bitigçi, ïlïmγa
(alïmγa), baxşï, ka: tib
deb atalgan”
42
.
Kotiblar koʻchirgan asarlariga xolis baho bera olishgan. Hatto
ular ijodkor asarlarini sevib, ixlos bilan tartib berganlari bois oʻzlari
ham ilhomlanib toʻplamlar tartib qilishgan. Masalan, Navoiyning xos
kotibi Abduljamilning “Tuhfat us-salotin” kitobi ana shunday hayrat
natijasida
tuzilgani,
shubhasiz.
“Tuhfat
us-salotin”ning
41
Қаранг
:
Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. – Т.
:
Фан
,
1971. –
Б.4.
42
Содиқов Қ. Туркий матннавислик тарихидан. Қадимги ёзма ёдгорликлар. – Т.
:
Ёзувчи
,
2000. – Б.131.
81
muqaddimasidan ma’lum boʻladiki, kotib Navoiy nazmidan bahra
olib, hayratli hayajon dengiziga gʻarq boʻlgan va taassuroti nihoyat
darajada joʻshqinligidan ushbu majmuani jam qilmoqqa jazm etgan.
Kotib shoir baytlari xususida shunday yozadi: “Har tuhfasida
chandin latoyif va gʻaroyibi margʻub maknun va mavjud va har lafzi
bir qissaga shomil va har bayti bir oyatga mutazzamin va misrai bir
hadisgʻa muvofiqdurur”
43
. Abduljamil kotib buyuk mutaffakir
ijodining oʻz zamonidagi ilmiy tadqiqotchisi va oʻtkir zehnli olim
hisoblanadi.
Adabiyotshunos
A.Hayitmetovning
yozishicha,
kotiblar
koʻchirilayotgan asarning ishonchli, qadimiy nusxasini tanlashga,
yoki manbaning asos-matnini yaratishga intilgan. Asarning dastlabki
qoʻlyozma nusxalari yoʻqolib ketishidan xavfsirab, savodli kotiblar
buyutmachilarning
talabi
bilan
yigʻma-matnlarni
tuzishga
kirishgan.
44
Toshbosma nusxa uchun asarni koʻchirayotgan xattot ham ishiga
oʻz
davrining
ma’rifatparvar
kishisi
sifatida
yondashgan.
Adabiyotshunos A.Erkinov ta’kilaganidek, toshbosma nashr uchun
matn tayyorlashda xattot qoʻlyozmalarni ma’lum darajada oʻrganib,
ularning ishonchlilari asosida toshbosma uchun matn tayyorlagan va
muayyan matnshunoslik faoliyatini olib borgan.
45
Oʻzbek matnshunosligi rivojlanishning ilk bosqichidagi muhim
tomonlardan biri, toshbosma nusxa uchun asarni koʻchirayotgan
kotiblarning koʻpchiligi filologik bilimga ega savodli, ilmli kishilar
edi. A.Murodov
mashhur Shohmurod kotib shogirdlaridan
Husniddinxon haqida soʻz yuritarkan, uni “Sharq adabiyoti tarixi va
nazariyasi boʻyicha olim hamda arab, fors tillariga tarjimon edi”
46
, –
deb yozadi. Filologik bilimga ega, savodli, ilmli kotiblargina asar
matnining mukammal boʻlishiga harakat qilishgan.
Yana toshbosma nusxa kotiblarining koʻpchiligi shoir, tarjimon
ham boʻlishgan. Masalan, Almaiy Qori Fazlulloh Mirjalol oʻgʻli XIX
43
Абдулжамил котиб. Туҳфат ус-салотин. – Т.
:
Тошкент давлат шарқшунослик
институти
,
2007. – Б.7.
44
Ҳайитметов А. Алишер Навоийнинг адабий-танқидий қарашлари. –Т.
:
Фанлар
академияси нашриёти
,
1959. – Б.25.
45
Қаранг
:
Эркинов А. Матншуносликка кириш. –Т.
:
Республик таълим маркази
,
1997. – Б.33.
46
Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. – Т.
:
Фан
,
1971. – Б.152.
82
asrning ikkinchi yarmiga mansub boʻlgan mashhur shoir va
xushnavislardan hisoblanadi. Oʻzbek tilidagi tarjimalar orasida eng
mashhurlaridan biri “Kalila va Dimna”ning Almaiy tarjimasi boʻlib,
toshbosmada bir necha bor nashr etilgan va xalqimiz orasida
mashhur boʻlgan. “Kalila va Dimna”ning oʻzbek tiliga qilingan
keyingi tarjimasida qahramonlar hamda personajlar, mamlakat,
shahar va qushlar nomi ham turli tarjimalarda turlicha boʻlganligidan
koʻproq Almaiy tarjimasiga tayanilgan.
47
Shu bilan birga, qoʻlyozmalarning har xil saviyadagi kotiblar
tomonidan koʻchirilishi, ayrim xattotlarning e’tiborsizligi, ba’zi
kotiblarning baytlarni oʻqiy olmasligi yoki ba’zi baytlarni ataylab
tushirib yoki oʻzgartirib yozilishi natijasida asar muallif tahriridan
uzoqlasha borgan. Bu hol qoʻlyozmalar qancha koʻchirilsa shuncha
ortib borgan.
Toshbosma nusxalar tayyorlanishida kotibning matn mazmunini
qay daraja tushunishi, muallif gʻoyasini idrok etishi muhimdir.
Jumladan,
1323–1905-yili
Toshkentda
Porsev
matbaasida
tayyorlangan “Xamsa” asari toshbosma nashri matni Abdummanof
Hoji tomonidan koʻchirilgan. A.Murodovning bergan ma’lumotlariga
koʻra bu kotibning asli toʻla ismi Abdumannof Abdulvahhob oʻgʻli
boʻlib, xalq oʻrtasida Qori Abdumannof, Abdumannof Hoji nomlari
bilan ham mashhur boʻlgan. Toshbosma uchun koʻchirib bergan
qoʻlyozmalariga ham Qori Abdumannof yoki Abdumannof Hoji deb
imzo qoʻygan. Qori Abdulmannof Toshkentning Hofiz Koʻyki
mahallasida yashagan. U Buxoroda ta’lim olgan. Soʻngra
Toshkentda mashhur xattot Abdulhaq Kotib Alim oʻgʻli (1808 –
1886)ga shogird tushib xattotlik san’atini oʻrgangan va tez yozuvchi
xattotlardan boʻlib tanilgan. Qori Abdulmannof 1945-yili 65 yoshida
poyezd ostida qolib halok boʻlgan. Kotibning arab va fors tillarida
koʻchirgan qoʻlyozmalari saqlanib qolgan.
48
AlisherNavoiyasarlarinikitobatqilgankotiblarxususidaadabiyotsh
unosSh.Sirojiddinovquyidagifikrlarnibildiradi: “Xattot va kotiblar
Navoiy asarlarini ko‘chirishda, bir tomondan, xattotlik mahoratini
orttirsalar, ikkinchi tomondan, ko‘chirish jarayonida Navoiy so‘zi
47
Қаранг
:
Калила ва Димна. – Т.
:
Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат
нашриёти
,
1977. – Б. 253.
48
Қаранг
:
Муродов А. Ўрта Осиё хаттотлик санъати тарихидан. – Т.
:
Фан
,
1971. –
Б.152.
83
qudratining naqadar kuchli ekanligiga imon keltira boshlaganlar va
maftunkor she’riyat sehri ularni batamom o‘z og‘ushiga olgan.
Ko‘pchilik xattotlar Navoiyning biror-bir asarini ko‘chirib
bo‘lishgach, o‘sha asar ruhi ta’siridan chiqolmay, o‘z taassurotlarini
kitob oxirida qayd etib ketishgan”
49
.
Xulosa oʻrnida shuni alohida ta’kidlash kerakki, Sharqning
buyuk shoiri Alisher Navoiy asarlarining jahoniy shuhratida
buxorolik va shahrisabzlik adabiyot muxlislari – mashhur
xattotlarning munosib hissasi bor. Bu qoʻlyozmalar oʻquvchiga rang-
barang ma’lumotlar berish bilan birga Navoiy asarlarini mukammal
oʻrganishda ijobiy rol oʻynab kelmoqda. Aslida Alisher Navoiy
xattotlari mahorati alohida tadqiqot mavzuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |