Bog'liq qoshimcha stipendiyalar tayinlash nizomi 2022
bob. Moddiy qo„llab-quvvatlanadigan da’vogar talabalarni saralash. Har yili semestr yakuniga ko„ra fakultet Talabalar Kengashi negizida - fakultet stipendiya komissiyasi, Institut Talabalar Kengashi negizida - Institut stipendiya komissiyasi tuziladi.
Institut rahbaryati tomonidan stipendiya komissiyalari tuzilganligi haqidagi ma’lumot e’lon qilingan kundan boshlab, da’vogar talabalar fakultet stipendiya komissiyasiga moddiy qo„llab-quvvatlash ko„rsatilishini so„rab ariza bilan murojat qilishi hamda tegishli hujjatlar yig„ma jildini komissiyaga topshirish huquqiga ega.
Fakultet stipendiya kommisiyasi 3 ish kuni davomida talabalardan arizalarni va tegishli hujjatlar yig„ma jildini qabul qiladi va shu muddat ichida saralab (Nizom talablariga mos kelmagan holda talabgor arizasini rad etib) Institut stipendiya komissiyasiga taqdim etadi.
Institut stipendiya komissiyasi 3 ish kunida fakultet stipendiya komissiyalaridan kelgan hujjatlarni o„rganib chiqqan holda moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro„yxatini ishlab chiqadi va komissiya bayonnomasi bilan birgalikda Institut rektoriga taqdim etadi. Institut stipendiya komissiyasi fakultet stipendiya komissiyalaridan kelgan hujjatlarni o„rganish jarayonida Nizom talablariga javob bermaydi deb baholangan talabgorlarning arizasini rad etish huquqiga ega.
Institut stipendiya komissiyasi moddiy qo„llab-quvvatlashga talabgor talabalar haqida mustaqil ma’lumotlar yig„ish va bu ma’lumotlarni talabgor arizasini ko„rib chiqish jarayonida inobatga olish huquqiga ega.
Talabalarni moddiy qo„llab-quvvatlash Institut stipendiya komissiyasining yakuniy bayonnomasi va moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro„yxati asosida Institut rektori tomonidan chiqarilgan buyruq asosida amalga oshiriladi.
Institut stipendiya komissiyasining moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro„yxati Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, OAV larida e’lon qilingandan so„ng talabgorlar ichidan moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro„yxatidan va komissiya(lar) faoliyatidan norozilar shikoyat arizasi 1 ish kunida Institut stipendiya komisiyasi tomonidan ko„rib chiqiladi. Shikoyat xatining qanotlantirilishi yoki qanotlantirilmasligi shikoyatchi talabgor ishtrokida Institut stipendiya komissiyasi a’zolari tomonidan o„sha ish kunining o„zidayoq ko„rib chiqiladi.
Jismoniy jihatdan nogironligi va chin yetimligi sababli davlat tomonidan moddiy ko’mak olmaydigan talabalarga moddiy qo’llab-quvvatlanish belgilananishi uchun Fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari tavsiyanoma berishi mumkin. Ushbu moddiy qo’llab- quvvatlanish Institut stipendiya komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi va belgilanadi.