O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Tayansh tushunchasi: O`smirlarning intellektual rivojlanish o`smir va kattalar orasidagi shaxsning shakllanishi psixik rivojlanishdagi yangi xislatlarning paydo bo`lishi.
O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pedagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o`tish davri ham deb ataymiz. O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya`ni 5-8 sinf o`quvchilarini.
O`smir o`quvchilarni ta`lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba`zan etarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi.
Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda kiyin kechadi. Bu jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir.
Bu davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarningpsixik taraqqiyotini xarakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir.
Ilk o’spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Tayansh tushunchasi: O`spirinlik davrida aqliy rivojlanish ilk o`spinilik davridagi yoshlarning shaxsiy xususiyatlari, mehnat faoliyati va kasbga tayyorlash.
Usmirlikdan keyingi navbatdagi boskichni uspirinlik davri deb bir boskich xisoblashimiz xam mumkin, lekin xozirgi kupchilik psixologlar klassifikatsiyasi buyicha ikki boskichga ajratishimiz xam mumkin. Avval usmirlikdan keyingi boskichni usmirlik, keyingisi ilk uspirinlik yoki yigitlik davri deb aytilardi–da 14 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan davrlarni qamrab olar edi. Xozir kupchilik psixologlar 15–18 yoshni qamrab oladigan davrni ilk uspirinlik deb atashni ma`qo`l kurmokdalar, bu umumta`lim maktabining 8–9 sinfi-dan boshlab, kasb–xunar kolleji va litseylarining 1–2–sinflariga, ya`ni 8–10 sinf yoshiga to`g`ri keladi. Bu davrda o`quvchi jismonan bakuvvat, ukishni tugatgach mutsakil mexnat kila oladigan, oliy maktabda o`zini sinab ko`radigan imkoniyatga ega bo`ladi.
Mazkur davrning yana bir xususiyati – mexnat bilan ta`lim faoliyatining bir xil axamiyat kasb etishidan iborat. Ijtimoiy xayotda faol katnashish, ta`lim xarakterining uzgarishi, yigit va kizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e`tikodning shakllanishiga, yuksak insoniy xis–tuyguning vujudga kelishiga, bilimni uzlashtirishga ijodiy yondoshuv kuchayishiga olib keladi.
Xayotda uz urnini topishga intilish kasb – xunar urganish, ixtisoslikni tanlash, itsikbol rejasini to`zish, kelajakka jiddiy munosabatda bulishni keltirib chikaradi. Birok bu davr kuch-gayrat, shijoat, kaxramonlik kursatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat xodisalariga romantik munosabatda bulish bilan boshka yosh davrlaridan keskin farklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |