Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

 
Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar: 
Tafsirlar, sharq ilmi, 
ilmiy-tanqidiy matn, hadislarga yozilgan sharh kitoblari, turli fan 
sohasidagi sharh kitoblari, antik davr mutafakkirlari, ilmiy haqiqat, 
Qur’on sharhi, bayon qilmoq, tushuntirmoq, yoritmoq, izohlamoq; 
boʻlaklab kesmoq, germenevtika.
 
“Sharh” soʻzi mashhur lugʻatlarda – 
ochmoq

bayon qilmoq, 
tushuntirmoq, yoritmoq, izohlamoq

boʻlaklab kesmoq
ma’nolarida 
qoʻllanishi aytilgan
.
56
جات
سورعلا
(
“Kelinning toji”) lugʻatida “sharh” 
soʻzining 
kengaytirmoq
ma’nosi ham borligi shunday misol 
yordamida izohlangan: 
حرش
الله
هردص
لوبقل
...ريخلا
ىا
"هعسو"
 
– “Olloh 
uning qalbini yaxshilikni qabul qilishi uchun ochdi.., ya’ni 
kengaytirdi”.
57
Demak mazkur ma’nolarni umumlashtirgan holda aytish 
mumkinki, 
sharh ilmi
ning reallashuvi abstrakt zaminda kechib, 
56
راتخم ؛ىرصملا ىقرفلاا روظنم نب مركم نب دمحمل برعلا ناسل
ىبلاعثلل ةغللا هقف ؛ىضارلا نيدلا نيزل حاحصلا
57
ىديبزلل سوماقلا رهاوج نم سورعلا جات
,
ءزجلا
١
,
ةحفصلا
١٤٦١
105


atama sifatida bu birikma ma’noning yopiq tomonlarini ochish, 
qorongʻi jihatlarini yoritish, qisqa ifodalarning ma’nolarini 
kengaytirib, yoyib izohlash kabi maqsadlar uchun xizmat qiladi. 
Sharh ilmining paydo boʻlish makoni va zamoni, uning vujudga 
kelish sabablari, rivojlanish bosqichlari haqida soʻz yuritar ekanmiz, 
bu jarayon tadqiqida asos vazifasini oʻtagan ilmiy mezonni 
ta’kidlashimiz joiz. 
Insoniyat 
tarixi 
turli 
soha 
olimlarining 
tadqiqotlari, 
kashfiyotlaridagi ma’lumotlar asosida davrlashtirilgan. Har bir fan 
sohasi oʻzining muayyan xususiyatlaridan kelib chiqib, bu davrlarni 
har xil nomlar bilan atagan. Albatta, qoʻyilgan nomlar fanning 
muammolari bilan bogʻliqlikda, inson aqlining mahsuli boʻlgan 
mantiq asosida dalillangan. Gap, bu oʻrinda, davrlashtirishning 
toʻgʻri yoki notoʻgʻriligida emas. Har bir fan sohasi, u ijtimoiy-
gumanitar, tabiiy, aniq fan boʻladimi, oʻzining mavjudligini insoniyat 
tamadduni tarixiga qandaydir shaklda konkret munosabati bilan 
namoyon qiladi. Muhimi, mana shu konkret munosabatning aniqlik 
chegarasi qay darajada ekanligida. 
Ilm tabiatan aniqlikni taqozo etadi. “Ilmiy haqiqat” deb taqdim 
etilayotgan xulosalar taxmindan qanchalik xoli boʻlsa, ilmiylik sifati 
shunchalik yuqori boʻladi. Ya’ni, ilmiy haqiqat taxmin tugagan 
joydan boshlanadi. Shunday ekan, Sharh ilmi ildizini “antik davr 
mutafakkirlari” deb atalmish Suqrot, Aflotun, Arastu, Hiraqlid yoki 
Xitoy faylasuflari Konfutsiy, Lao Tszilarga nisbat berilgan soʻzlar 
yoxud “Avesto”, Vedalar, Upanshidalar, shuningdek, Rim notiqlik 
san’ati namoyondalari Sitseron, Mark Avreliy, Tatsit, Tit 
Liviylarning faoliyati bilangina bogʻlab qoʻyilsa, yuqorida 
ta’kidlangan ilmiylik mezoni buziladi. 
Sharh ilmining fundamental asosi ilohiy kalom – Qur’oni karim 
nuzuli jarayonida shakllandi. Bu muqaddas Kitob qanday nozil 
boʻlgan boʻlsa, shundayligicha bitta harfi ham oʻzgarmasdan
saqlanib kelayotgani Paygʻambar zamonidan to bugungacha uzluksiz 
silsila bilan bogʻlangan tarixiy hujjatlarda toʻla aks etgan. Tarixiy 
hujjatlarning ishonchliligi rad qilib boʻlmas ilmiy dalillar bilan 
isbotlangan. Har bir oyatning nozil boʻlish oʻrni, vaqti, sababi 
insoniyat 
tarixida 
hayotining 
barcha 
jihatlari 
eng 
kichik 
nuqtalarigacha toʻla qayd etib borilgan yagona shaxs Muhammad 
106


alayhissalomning hadislari orqali oʻta aniqlik va butun tafsilotlari 
bilan oʻrganilgan.
10-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus) 
Buyuk vatandoshimiz, muhaddislar imomi Muhammad ibn 
Ismoil Buxoriy 600 ming hadis toʻplagan. Hadislarni jamlashda 
toʻqson ming kishi huzurida boʻlgan. Ushbu hadislar ichidan 
saralangan 7 mingdan ortiq sahih hadisni oʻn olti yilda yozib 
tugatgan mashhur 
عماجلا
حيحصلا
(“Sahih hadislar toʻplami”) kitobiga 
kiritgan. Savol tugʻiladi: nima uchun shuncha yillik mehnat bilan 
toʻplangan 600 ming hadis ichidan faqat 7 ming hadisgina kitobga 
kirdi? 
Sababi, qonuniy ravishda Qur’onning sharhi maqomida e’tirof 
etilgan manba – hadislar har qanday shubhadan, taxminlardan 
batamom xoli boʻlsin. Zero, har bir fan sohasida qoʻyilgan bosh 
masalaning yechimlari Qur’onda va hadislarda bevosita yoki 
bilvosita mavjud ekan, tafsir, hadis, aqida, fiqh, usuli fiqh, siyrat ilmi 
bilan shugʻullanuvchi olimlar oʻrganilayotgan mavzularga nihoyatda 
mas’uliyat bilan yondashishga majburdir. Olimlar bu majburiyatni 
107


muvaffaqiyat bilan uddalaganiga tarix guvoh. Jahon fani olamida 
erishilgan yutuqlarga nazar solib, 1400 yillik tarixga ega islomiy 
ilmlar koʻplab choʻqqilarni zabt etganini koʻrish mumkin. Tibbiyot, 
falakiyot, matematika, geometriya, fizika, kimyo qator fan sohalarida 
Yevropa uchun inqilobiy taraqqiyot yoʻllarini Sharq tafakkuri ochib 
bergani bugun ayon haqiqat. Ammo filologiya sohasida ham yutuqlar 
uchun sharoit Sharqdan boshlangani tor doiradagi mutaxassislar 
uchun ham ma’lum emas. Sharqda ijtimoiy-gumanitar fanlarning 
kelib chiqishi Qur’oni karim va uni oʻrganish bilan bogʻliq. Statistika 
sohasida qoʻyilgan birinchi qadamlar ham ulugʻ Kitob matnini 
yigʻib, mushaf holiga keltirish jarayonida amalga oshdi. Qur’on 
avval surama-sura, oyatma-oyat yigʻib tartibga solingach, soʻzlar 
soni, hatto harflar miqdorigacha aniq hisobga olingan. Yigʻilgan 
suralar matnlari va tartibini oʻrganish hozirgi kunda matnshunoslik 
deb atalmish ilmning mukammal tamoyilini, dastavval, islom kelgan 
davrdayoq yuzaga chiqargan edi. Shu jarayonning oʻzida bir guruh 
olimlar fonetika ilmiga asos solishdi. Sharqda bu ilm hanuzgacha 
ilmi tajvid 
nomi bilan atalmoqda. Ilmi tajvid olimlari Qur’oni karim 
matni asosida arab tili fonetikasini batafsil bayon qilib berganlar. 
Natijada, bu ilmni oʻzlashtirgan yevropalik olimlar uchun ilmi 
tajvidda mavjud fonetik hodisalarni tushuntiruvchi qonuniyatlarni 
oʻz tillariga tatbiq qilish va ularni oʻzlariga tushunarli atamalar bilan 
nomlashdan 
iborat 
vazifagina 
qolgan. 
Leksikografiya 
va 
leksikologiyaning yevropadagi ravnaqi ham Qur’onni oʻrganishdan 
orttirilgan bilim va tajribalarni oʻzlashtirishdan boshlangan. Holbuki, 
lugʻatlarga hozirgi kun nuqtayi nazaridan qoʻyiladigan talablar arab 
leksikografiyasida bundan ming yil ilgari ham bor edi. Ya’ni, Qur’on 
uchun tuzilgan lugʻatlar X asrdan boshlab izohli va ikki tilli lugʻatlar 
uchun zamin yaratish bilan birga, hozirgi kunda, deyarli barcha 
tillarning lugʻatlarini tuzish uchun zarur boʻlgan leksikografik 
usullarga asos boʻldi. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish