kamchilik – shoir asarlarini qisqartirib, “tahrir” etib va bejab nashr
qilishlarda ko‘rinadi”.
Biz faqat shoir “Sayohatnoma”si matni kiritilgan joriy nashrlar
haqida fikr yuritamiz. G‘afur G‘ulom tomonidan tayyorlangan (1938,
1942, 1953-yillar) Muqimiy “Tanlanma”
asarlarida, Abdulla
Olimjonov (1951-yil Muqimiy “Tanlanma” asarlari) va O‘tkir
Rashid maktab kutubxonasi uchun nashr ettirgan Muqimiy
“Tanlanma” asarlarida (1951-yil), professor G‘.Karimov nashrga
tayyorlagan “Tanlangan” asarlari va Muqimiy “Asarlar to‘plami”
ikki jildligida “Sayohatnoma” matni uchraydi (1958, 1960, 1973,
1974-yillar).
Ta’kidlash joizki, bu nashrlarning barchasida ham asar matni
to‘liq berilgan emas.
Bundan tashqari, ularda ko‘plab matniy
tafovutlar mavjud. Jumladan, G‘.Karimov xizmati bilan chop etilgan
1958-yilgi
nashrdagi
“Sayohatnoma”ning
“Qo‘qondan
Shohimardonga” deb nomlangan qismini 6352-raqamli bayozdagi
matnga qiyoslaganda ko‘plab qisqarishlar, bandlar tarkibidagi misra,
so‘z va jumlalar o‘zgarishga uchragani kuzatiladi. Bu hol keyingi
nashrlarga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan,
mazkur nashrda
asarning 5-bandi quyidagicha berilgan:
Mingboshilik kimning ishi,
Desam, dedi bedonishi,
Bir “Qo‘shtegirmonlik kishi,
Xo‘ja Iso badkor ekan”.
№6352-bayozda esa (182a-b-sahifa):
Mingboshilik kimning ishi,
Desam, dedi bir donishi,
Bir “Qo‘shtegirmonlik kishi,
Xo‘ja Iso bekor ekan”.
Bandning 2-misradagi “bir donishi” so‘zining “bedonishi”ga
aylantirilishi muallif badiiy niyati butunlay teskari talqin etilishiga
olib keladi.4-misradagi “bekor” so‘zi “badkor” tarzida tahrir qilinishi
misralar mazmuniga mos emas.Professor N.Jabborov mumtoz
adabiyot materiallarini o‘rganishda matn tahririning alohida o‘rin
tutishini ta’kidlaydi. Olim bu masalani tadqiq qilish o‘zbek
matnshunosligining dolzarb vazifalaridan ekanligiga e’tibor qaratib,
bunday yozadi: “D.S.Lixachyovning “Tekstologiya”
kitobida
tahrirning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:
175
1) g‘oyaviy tahrir;
2) uslubiy tahrir;
3) asarda faktlarni boyitish, kengaytirishga qaratilgan tahrir;
4) bir necha turni o‘zida mujassam etgan qorishiq tahrir.
Muallif matn tahririni bu kabi turlarga ajratar ekan, tabiiyki, rus
adabiyoti materiallariga asoslanadi. Bizningcha, bu tasnifni o‘zbek
adabiyoti materiallariga ham tatbiq etish mumkin”
5. Matn tahririning mazkur turlari Muqimiy she’riy asarlarida
ham keng qo‘llangan. “D.S.Lixachyov fikricha: “Matning “g‘oyaviy
tahrir”dan o‘tishi asarning stilistik jihatlari bilan bog‘liq bo‘lishi yoki
bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Tahrir ba’zan butun matn tarkibiga,
ayrim hollarda uning alohida qismiga aloqador bo‘ladi. Yozma
yodgorlikka butunlay teskari ma’no yuklanishi, matnda u yoki bu xil
“g‘oyaviy tozalash” o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Hatto asarga unda
mutlaqo bo‘lmagan g‘oya qo‘shilishi yoki matnda mavjud bo‘lgan
g‘oya “qisqartirilishi” hollari ham uchraydi”.
6. Bunday holni mazkur qismning 8-bandida ham kuzatamiz.
Band barcha nashrlarda quyidagicha berilgan:
Unda bo‘lus G‘ozi dedi,
Ham mufti,
ham qozi dedi,
Yurt barcha norozi dedi,
Qilg‘on ishi ozor ekan.
Ba’zi tadqiqotlarda Muqimiy asarlarining joriy nashrlariga
kiritilmagan “Sayohatnoma”lar matni keltirilib talqin qilingan. Lekin
manba haqida biron og‘iz fikr yuritilmagan. Ba’zi tadqiqotlarda esa
mazkur bandlar og‘zaki materiallar sifatida ta’kidlanadi. Jumladan,
Sotti Husayn, Homil Yoqubov va G‘ulom Karimov tadqiqotlarida
“Sayohatnoma”ning “Qo‘qondan Farg‘onaga”
qismidagi yuqorida
keltirilgan band o‘zgartirilib quyidagicha keladi:
Belni Muqimiy boyladim,
Shundog‘ yurushni chog‘ladim,
Dunyoni tahqiq ayladim,
Dunyo qurilgan dor ekan.
Mazkur band yuqorida ta’kidlaganimizdek, shoir asarlarining
joriy nashrlaridan tushirib qoldirilgan. 6352-raqamli bayozda esa
(182b-sahifa) asliyatga mos berilgan. Ko‘rinadiki, “shayladim” so‘zi
“chog‘ladim” so‘ziga, “bir mahzi namunang ekan” misrasi “dunyo
qurilgan dor ekan” tarzida o‘zgartirilgan. Negadir professor
176
G‘.Karimov doktorlik dissertatsiyasida mazkur band manbasi haqida
fikr bildirib: “1954-yil SAGU ekspeditsiya materiallaridan. Odamlar
og‘zidan yozib olindi”, – deydi. Yangi topilgan “Sayohatnoma”ning
“Isfara sayohati” deb nomlangan qismi faqat X.Zarifovning
“Muqimiy hayoti va ijodi” nomli monografiyasida uchraydi.
Olimning ta’kidlashicha, mazkur “Sayohatnoma” matni shoir
Charxiy tomonidan 1953-yilda tojikistonlik G‘olib Yaqubzoda degan
kishi og‘zidan yozib olingan. Umuman, Muqimiy “Sayohatnoma”lari
matni Muqimiy asarlarining barcha
joriy nashrlarida asliyatga
nomuvofiq keltirilgan.Tabiiyki, noqis matn asosida xolis va
haqqoniy tadqiqot yaratib bo‘lmaydi. Shu jihatdan, shoir
“Sayohatnoma”lari matnini matnshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq
qilib, qayta nashr etish dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: