Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

 (A.S.Makarenko) 
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, 
mamlakatimizning istiqlol davri taraqqiyoti, milliy qadriyatlarning 
qayta tiklanishi ilm-fanimizning rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
koʻrsatmoqda. 
Vatanimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri 
boʻlgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli – qadimiy yozma 
manbalar xalqimizning buyuk ma’naviy boyligidir. Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 24-maydagi “Qadimiy yozma 
manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu yozma 
manbalarni tadqiq etuvchi sharqshunos va manbashunos olimlar 
uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Davlatimiz 
rahbarining yetakchi olimlar bilan uchrashuvi, qator ilmiy-tadqiqot 
muassasalarini Fanlar akademiyasi tizimida qaytadan shakllantirish, 
ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, chet ellarda malaka 
oshirish, xorijlik olimlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 
farmonlari fan taraqqiyoti, xususan, ma’naviy merosimiz manbalari 
bo‘lgan qo‘lyozma asarlarni tadqiq etishni yangi bosqichga olib 
chiqdi. Dunyodagi har bir xalq oʻzining yozma tarixiga ega. Bu 
tarixni oʻrganishda hech bir manba yozma yodgorliklardek 
batafsillikka da’vo qilolmaydi. 
Oliy oʻquv yurtlarida filologik ta’limni yoʻlga qoʻyishda 
Matnshunoslik fani muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi adabiy 
manbalarni qoʻlyozma va toshbosma nusxalar asosida nashr etish, 
ularning mukammal ilmiy izohlar, koʻrsatkichlar bilan ta’minlangan 
tanqidiy matnlarini tayyorlash, fondlarda mavjud qoʻlyozma va 
toshbosma matnlarni tadqiq etish bilan bevosita filolog mutaxassislar 
shuǵullanadi. Shu sababli, ushbu fan ixtisoslik fanlaridan biri 
hisoblanib, filologiya va tillarni oʻqitish, xususan, oʻzbek tili va 
adabiyot ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun shakllanish va rivojlanish 
omili hisoblanadi. 
3


Qoʻlingizdagi kitob-qoʻllanma Matnshunoslik fani namunaviy 
oʻquv dasturi asosida tuzilib, unda asosan mazkur fanni oʻqitishda 
ma’ruza mashgʻulotlarni tashkil qilish, nazariy bilimlar bilan 
qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda matnshunoslikning 
mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, sohaga oid adabiyotlar ustida 
ishlash 
hamda 
asosiy 
tushunchalar, 
atamalar 
va 
nazariy 
umumlashmalar bilan tanishishga qaratilganligi koʻrsatib oʻtilgan. 
Shu ma’noda, qoʻllanmada – muayyan malakaga ega 
mutaxassislar tayyorlash, “Matnshunoslik” fani boʻyicha ma’ruzalar 
tashkil etishni zamonaviy usullarini dars jarayoniga tatbiq etish, 
xususan, talabalarda yetarli bilim, malaka va koʻnikma hosil qilish, 
ularni qadimiy merosimizga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalash 
hamda kelajakda ilmiy faoliyat bilan shuǵullanishlari uchun zamin 
hozirlash asosiy mezon qilib belgilangan. Va, yana maqsadimiz – 
talabalarda shu fanning asosiy masalalari, mavzulari, xulosalari
umumlashmalari haqida tasavvur tuǵdirish, eski oʻzbek yozuvidagi 
manbalarni oʻqish, uqish, qadimiy matn adabiy-badiiy asarlarni tahlil 
va talqin qilishga oʻrgatishdan iborat.
Qoʻllanmada jamlangan tasviriy obyekt orqali talaba – 
ajdodlarimiz hayotini butun tafsilotlarigacha baǵriga joylagan 
qoʻlyozma manbalarning oʻtmish bilan bugunni boǵlovchi koʻprik 
ekanligini his qilishi, tabiiy.
Insoniy tamaddun tarixida qadimiy qoʻlyozmalarning ahamiyati 
shu darajada ekan, bu bebaho ma’naviy merosga chinakam voris 
boʻlish uchun ularni chuqur oʻrganish, oʻrganilganda hosil boʻlgan 
bilimni ommalashtirish talab qilinadi.
Ayni paytda mamlakatimizda ma’naviy merosni oʻrganish, milliy 
qadriyatlarni tiklash ishlariga e’tibor kuchaydi. Natijada millat 
ruhiyatida oʻz-oʻzini anglash tuyǵusi yanada jonlandi, ajdodlar 
qoldirgan ma’naviy merosga voris boʻlish ishtiyoqi uyǵondi. Shu 
bois, qadim adabiy manbalarni qoʻlyozma nusxalar asosida nashr 
etish, ularning mukammal ilmiy izohlar, koʻrsatkichlar bilan 
ta’minlangan tanqidiy matnini tayyorlash, adabiy manbashunoslik va 
matnshunoslik yoʻnalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib 
borish har qachongidan ham dolzarb masalalardan biri boʻlib turibdi. 
Fondlarda mavjud qoʻlyozma va toshbosma matnlarni oʻqish va 
tadqiq etish malakasiga ega boʻlish boʻlajak filologlar uchun muhim 
vazifadir. 
4


“Matnshunoslik” fani ixtisoslik fanlardan biri hisoblanib, Turkiy 
tillarni oʻqitish, oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 3-
semestrida oʻqitiladi. Darslarni ta’limning 2-bosqichida (36 soat 
nazariy va 36 soat amaliy) jami 72 soat auditoriya mashgʻulotlari 
tarzida 
oʻtkazish 
belgilangan 
boʻlib, 
qoʻllanmada 
ma’ruza 
mashgʻulotlari mavzulari qamrab olinadi, ular amaliy mashgʻulotlar 
jarayonida mustahkamlanadi. Mazkur fanni oʻqitish jarayonida 
ta’limning 
zamonaviy 
metodlari, 
pedagogik 
va 
axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini faol qoʻllash nazarda tutilgan.
Qoʻllanmada qayd qilinganidek, ma’ruza darslarida zamonaviy 
kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-
didaktik texnologiyalar, tarqatma materiallar, adabiy albomlar, 
badiiy asarlar, mavzuga doir maxsus bukletlar, tarqatma materiallar 
va boshqa koʻrgazmali qurollar keng joriy etiladi. 
Mazkur oʻquv-uslubiy qoʻllanma davlat ta’lim standartlari 
talablariga mos ravishda ishlanib, undan oʻquv (dars) reja, asosiy 
tushuncha va atamalar, mavzuga oid muammolar, nazorat test 
savollari, mustaqil oʻqish uchun tavsiya qilingan topshiriqlar 
(adabiyotlar), glossariy va fan bo‘yicha nazorat savollar oʻrin olgan. 
Ma’ruza mavzularini tayyorlashda ta’limning ilmiylik tamoyiliga 
amal qilinib, internet materiallardan ham unumli foydalanildi. Har 
bir mavzu-moduldan soʻng nazorat testlari berilgan boʻlib, talabalar 
koʻrsatilgan, tavsiya qilingan adabiyotlardan oʻzlarini qiziqtiradigan 
savollarga javob olishi mumkin. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish