mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning
zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 bo’lim va
31 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonuning asosiy vazifalari
shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish,
fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |