Didaktik o`yinlardan foydalanishning ahamiyati. Umumiy o`rta ta`lim
maktablarining geografiya fani o`qituvchilari o`ziga xos malaka va boy tajribaga
egadirlar. Ularning darslarda qiziqarli o`yinlardan foydalanish tajribalari dastlab
darsdan bo`sh vaqtlardagi turli tadbirlar, sinfdan tashqari ishlarda namoyon
bo`lgan bo`lsa, bugungi kunga kelib, darsning bir qismida, hatto ba`zi pedagoglar
tomonidan butun dars davomida qo`llanilmoqda.
O`yinlarga bu qadar e`tiborni ortib ketishiga asosiy sabab, o`quvchilarni
fanga qiziqtirish, ularni e`tiborini jalb etish orqali mavzuni o`zlashtirishga, darsda
o`zlarini erkin tutishga o`rgatishdir.
O`qituvchilarning fikricha, geografiya darslarida o`yinlar orqali o`quvchilar
qiziqishlari ortib boradi, bilimlarni o`zlashtirish jarayonini engillashtiradi, qisqa
vaqt ichida sifatli bilim olishga erishiladi.
- Ijodiy mexnat qiladigan o`qituvchi, - deb yozadi L.V.Zankov, -ma`lum
darajada ta`lim va tarbiyaning ob`ektiv qonunlariga muvofiq ish ko`radi. Bunda u
qisman allaqachon ma`lum bo`lgan nazariy qoidalarga tayanadi, qisman intuiktiv
yo`l bilan qay yo`sinda bo`lsada, hali ochilmagan qonunlarni sinab ko`radi.
O`yin o`sib kelayotgan bolalarimizning eng qadimgi tarbiya va ta`lim
vositasidan biri bo`lib, bunda kattalar yoshlarga o`z tajribalarini qoldiradilar.
Ta`lim jarayonida didaktik o`yinlardan foydalanib, o`quvchining ikki ijod turi
- o`qish va o`yinni birlashtirish mumkin. Bu o`quvchilarni muvaffaqiyatli o`qitish,
ularning yosh guruhlari, rivojlanishini yaxshi bilishi kerak. O`quvchi o`zini
maktabda yaxshi tutishi uchun u o`zining o`qishiga to`g`ri baho berishi,
boshqalardan yomon emasligiga ishonishi kerak. Agar o`quvchi bilimlarni
o`zldashtirishda qiyinchiliklarga duch kelsa, unda maktabga, o`qishga nisbatan
sovuqlik paydo bo`ladi. Darldarda ijodiy o`yinlardan foydalanish dars jarayonini
qiziqarli qiladi, ta`lim jarayonida individuallikning hayotiy bo`lishida yordam
beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda didaktik o`yinlarning ahamiyati cheksizdir.
Geografiya darslarida o`yinlardan foydalanishning didaktik maqsadlari
quyidagilardan iborat:
-olingan bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash;
48
-yangi sharoitlarda bilim, ko`nikma va malakalardan foydalanish;
-bilimlarni chuqurlashtirish jarayoni;
-shaxsiy sifatlarni tarbiyalash: o`z nuqtai nazarini isbotlash. Mas`ullik
hissiyoti, davlatimizning tabiiy boyliklariga fuqaro sifatida javobgarlik hissiyoti,
Vatanga va jonajon o`lkamizga muhabbat hissiyoti.
O`yindan quyidagi sharoitlarda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin:
1. O`quv
materialining
ko`lami
va
murakkabligi.
Nazariy material, o`quvchilar o`zlashtirishi qiyin
bo`lgan
mavzular.
O`quv
materiali
amaliy
yo`nalishga ega bo`lsa, buni o`yin xolatida ishlab
chiqiladi.
2. Didaktik
vazifalarga
tayangan holda
O`lkashunoslik
materiallari
asosida
bilimlarni
chuqurlashtirish jarayoni. Avval olingan bilimlardan
foydalanish.
3. Tarbiyaviy vazifalarga
diqqat-e`tibor
qattiq
talab
qilinadigan
holatda
Tabiatga javobgarlik hissiyotini tarbiyalash. Tabiiy
boyliklarga aqlan tejamkorlik ruhida tarbiyalash. O`z
fikrida turish malakasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |