Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


(Shu oʻrinda talabalarga tarjimashunos olim Gʻaybulla



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

 (Shu oʻrinda talabalarga tarjimashunos olim Gʻaybulla 
Salomov “tarjima jarayonining uch bosqichi nazariyasi” haqidagi 
fikrlarini keltirib oʻtamiz) 
1970-yilda 
Leypsigda 
boʻlib oʻtgan lingvistik tarjima 
nazariyasiga 
bagʻishlangan simpoziumda tarjima masalalari 
A.D.Shveyser qoʻygan tarzda emas, balki boshqacharoq yoʻnalishda 
muhokama qilindi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Ikki yoki bir nechta tilda lisoniy va uslubiy unsurlarning 
ekvivalentlik (muqobil) munosabatlarini oʻrganish.
203


2. Tarjima jarayonining qonuniyatlari tamoyillarini ishlab 
chiqish.
3. Tarjimalar matnini tahlil qilish sxemalarini (andozalarini) 
yaratish. Tarjimashunoslik fani umumfilologik aspektda oʻrganiladi. 
U tilshunoslik, adabiyotshunoslik, stilistika fanlari bilan uzviy 
bogʻliq. Tarjimashunoslik fani – tarjima qonuniyatlari, tarjima qilish 
tamoyillarini oʻrganadigan filologik fan hisoblanadi. Tarjima 
oʻzining estetik mohiyati bilan ijodiy jarayon hisoblanar ekan, uni 
tushunish uchun adabiyotshunoslik nazariyasiga ehtiyoj sezamiz. Bu 
adabiyotshunoslik ham tilshunoslik ham bir-biri bilan chambarchas 
bogʻliq, biri ikkinchisini toʻldirib keladi demakdir. Shuning uchun 
tarjimashunoslik fani adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlari bilan 
uzviy bogʻliq. 
* * * 
Taniqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ibrohim Gʻafurovning 
jasorati, mashaqqatli mehnati samarasi oʻlaroq oʻzbek kitobxoni 
mashhur irland adibi Jeyms Joysning “Uliss” romanini ona tilida 
oʻqishga muyassar boʻldi. Bu asar tarjimasining madaniy 
hayotimizda 
voqe 
boʻlgani 
haqida 
matbuotda 
A.Saidov, 
X.Doʻstmuhammedov, T.Joʻrayev singari olimlarning maqolalari 
ham e’lon qilindi. Shuningdek, ingliz tili mutaxassisi, OʻzMU 
doktoranti Tohir Umrzoqovning “Jahon adabiyoti” (2010, 1-son), 
“Zvezda Vostoka” (2011, 1-son), “Sharq yulduzi” (2012, 1-son) 
jurnallarida “Uliss” romanining ruscha va oʻzbekcha tarjimalariga 
doir kuzatishlari bosildi. Maqolalarining birida muallif shunday 
yozadi: “Asliymonand tarjimaga erishish uchun asliyat badiiy-estetik 
qimmati, ikki til lisoniy vositalarining lugʻaviy muvofiqliklari hamda 
asliyat mansub boʻlgan xalqning moddiy, ma’naviy, siyosiy va 
iqtisodiy hayoti bilan bogʻliq omillar tarjimada toʻlaqonli aks 
ettirilishi lozim”. Bu oʻrinli, ayni paytda, amalga oshirilishi oʻta 
mushkul talab.Ayniqsa, “Uliss”dek murakkab matnli asarni hatto 
ingliz tilini mukammal egallagan tarjimon ham asliyatga adekvat 
holatda oʻgirishning uddasidan chiqolmasa kerak. Zotan, “Uliss” 
(1922) nashr etilgandan buyon bu asar haqida yuzlab tadqiqotlar 
yaratilgan boʻlsa-da, romanning tub mohiyati va mazmuni, uslubi va 
tili, muallifning mahorat qirrallari haqida olimlar hanuz yakdil bir 
fikrga kelolganlari yoʻq.
 
204


Romanni asliyatidan rus tiliga oʻgirgan V.Xinkis va S.Xorujiy 
ham oʻz tarjimalarini “Uliss”ni tarjima qilish yoʻlidagi ilk urinish, 
“uni asliyatga monand tarjima deyishdan yiroqmiz”, deya tan 
olishadi. Shu bois, T.Umrzoqovning “izlanishlarimiz shuni 
koʻrsatdiki, rus tarjimonlari Xinkis va Xorujiyning asliyat tili 
mutaxassisi emasliklari tufayli “Uliss” asarining ruscha va oʻzbekcha 
tarjimalarining asliymonandligi haqida gapirish oʻrinli boʻlmaydi”, 
degan fikri bahsli tuyuladi. Ona tilimizga “Urush va tinchlik”, 
“Tinch Don”, “Dekameron”, “Bovari xonim”, “Jinoyat va jazo” va 
yana boshqa oʻnlab durdona asarlarni yuksak mahorat bilan oʻgirgan 
tarjimonlar “asliyat tili mutaxassisi” emas edi. Tarjimondan tilshunos 
mutaxassis boʻlishni talab qilish oʻrinlimikan?
 
Maqola muallifi rus tarjimonlarini “Uliss” matnini real anglab 
yetmaganlikda, “komponent tahlil metodidan foydalanmaganligi 
oqibatida tarjimada asliyatda mujassamlashgan ma’noni notoʻgʻri 
talqin qilganlikda” ayblaydi. Fikrini asliyat va tarjimadan misollar 
keltirib isbotlashga urinadi. Hatto matnda uchrovchi birgina “fearful” 
soʻzining izohli lugʻatlardagi yetti xil ma’nosini keltirib, ulardan 
asliyatda qoʻllanilgan “fearful Jesuit” (“buyuk Jezuit”) ma’nosini 
tushunib yetmagan holda, rus tiliga “Jezuit neschastniy” (“razil 
shayton”) qabilida tarjima qilib xatoga yoʻl qoʻyganligini tanqid 
qiladi. Mualliffikricha, “bevosita tarjimani amalga oshiradigan 
tarjimon lingvistik tarjimashunoslik nazariyalari bilan sugʻorilgan 
asliyat tili mutaxassisi boʻlgan filolog-olim boʻlishi maqsadga 
muvofiq”.
 
Yevropada katta shov-shuvga sabab boʻlgan “Uliss” romanini 
fransuzlar, italyanlar, ruslar, hatto gruzinlar ham oʻz tillariga tarjima 
qilishga urinib koʻrdilar, ammo buning uddasidan chiqish qiyin 
kechdi. Oradan yillar oʻtib, “Uliss” tarjimasini yakunlash Xinkis va 
Xorujiyga nasib etdi. Romanni tilimizga oʻgirishni esa mohir 
tarjimon 
va 
munaqqid 
Ibrohim 
Gʻafurov 
uddaladi.Maqola 
muallifining tarjimonlarga bildirgan e’tirozi va talabiga qoʻshilib 
boʻlmaydi. Asliyat tilini mukammal bilgan tilshunos olim-
tarjimonlar barmoq bilan sanarli boʻlib, ular ham yuksak tarjima 
asari yaratishga oʻzlarini qodir, deb hisoblamaydilar. Masalan, oʻtgan 
asrning 40-yillarida Shekspirning “Hamlet” fojeasini rus tiliga 
Pasternak, Lozinskiy va Morozov kabi soʻz ustalari oʻgirishgandi. 
Ular orasida professor Morozov ingliz tilini mukammal egallagan 
205


shekspirshunos olim edi. Shunday boʻlsa-da, u “Hamlet”ning she’riy 
tarjimasiga jur’at etolmadi va asarning asliyatdan nasriy tarjima 
matnini yaratdi. Oradan qariyb yetmish yil oʻtgan boʻlsa-da, 
Pasternak va Lozinskiy tarjimalari peshma-pesh chop etilib 
kelinmoqda. Toʻgʻrisi, Pasternak ham, Lozinskiy ham ingliz tilini 
mukammal bilgan emas. B.Pasternak Gyote “Faust”ini tarjima 
qilganida, M.Lozinskiy Dante “Ilohiy komediya”sini oʻgirayotganida 
nemis va italyan tillarining bilimdonlari boʻlganmidilar? Yoʻq, 
albatta. Ular, avvalo, ijodkor, soʻz ustasi va mahorat egasi edilar.
 
Shunday holni oʻzbek tarjimachiligida ham koʻrish mumkin. 
Masalan, Erkin Vohidov nemis tilini mukammal bilgan tilshunos-
olim boʻlmagan holda Gyotening “Faust”ini oʻzbek tiliga maromiga 
yetkazib tarjima qildi, Abdulla Oripov italyan tili mutaxassisi 
boʻlmasa-da, Dantening “Ilohiy komediyasi”ni oʻzbek tiliga 
san’atkorona oʻgirdi. Ayni paytda nemis tili mutaxassisi, fidoyi 
tarjimon va soʻzshunos Posha Ali Usmon umrini “Faust”ni 
asliyatdan tarjima va talqin qilishga baxsh etdi. Nihoyat, asarni 
bevosita oʻzbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi ham.Biroq tilshunos-
olim “Faust”ning oʻzbek tilida mukammal tarjimasini yaratdim, deya 
da’vo qilmagan holda hamon Erkin Vohidovning tarjimonlik 
mahorati qarshisida ta’zim etadi. Xulosa shuki, T.Umrzoqovning 
“Uliss” tarjimonlari Xinkis va Xorujiy hamda I.Gʻafurovni asliyat 
tilini 
mukammal 
bilmaganlikda, 
ularning 
lingvist-olim 
boʻlmaganliklari 
sababli 
asliyat 
matnini 
tushunib 
tarjima 
qilolmaganlikda ayblashi oʻrinli emas. Eng muhimi, har uchchala 
tarjimonning 
“Uliss”dek 
murakkab 
asar 
tarjimasiga 
kirishganliklarining oʻzi katta jasoratdir.

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish