Mashgʻulot
davomida
reja
asosida
yangi
mavzuga
tayyorlanib kelgan talaba quyidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi
* * *
Mavlono Jaloliddin Rumiyning ulugʻvor asari – “Masnaviyi
ma’naviy”sidan olingan shohbaytlarga taniqli shoir va tarjimon
Sayyid Ne’matulloh Ibrohim tomonidan bitilgan nazmiy sharhlarini
mutolaa qilishingiz mumkin
.
RUMIYONA
“Masnaviyi ma’naviy”dan olingan shohbaytlarga Sayyid
Ne’matulloh Ibrohimning nazmiy sharhlari
“Har kiro joma zi ishqe chok shud,
Oʻzi hirsu jumla aybe pok shud.”
Ishq bandi ichra qulmen, bastamen,
Ishqdin sohibnazar, barjastamen.
Jomim ichra toʻldiribdir bodani,
Shoh qilmish men kabi aftodani.
Qoʻl choʻzur nur arshidin mahfil menga,
Ikki olam xushhavo manzil menga.
115
Koʻkragimda undi dilxun lolalar,
Orzuga doʻndi dilsoʻz nolalar.
Hajrida, mayliga, ming bor dod etay,
Dod ila ishq xayli koʻnglin shod etay.
Ikki olam ichra Sen – ey bor Xudo,
Bandani bu baxtidin qilma judo!
Tiyra xokimni
saropo
64
nur qil,
Oʻz tajalling bahrida mastur qil!
“Kimni gar Ishqdin yaqosi boʻlsa chok,
Barcha hirsu, barcha aybdin boʻldi pok.”
1993 – 2001-yy.
Mavlono Soniy Yormuhammad ibn Pirmuhammad Toshkandiy
oʻz davrining mashhur shoiri edi. Manbalarga koʻra, u she’r
yozishdagi murakkab janr hisoblangan “muammo” vaznida yetuk
boʻlgan. Fors tilida bu vaznda ijod qilganlar ichida Abdurahmon
Jomiy yetakchi hisoblangan boʻlsa, undan soʻng Yormuhammad
Toshkandiy tan olingan. Unga “Soniy” nisbati berilishi ham ayni shu
boisdandir. Alisher Navoiyning iltimosiga binoan, Yormuhammad
Toshkandiy Mirhusayn ibn Muhammad Sheroziyning muammosiga
sharh yozgan. U oʻz ijodining dastlabki davrlarida Hirotda yashab,
keyinchalik Toshkentda qoʻnim topgan. Shuningdek Yormuhammad
Toshkandiy tomonidan “Abdurahmon Jomiy muammosiga sharh”,
“Mavlono Shahob muammosiga sharh”, “Qirq hadisga sharhlar” va
boshqa asarlari yozilgan.
XVI asrning mashhur shoiri, xattoti va tabibi Boqiy Toshkandiy
faoliyatini alohida ta’kidlash joiz. U ilm-fan homiysi sifatida ham
mashhur boʻlgan. Boqiy Toshkandiy mohir xattot sifatida bir qancha
kitoblarni koʻchirgan. Shoir va adabiyotshunos Xoja Hasan Nisoriy
“Muzakkir al-ahbob” (“Doʻstlar qaydnomasi”) kitobida shunday
yozadi: “Mavlono Boqiy turkiy tilda ijod qiluvchi shoirlardan
sanaladi. U oʻz ijodining ayni shu jihati bilan shuhrat qozongan”. Oʻz
davrining olimi va ziyolisi sifatida Jamil Mirak Toshkandiy (XVI–
XVII) ham taniqli boʻlgan. Zamondoshlari uni iste’dodli shoir va
hattot deb bilishgan. Uning she’rlari Mutribiyning “Tazkirat ash-
64
Saropo – boshdan-oyoq.
116
shuaro” asariga kiritilgan. Uning gʻazallari uslubi va shakli jihatidan
aniq, ravon va mukammal boʻlgan.
XVII–XVIII asr shoirlari ichida asli ismi Shohakim boʻlgan
Xolis Toshkandiy oʻzining dostonlari bilan ajralib turadi. Uning
ijodkorlik salohiyati
“Yusuf va Zulayho”, “Iskandarnoma”,
“Vafotnoma”, “Ayyub paygʻambar qissasi”
va boshqa asarlarida oʻz
aksini topgan. Uning dostonlari keng kitobxonlar ommasi uchun
tushunarli va ravon sodda xalq tilida yozilgan. Xolis Toshkandiy
nafaqat shoir, balki yetuk tarjimon sifatida ham shuhrat qozongan
boʻlib, Mirza Sodiq Munshiy Jondorning “Shahanshohlar dahmasi”
asarini hamda xalq dostoni hisoblangan “Zevarshoh haqida qissa”ni
fors tilidan turkiyga oʻgirgan. Toshkentda tugʻilib, umrining koʻp
qismini shu yerda oʻtkazgan shoirlardan yana biri Badriddin
Chochiydir. Uning gʻazallari, qasidalari va ruboiylari koʻplab sharq
mamlakatlarida ma’lum va mashhur boʻlgan. U umrining soʻnggi
yillarini Hindistonda oʻtkazgan. Ijtimoiy hayotdagi ahamiyati uning
“Faxr az-Zamon” nomini olishiga sabab boʻldi.
Taniqli
muarrix,
1810-yilda
Shayxontahur
dahasining
“Qoryogʻdi” mahallasida tugʻilgan Muhammad Solihhoʻja
Toshkandiy ham shu davrda yashab ijod etgan. Uning “Tarixi jadidai
Toshkand” asari Toshkent tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.
Toshkent adabiy muhiti vakillaridan yana biri Shoxoja Hakim ibn
Sharifxoja – Shohiy Toshkandiydir. Toshkentning “Oqmachit”
mahallasida tugʻilgan bu kishi xalq orasida shoir, olim, tabib va
ilgʻor qarashlarga ega ziyoli sifatida tanilgan. Shohiy Toshkandiy
Yunusxon madrasasida mudarrislik qilgan. Shu bilan birga
Sharqning qator mamlakatlari, jumladan, Turkiya, Suriya, Misr, Iroq,
Saudiya Arabistoni va boshqa joylarni kezib chiqqan.
Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatning
barcha sohalarida rivojlanish jarayonlari yuz bergan. Oʻz navbatida,
Toshkent ham ilm-fan, madaniyat, ma’rifat va adabiyotning umumiy
yuksalishiga oʻz hissasini qoʻshgan. XV–XIX asrlarda faoliyat
koʻrsatgan olimlar, muarrixlar, tabiblar, xattotlar, shoirlar va boshqa
ziyoli ma’rifatparvarlar hayoti, faoliyati, ilmiy merosiga doir
ma’lumotlarni tarixiy izchillik asosida oʻrganib chiqilganda Shosh
zamini barcha davrlarda jahon ilm-fani va madaniyati xazinasiga
juda koʻplab olimu fozil zotlarni yetkazib berganing guvohi
boʻlamiz.
Toshkent madaniyati tarixida oʻchmas iz qoldirgan
117
siymolar – Toshkent xattotlaridir. Chunonchi, buyuk mutafakkir
Alloma Taftazoniy (1322–1390) ning shogirdi Jamshid Shoshiy
(XIV asr) 1358-yilda Mahmud Zamaxshariyning “Kashshof” asarini
nasx xati bilan koʻchirgan. Hozir bu nodir qoʻlyozma Oʻzbekiston
Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.
Abduvadud Kotib nomi bilan mashhur Abdulvadud ibn Xoja
Abdulvasi’ Shoshiy (XIV–XV asrlar) taniqli olim Abdulloh Xatib
Tabriziyning “Mushkot al-masobih” asarini nasx xati bilan
koʻchirgan.
Sharh ilmining fundamental asosi ilohiy kalom – Qur’oni
karim nuzuli jarayonida shakllandi. Qurʼon (arab.
نآرق لا
oʻqimoq
qiroat qilmoq) –musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom
eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga
610–632-yillar
davomida
nozil
qilingan
Allohning
kalomi
(Kalomulloh). Qurʼon “Kitob“ (yozuv), “Furqon” (haq bilan
botilning orasini ayiruvchi), “Zikr” (eslatma), “Tanzil” (nozil
qilingan) kabi nomlar bilan atalib, “Nur” (yorugʻlik), “Hudo”
(hidoyat),
“Muborak” (barakotli), “Mubin” (ochiq-ravshan),
“Bushro” (xushxabar), “Aziz” (eʼzozlanuvchi), “Majid” (ulugʻ),
“Bashir” (bashorat beruvchi), “Nazir” (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar
bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham
mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab
oʻtganlar.
Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil
boʻlishi milodiy 610-yil boshlangan. Muhammad paygʻambar 40
yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga
berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta “Iqro” (“Oʻqi”) deb
boshlanuvchi “Alaq” surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon
Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom
etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon
oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu
oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-
qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning
bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr – taqdir, oʻlchov) tabarruk
kecha deb ulugʻlanadi.
Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning
rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar,
118
asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi
barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom
taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar – farishtalar,
paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning
haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan
Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan
mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar
nozil
etilgan
boʻlsa,
musulmonlar
jamoasi
shakl-langan
Madinadavriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy
masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan
oyatlar bilan javob berar edi.
Qurʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob
bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114
sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa
tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida
kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar
yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va
yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf
(hukmronlik yillari 694–714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism
(arab.juz, fors. pora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan “Fotiha”
surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida
joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3
oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar “Toho” va “Yosin”, eng uzun oyat
“Baqara” surasining 282-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va
joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar – “Makka
suralari” (610–622 yillar, 90 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan
suralar – “Madina suralari” (622-yildan, 24 sura) ga ajratiladi.
Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom
dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish
shaklida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |