Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sirtqi bo`lim boshlangʻich taʼlim va sti yoʻnalishi 4-“a" guruh talabasi Abdullayev Saidmurodning tarbiya ishlari metodikasi fanidan kurs ishi taqdimoti Sinf rahbarining o’quvchilarga bo’lgan munosabatida pedagogik mahoratning ahamiyati I. Kirish II. Asosiy qism. 1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar mazmuni. 2. Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar. 3. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati. 4. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar III. Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotla Bugungi davrda o’quv muassasalar va ulardagi o’quv, tarbiya jamoa oldida juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalar qo’yilmoqda. Oliy maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g’oyaviy va siyosiy jihatdan chiniqtirishi yuksak axloqiy fazilatga ega qilishi mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol oʻynaydi. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Sinf rahbarining ta’lim muassasasining bajaradigan mexnatning oʻlchovi, chegarasi yoʻq. Uning bilmagan ishi, uddasidan chiqa olmaydigan sohasi boʻlmaydi. Shu bilan bir qatorda u beg’araz, xolis va ta’masiz shaxs boʻlib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar , ota-onalar va oʻquvchilarni oʻzaro bogʻlovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, oʻzaro aloqalarning toʻgʻri boʻlishiga ta’sir oʻtkazishi va ayni vaqtda oʻzining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.
Pedagogik mahorat –bu o’qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, hayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k,) va kasbiy, (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi, erudisiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o’z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik psixologik va metodik tayyorgarligida, o’quvchi-yoshlarni o’qitish ,tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab-topib amaliy faoliyatida qo’llashida namoyon bo’ladi
Vatanimiz yosh avlodiga ta'lim va tarbiya beruvchi o'qituvchi avvalo o'zining dunyoqarashi aniq ma'naviy yo'nalishi g'oyaviy - siyosiy e'tiqodining yuksak darajada ekanligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak. O'z hayotini xalqqa xizmat qilishga bag'ishlangan o'qituvchigina o'z vazifasini munosib tarzda ado etishi kerak. Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |