Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


II BOB. Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar



Download 488,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana07.04.2021
Hajmi488,91 Kb.
#62892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
matematika darslarida innovacion texnologiyalardan foydalanish

II BOB. Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar 

asosida o`qitish metodikasi. 

§ II.1. Maruza mashg’ulotlarida innovacion texnologiyalarni 

qo`llash metodikasi. 

Talim-tarbiya  mazmuni,  maqsad va  vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib 

borishi  natijasida  uning  shakl  va  usullari  ham  takomillashib  bormoqda.  Hozirda 

inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni 

to`liq  amalga  oshirish  imkoniyatini  beruvchi  yaxlit  tizimga  yani  texnologiyalarga 

aylanib  bormokda.  Huddi  shu  kabi  talim-tarbiya  sohasida  ham  so`ngi  yillarda 

innovacion  texnologiyalarni  qo`llab  o`qitish  orqali  ham  yuqori  samaralarga 

erishilmokda. 

Innovacion  texnologiya  hozirda  barcha  innovacion  kasblar  xamda  talim-

tarbiya  jarayonini  tashkil-qilish,  boshqarish,  nazorat  qilish  bilan  bog’lik 

kasblarning asosini tashkil qiladi. 

Akademik  litseylarda  ham  innovacion  texnologiyani  qo`llab  bundan  ham 

yuqori natijaga erishilsa bo`ladi. Biz barcha mavzularni innovacion texnologiyalar 

asosida  o`tish  kerak  degan  fikrdan  yiroqmiz.  Dars  mavzusiga  qarab  innovacion 

texnologiyalar asosida yoki ananaviy tarzda o`tkazilsa maqsadga muvoffiq bo`ladi. 

Bazi  maruza  darslari  akademik  litsey  o`quvchilarini  zeriktirishi  mumkin,  sababi 

bolalar o`smirlik davrida betoqat, qiziqqon bo`lishadi va darslardan tezda zerikishi 

mumkin. 


Shuning 

uchun 


innovacion 

texnologiyalarni 

darsda 

qo`llab 


o`quvchilarning  darsga  aktivligini,  qiziqishini  oshirsa  va  ularga  kerakli  bilimni 

bera  olsa  o`qituvchi  darsda  o`z  oldiga  qo`ygan  ijobiy  maqsadiga  erishadi. 

Innovacion  texnologiyani  darsda  qo`llashda  darsning  mavzusiga  karab,  darsning 

maruza  yoki  amaliy  mashg’ulot  ekanligiga  qarab  tanlanadi.  Hozir  sizlarga 

innovacion  texnologiyani  qo`llab  dars  o`tish  jarayoni  bilan  qisqacha  tanishtirib 

o`tamiz. 

Mavzu: «Haqiqiy sonlar». 

Bu  mavzuga  matematika  fanidan  akademik  litseylar  uchun  o`qu  dasturidan 

14-dars  soati  ajratilgan  bu  vaqtdan  unumli  foydalanish  uchun  innovacion 



texnologiyalarni  o`z  o`rnida  ishlatish  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu  mavzuning  4 

soatini  maruzaga  ajratib,  10  soatini  amaliy  mashg’ulotga  ajratamiz.  Avvalo  biz 

innovacion texnalogiyaning shu mavzuga mosini tanlab olishimi zarur. 

Pedogogik  texnologiyalarni  amalga  oshirish  uchun  o`ziga  xos  vositalari 

zarur bo`ladi.  Har bir  innovacion texnologiyada qo`llaniladigan  vositalar umuman 

o`xshash  bo`lib,  ularning  turlari  ko`p.  Ularni  shartli  ravishda  quyidagi  turlarga 

ajratish  mumkin:  verbal,  noverbal,  vizual,  audio,  tabiy  hamda  o`quv  anjomlari. 

Bizning mavzumizga vositalarning verbal turi ko`proq mos keladi. 

Verbal  vositalarining  asosini  axborot  tashkil  qiladi.  Ular  so`zlar  bilan 

ifodalanadigan  axborotlar  bo`lib,  ularni  so`z  orqali  ifodalab  berish  uchun 

o`qituvchi  uni  o`zlashtirgan  bo`lishi,  yani  shu  axborot  haqidagi  bilimga  ega 

bo`lishi  lozim.  Boshqacha  qilib  aytganda,  pedogogik  texnologiyalarning  verbal 

vositalarini o`qituvchining bilimlari darajasidagi axborotlar tashkil qiladi. 

Verbal  muloqot  shakllari  har  hil  bo`lib,  ularning  asosiylari  nutq  so`zlash, 

maruza,  suhbatlashish,  savol  so`rash,  savolga  javob  berish,  bahs,  munozara, 

muzokara,  xabar  berish,  kengash,  maslahat,  nasihat,  tanbeh,  salomlashish, 

xayrlashish kabilarni o`z ichiga oladi. 

Ushbu  verbal  muloqot  shakllarida  qo`llaniladigan  nutq  intenatsiyalari 

so`zlovchilarning  fikrlaridagi  uning  maqsadiga  muvofiq  bo`lgan  mano 

mazmunlarni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi. 

O`qituvchi o`quvchi uchun malum bo`lgan tushunchalarga asoslangan holda 

yangi axborotlarni tanishtirib, tushintirib boradi. 

Bu  jarayonda  o`quvchilar  diqqatini  jamlash,  tinglash,  eshitish,  anglash, 

tushunish, idrok qilish, mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari 

bilan  band  bo`ladilar.  Bunda  o`quvchining  qiziqishi,  havasi,  ehtiyoji, 

mafaatdorligi, qobiliyat, istedod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo`ladi. 

Yuqoridagi fikrimizning dalili sifatida verbal muloqot shakli haqida to`xtalib 

o`tamiz. 

Maruzalarni  faol  usulda  o`tkazish.  Xar  qanday  yuqori  saviyada  o`tkazilgan 

maruza,  garchand  u  faktlarga  boy  bo`lsa  ham,  agar  uzoq  vaqt  davom  etsa, 




o`quvchining  eshitish  qobiliyati  susayadi  va  charchaydi.  Bu  holat  o`quvchini 

loqayd  eshituvchiga  aylantiradi.  Maruza  qancha  uzoq  davom  etsa,  samaradorlik 

shuncha kamaya boradi. 

Shuning  uchun  maruzani  kichik  innovacion  texnologiya  darajasida 

quyidagicha tashkil etish o`quvchilar uchun qulaylik tug’daradi. 

Maruzachi  o`z  maruzasini  bir  necha  bloklarga  bo`ladi.  Har  blokni  15-20 

minut  davom  ettiradi  va  har  bir  blokdan  so`ng  to`xtab,  mazu  bilan  bog’liq  qisqa 

savol-javob,  fikr  almashuv  olib  boradi.  Maruza  davomida  ayrim  muammolarni 

o`rtaga tashlaydi. Shu vaqt oralig’ida bu muammoga o`kuvchilarning munosabatini 

aniqlaydi.  Ularning  fikrlarini  tinglaydi.  Har  bir  fikr  bildiruvchiga  imkoniyat 

yaratadi.  Ammo  uni  tanqid  ostiga  olmay,  boshqalarning  fikrlarini  ham  tinglaydi. 

Bu  holat  maruzaga  bo`lgan  munosabatni  ijobiy  tomonga  o`zgartiradi,  maruzaga 

befarq qaramaslikka sabab bo`ladi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish 5 

daqiqagacha davom etadi. 

Maruzagchi  o`quvchilarning  qiziqish,  intilish,  masuliyati  oshib  borishini 

kuzatib  boradi.  Maruza  davomida  muntozam  faol  ishtirok  etuvchilar,  teran  fikr 

bildiruvchilar maruzachining tayanchiga aylanadi. 

Maruza  davomida  mavzuni  sekin-asta  o`quvchining  kundalik  faoliyatiga 

doir  misollar  bilan  bog’lab  boriladi  va  qisqa  munozaralar  orqali  tegishli  echimlar 

topiladi. 

Shu holatda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay 

qoladilar.  Maruzaning  yana  davom  etishini  hohlab,  befarqlik  o`rnini  hushyorlik, 

ichki  intilish,  echim  qidirish  egallaydi,  o`zlari  ham  echimni  topishda  shaxsan 

ishtirok etishga hissa qo`shishga intiladilar. 

Bunday maruzalar har ikki tomonning o`zaro faolligini oshiradi, navbatdagi 

munozaraga chorlaydi. 

Biz  hozir  «Haqiqiy  sonlar»  mavzusini  mavzularga  ajratib  olamiz  va  ikki 

qismga  ajratamiz  bu  qismlar  yuqorida  aytib  o`tganimizdek  to`rt  dars  soati,  yani 

ikki  juftlik  darsga  ajratib  olamiz  va  shu  ikki  juftlik  darsni  maruzaga  ajratamiz, 

qolgan 10 soat dars amaliy mashg’ulotga qoladi. 




Quyidagicha mavzuchalarga ajraladi. 

Birinchi juftlik: 

Natural,  butun,  ratsional  va  irratsional  sonlar.  Cheksiz  o`nli  kasrlar.  Davriy 

o`nli kasr, davriy o`nli kasrni oddiy kasrga aylantirish. 

İkkinchi juftlik: 

Haqiqiy  sonlar  va  ular  ustida  amallar.  Haqiqiy  sonning  moduli  va  uning 

asosiy xossalari. Matematik induktsiya usuli. 

Ajratilgan  ikki  juftlik  maruza  darsining  birinchi  juftligini  innovacion 

texnologiyalar asosida qisqacha tanishtirib o`tamiz. 

Birinchi juftlik maruza darsi. 

Darsning tashkiliy qismi. So`ngra dars jarayoni boshlanadi. 

O`qituvchi  birinchi  navbatda  sonlarni  bizning  hayotimizda  tutgan  o`rni 

ahamiyati  haqida  qiziqarli  qilib  2-3  daqiqa  gapirib  o`tadi.  So`ngra  avvaldan 

tayyorlab kelingan uch blokka ajratilgan bloklarning birinchisi boshlanadi. Maruza 

davomida  mavzuni  asta  sekin  kundalik  faoliyatiga  doir  misollar  bilan  bog’lab 

boshlanadi. 

Bloklarga darsning vaziyatiga qarab 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi. 

Birinchi blok. 

Bu blok quyidagi mavzuchalardan iborat. “Natural va butun sonlar”dan. So`ngra 

mavzuni boshlaymiz va natural sonlarning tarifini aytib o`tamiz. 

Tarif. "Arifmetikada musbat butun son natural son deyiladi” deb aytamiz va 

bunga  qiziqarli  qilib  oddiy  misollar  keltirilib  o`tiladi.  Uning  N  bilan  belgilanishi 

aytiladi.  Masalan:  to`rtta  kitob,    beshta  non,  va  hakozo.  “Umuman  sanashda 

ishlatiladigan  sonlar  natural  sonlar  bo`ladi”  deb  so`ngra  natural  son  qatorini 

tushuntiramiz. 

Natural sonlar haqida Peano aksiomasini aytib o`tamiz va misollar 

keltiramiz. 

1. 


“Bir  hech qanday  nlural sondan keyin  kelmaydi (natural sonlar  to`plami  1 dan 

boshlanadi).Chunki natural son birdan boshlanadi” deb izoh berib o`tamiz. 

2. 

“Har qanday natural sondan bevosita keyin keluvchi son 




mavjud. 

Misol uchun: 5 dan keyin 6 keyin 7, va hakozo cheksiz davom etib ketaveradi. 

3. 

Ketma-ket ikkita natural son orasida uchinchi son mavjud emas. [7] 



Masalan:  1  va  2  ning  orasida  natural  son  yo`q  deymiz  va  boshqa  misollar 

keltiramiz. 

Shunday  tartibda  aksiomalarning  hammasini  aytib  o`tamiz  va  shunday 

tartibda  natural  sonlarning  boshqa  qoida  va  tariflari  ham  aytib  o`tiladi.  Mavzu 

qiziqarli, hayotiy misollar bilan boyitiladi va mustahkamlanadi. 

Agar  imkoniyat  bo`lsa  har  bir  mavzu  kadaskop  yoki  kompyuter  asosida 

tariflar, xossalari, teoremalar va aksiomalar bilan katta ekranda ko`rsatilsa judayam 

yaxshi bo`lar edi. 

Xuddi shu tartibda sonning eng kichik umumiy karralisi (EKUK) va sonning 

eng katta umumiy bo`luvchisi (EKUB) mavzuchalari ham tushuntiriladi. 

Butun  sonlarga  o`tamiz.  Butun  sonlarning  tarifini  birinchi  navbatda  berib 

o`tamiz.  Tarif.  “Natural  sonlar  va  ularga  qarma-qarshi  bo`lgan  sonlar  va  nol  soni 

birgalikda  butun  sonlar  deyiladi  va  to`plam  tilida  Z,  bilan  belgilanadi”  deb  aytib 

o`tamiz  va  yana  “a  va  -a  sonlar  qarama-qarshi  sonlar  deyiladi”  deb  ham  aytib 

o`tiladi, bunga ham misollar keltiriladi. 

“Bu tarifdan shunga ega bo`lamizki yani butun sonlar shundan iboratki sonlar 

o`qini  oladigan  bo`lsak  o`ng  tarafi  natural  sonlar  va  unga  qarama-qarshi  tomon 

birgalikda butun sonlar bo`ladi” deyiladi. 

Esda  qolishi  uchun  butun  sonlarga  matematik  va  hayotiy  misollar  keltirib 

o`tamiz. 

Misol uchun: “-8,-7,-6,-5,-.-3,-2,-1,0,1,2 ... sonlarning har biri butun sonlardir. 

Hayotiy  misol  oladigan  bo`lsak  havo  harorati  pasayib  ketdi  +2°,-1°,  0°  darajaga 

tushgandan  keyin  yanada  havo  sovisa  bizga  yanada  kichikroq  son  kerak  bo`ladi, 

shu  kabi  extiyojlardan  kelib  chiqib  biz  -1,-2  undan  ham  sovisa  -3,...  sonlarni 

kiritamiz  bular  birgalikda  butun  son  bo`ladi”  deb  yana  shunday  bir  necha 

misollarni keltirib darsni davom ettiramiz. 

Shundan  so`ng  kasr  sonlarga  ham  tushuncha  beriladi  va  misollar  bilan 



mustahkamlanali.  Blok  mustahkam  yoritilgandan  so`ng  o`quvchilar  bilan  blok 

yuzasidan  qisqa  muddatli  savol-  javob  va  fikr  almashinuv  bo`lib  o`tadi.  Savol-

javob 10 daqiqa bo`lib o`tadi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish uzog’i 

bilan  5  daqiqagacha  davom  etadi.  Bu  holat  o`quvchining  maruzaga  bo`lgan 

munosabatini ijobiy tomonga o`zgartiradi va maruzaga befarq qaramaslikka sabab 

bo`ladi. 




Download 488,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish