Paradoks – ko‘pchilik tomonidan qabul etilgan an’anaviy fikr, tajribaga o‘z mazmuni yoki shakli bilan keskin zid bo‘lgan, kutilmagan mulohaza. Har qanday paradoks «shubhasiz to‘g‘ri» (asoslimi, asossizmi, bundan qati nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek ko‘rinadi. «Paradoks» terminining o‘zi ham dastlab antik falsafada har qanday g‘alati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan.
Mantiqiy paradokslar, odatda, mantiqiy asoslari to‘la aniqlanmagan nazariyalarda uchraydi.
Bir nechta paradoksni keltiramiz.
Misol (Yolg‘onchi paradoksi). "Men tasdiqlayotgan barcha narsa yolg‘on" mulohazani qaraymiz.
Agar bu mulohaza rost bo‘lsa, bu mulohazaning ma’nosiga asosan aytilgan mulohazaning yolg‘on ekanligi haqiqat. Agar bu mulohaza yolg‘on bo‘lsa, mulohazadagi ta’kid - yolg‘on. Demak, bu mulohaza yolg‘on degan mulohaza yolg‘on, shunday ekan, bu mulohaza haqiqat. Ziddiyat.
Misol (Refleksivlik paradoksi). O‘zbek tilidagi so‘zning ma’nosi o‘zida ifodalansa, uni refleksiv deb ataylik.
Masalan, “o‘zbekcha” so‘zi refleksiv, “inglizcha” so‘zi esa refleksiv emas. Xuddi shunday, “o‘ntaharfli“ so‘zi refleksiv, “oltitaharfli“ so‘zi esa refleksiv emas. Barcha refleksiv so‘zlar to‘plamini qaraylik. “Norefleksiv” so‘zi o‘zi refleksivmi?
Agar bu so‘z refleksiv bo‘lsa, u holda ma’nosiga ko‘ra, u norefleksiv. Agar bu so‘z norefleksiv bo‘lsa, u holda uning ma’nosi o‘zida ifodalangani uchun, u refleksiv bo‘ladi. Ziddiyat.
Xulosa
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an`anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. An`anviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish imkoniyati deyarli mavjud emas. O’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalasi yuklanmaydi. Bu ma`noda AT asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraktsiyalash kabi muhim sifatlarini rivojlantiradi.
Mantiqiy algebraning ahamiyati uzoq vaqt davomida inkor qilib kelinadi, chunki uning usul va uslublaridan o‘sha davrning fan va texnikasi uchun amaliy foyda yo‘q edi. Biroq elektron asosdagi (bazadagi) hisoblash texnikasi vositasini yaratish uchun prinsipial imkoniyat paydo bo‘lganida Bul tomonidan kiritilgan amallar katta foyda berdi. Ular avval boshdanoq faqat ikkita mohiyat: rost va yolg‘on bilan ishlashga mo‘ljallangan. Ular ikkilik kod bilan ishlash uchun qanchalik qo‘l kelganini tushunish qiyin emas. Bu kod zamonaviy kompyuterlarda ham faqat ikkita signal: nol va bir bilan taqdim etilgan.
Shu yerda raqamli hisoblash mashinalarning xususiyatlardan biri algoritmik universalligini ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Raqamli hisoblash mashinasining algoritmik universalligi – raqamli hisoblash mashinalarning inson faoliyatining har qanday sohasiga tegishli bo’lgan hisobiy va mantiqiy masalalarni echa olish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |