(Shu oʻrinda talabalarga tarjimashunos olim Gʻaybulla
Salomov “tarjima jarayonining uch bosqichi nazariyasi” haqidagi
fikrlarini keltirib oʻtamiz)
1970-yilda
Leypsigda
boʻlib oʻtgan lingvistik tarjima
nazariyasiga
bagʻishlangan simpoziumda tarjima masalalari
A.D.Shveyser qoʻygan tarzda emas, balki boshqacharoq yoʻnalishda
muhokama qilindi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Ikki yoki bir nechta tilda lisoniy va uslubiy unsurlarning
ekvivalentlik (muqobil) munosabatlarini oʻrganish.
203
2. Tarjima jarayonining qonuniyatlari tamoyillarini ishlab
chiqish.
3. Tarjimalar matnini tahlil qilish sxemalarini (andozalarini)
yaratish. Tarjimashunoslik fani umumfilologik aspektda oʻrganiladi.
U tilshunoslik, adabiyotshunoslik, stilistika fanlari bilan uzviy
bogʻliq. Tarjimashunoslik fani – tarjima qonuniyatlari, tarjima qilish
tamoyillarini oʻrganadigan filologik fan hisoblanadi. Tarjima
oʻzining estetik mohiyati bilan ijodiy jarayon hisoblanar ekan, uni
tushunish uchun adabiyotshunoslik nazariyasiga ehtiyoj sezamiz. Bu
adabiyotshunoslik ham tilshunoslik ham bir-biri bilan chambarchas
bogʻliq, biri ikkinchisini toʻldirib keladi demakdir. Shuning uchun
tarjimashunoslik fani adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlari bilan
uzviy bogʻliq.
* * *
Taniqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ibrohim Gʻafurovning
jasorati, mashaqqatli mehnati samarasi oʻlaroq oʻzbek kitobxoni
mashhur irland adibi Jeyms Joysning “Uliss” romanini ona tilida
oʻqishga muyassar boʻldi. Bu asar tarjimasining madaniy
hayotimizda
voqe
boʻlgani
haqida
matbuotda
A.Saidov,
X.Doʻstmuhammedov, T.Joʻrayev singari olimlarning maqolalari
ham e’lon qilindi. Shuningdek, ingliz tili mutaxassisi, OʻzMU
doktoranti Tohir Umrzoqovning “Jahon adabiyoti” (2010, 1-son),
“Zvezda Vostoka” (2011, 1-son), “Sharq yulduzi” (2012, 1-son)
jurnallarida “Uliss” romanining ruscha va oʻzbekcha tarjimalariga
doir kuzatishlari bosildi. Maqolalarining birida muallif shunday
yozadi: “Asliymonand tarjimaga erishish uchun asliyat badiiy-estetik
qimmati, ikki til lisoniy vositalarining lugʻaviy muvofiqliklari hamda
asliyat mansub boʻlgan xalqning moddiy, ma’naviy, siyosiy va
iqtisodiy hayoti bilan bogʻliq omillar tarjimada toʻlaqonli aks
ettirilishi lozim”. Bu oʻrinli, ayni paytda, amalga oshirilishi oʻta
mushkul talab.Ayniqsa, “Uliss”dek murakkab matnli asarni hatto
ingliz tilini mukammal egallagan tarjimon ham asliyatga adekvat
holatda oʻgirishning uddasidan chiqolmasa kerak. Zotan, “Uliss”
(1922) nashr etilgandan buyon bu asar haqida yuzlab tadqiqotlar
yaratilgan boʻlsa-da, romanning tub mohiyati va mazmuni, uslubi va
tili, muallifning mahorat qirrallari haqida olimlar hanuz yakdil bir
fikrga kelolganlari yoʻq.
204
Romanni asliyatidan rus tiliga oʻgirgan V.Xinkis va S.Xorujiy
ham oʻz tarjimalarini “Uliss”ni tarjima qilish yoʻlidagi ilk urinish,
“uni asliyatga monand tarjima deyishdan yiroqmiz”, deya tan
olishadi. Shu bois, T.Umrzoqovning “izlanishlarimiz shuni
koʻrsatdiki, rus tarjimonlari Xinkis va Xorujiyning asliyat tili
mutaxassisi emasliklari tufayli “Uliss” asarining ruscha va oʻzbekcha
tarjimalarining asliymonandligi haqida gapirish oʻrinli boʻlmaydi”,
degan fikri bahsli tuyuladi. Ona tilimizga “Urush va tinchlik”,
“Tinch Don”, “Dekameron”, “Bovari xonim”, “Jinoyat va jazo” va
yana boshqa oʻnlab durdona asarlarni yuksak mahorat bilan oʻgirgan
tarjimonlar “asliyat tili mutaxassisi” emas edi. Tarjimondan tilshunos
mutaxassis boʻlishni talab qilish oʻrinlimikan?
Maqola muallifi rus tarjimonlarini “Uliss” matnini real anglab
yetmaganlikda, “komponent tahlil metodidan foydalanmaganligi
oqibatida tarjimada asliyatda mujassamlashgan ma’noni notoʻgʻri
talqin qilganlikda” ayblaydi. Fikrini asliyat va tarjimadan misollar
keltirib isbotlashga urinadi. Hatto matnda uchrovchi birgina “fearful”
soʻzining izohli lugʻatlardagi yetti xil ma’nosini keltirib, ulardan
asliyatda qoʻllanilgan “fearful Jesuit” (“buyuk Jezuit”) ma’nosini
tushunib yetmagan holda, rus tiliga “Jezuit neschastniy” (“razil
shayton”) qabilida tarjima qilib xatoga yoʻl qoʻyganligini tanqid
qiladi. Mualliffikricha, “bevosita tarjimani amalga oshiradigan
tarjimon lingvistik tarjimashunoslik nazariyalari bilan sugʻorilgan
asliyat tili mutaxassisi boʻlgan filolog-olim boʻlishi maqsadga
muvofiq”.
Yevropada katta shov-shuvga sabab boʻlgan “Uliss” romanini
fransuzlar, italyanlar, ruslar, hatto gruzinlar ham oʻz tillariga tarjima
qilishga urinib koʻrdilar, ammo buning uddasidan chiqish qiyin
kechdi. Oradan yillar oʻtib, “Uliss” tarjimasini yakunlash Xinkis va
Xorujiyga nasib etdi. Romanni tilimizga oʻgirishni esa mohir
tarjimon
va
munaqqid
Ibrohim
Gʻafurov
uddaladi.Maqola
muallifining tarjimonlarga bildirgan e’tirozi va talabiga qoʻshilib
boʻlmaydi. Asliyat tilini mukammal bilgan tilshunos olim-
tarjimonlar barmoq bilan sanarli boʻlib, ular ham yuksak tarjima
asari yaratishga oʻzlarini qodir, deb hisoblamaydilar. Masalan, oʻtgan
asrning 40-yillarida Shekspirning “Hamlet” fojeasini rus tiliga
Pasternak, Lozinskiy va Morozov kabi soʻz ustalari oʻgirishgandi.
Ular orasida professor Morozov ingliz tilini mukammal egallagan
205
shekspirshunos olim edi. Shunday boʻlsa-da, u “Hamlet”ning she’riy
tarjimasiga jur’at etolmadi va asarning asliyatdan nasriy tarjima
matnini yaratdi. Oradan qariyb yetmish yil oʻtgan boʻlsa-da,
Pasternak va Lozinskiy tarjimalari peshma-pesh chop etilib
kelinmoqda. Toʻgʻrisi, Pasternak ham, Lozinskiy ham ingliz tilini
mukammal bilgan emas. B.Pasternak Gyote “Faust”ini tarjima
qilganida, M.Lozinskiy Dante “Ilohiy komediya”sini oʻgirayotganida
nemis va italyan tillarining bilimdonlari boʻlganmidilar? Yoʻq,
albatta. Ular, avvalo, ijodkor, soʻz ustasi va mahorat egasi edilar.
Shunday holni oʻzbek tarjimachiligida ham koʻrish mumkin.
Masalan, Erkin Vohidov nemis tilini mukammal bilgan tilshunos-
olim boʻlmagan holda Gyotening “Faust”ini oʻzbek tiliga maromiga
yetkazib tarjima qildi, Abdulla Oripov italyan tili mutaxassisi
boʻlmasa-da, Dantening “Ilohiy komediyasi”ni oʻzbek tiliga
san’atkorona oʻgirdi. Ayni paytda nemis tili mutaxassisi, fidoyi
tarjimon va soʻzshunos Posha Ali Usmon umrini “Faust”ni
asliyatdan tarjima va talqin qilishga baxsh etdi. Nihoyat, asarni
bevosita oʻzbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi ham.Biroq tilshunos-
olim “Faust”ning oʻzbek tilida mukammal tarjimasini yaratdim, deya
da’vo qilmagan holda hamon Erkin Vohidovning tarjimonlik
mahorati qarshisida ta’zim etadi. Xulosa shuki, T.Umrzoqovning
“Uliss” tarjimonlari Xinkis va Xorujiy hamda I.Gʻafurovni asliyat
tilini
mukammal
bilmaganlikda,
ularning
lingvist-olim
boʻlmaganliklari
sababli
asliyat
matnini
tushunib
tarjima
qilolmaganlikda ayblashi oʻrinli emas. Eng muhimi, har uchchala
tarjimonning
“Uliss”dek
murakkab
asar
tarjimasiga
kirishganliklarining oʻzi katta jasoratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |