Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Download 2,67 Mb.
bet15/17
Sana14.07.2022
Hajmi2,67 Mb.
#794656
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Novgul Bitiruv malakaviy ishi1

«Halqa» topologiyasi
«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalning so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o‘rtasidagi so‘nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar halqada to‘liq teng huquqli emas («Shina» topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa, axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «Halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo‘ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo‘ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash, odatda, oddiy, lekin, albatta, ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to‘xtatish lozim bo‘ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarning tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko‘p). «Halqa» topologiyasi, odatda, yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko‘p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda konflikt holati yo‘q («Shina» topologiyasida mavjud), shuningdek, markaziy obyekt ham yo‘q («Yulduz» topologiyasida mavjud). Signal halqadagi tarmoqning hamma kompyuterlaridan o‘tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarning birontasi ishdan chiqsa (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) butun tarmoqning ish faoliyati to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. «Halqa» topologiyasi kabellari uzilishga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada, odatda, ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa yo‘llari o‘tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mo‘ljallanadi.
«Halqa» topologiyasining yirik yutug‘i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba’zida bir necha o‘n kilometrgacha). Bu ma’noda «Halqa» topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir. «Halqa» topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o‘tkazilishini kamchilik («Yulduz»ga nisbatan), deb hisoblashimiz mumkin. Ba’zi hollarda «Halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo‘li o‘tkazilib, bu aloqa yo‘llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi — axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan). Kombinatsiyali topologiyalar biroz ko’p ishlaydi, ular orasida eng ko’p tarqalgani yulduz – shinali va yulduz – halqalilardir. Yulduz – shinali topologiyalarda (star – bus) shina va passiv yulduzlar kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda kondensatorga bo’lak kompyuterlar va butun shinali segmentlar ulanadi. Tarmoqdagi barcha kompyuterlar kiritilgan fizikali topologiyaga amal qiladi. Bu topologiyada bir necha kondensatorlar ishlashi mumkin, ular bir-biriga ulanib magistral, tayanchli ( markaziy , tayanchli ) deb atalgan shinaga ulanadi. HUB ning har bir bo’lagiga kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o’ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalar afzalligini kombinatsiya qilish imkoniyatidan foydalanadi , shuning bilan tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson o’zgatiradi. Yulduz – halqali topologiya vaziyatida kompyuterlarning o’zi birlashmaydi , balki maxsus HUB lar , ularga o’z navbatida , yulduz ko’rinishidagi ikki tomonlama bog’lanish liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatdan ham tarmoqning hamma kompyuterlari berk haqlaga ulanadi, sababi , HUB lar ichidagi barcha bog’langan liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali topologiyaning ustunligi kombinatsiyalashga imkon yaratadi. Huddi shunday bog’lanishlar harakteri tarmoqning mustahkamligining buzilishi darajasini belgilaydi, tarmoqdagi apparatlarning kerakli murakkabligini almashishini boshqarish usulini eng to’g’ri keladiganini, taqmoqning qabul qiladigan o’lchamlari (bog’lanish liniyalari uzunligi va abonentlar soni) har qanday oldindan tanlangan topologiya yordamida har doim bog’lanish mumkin. Agarda ulanadigan kompyuterlarning aylana konturi bo’yicha joylashgan bo’lsa, ular yulduz yoki shinali bo’lib yengil bog’lanishi mumkin. Agarda kompyuterlar qandayda bir markaz atrofida joylashsa ular bir-biri bilan shinali yoki halqali bo’lib ulanishi mumkin.


  1. Download 2,67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish