9-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi.
10-modda.
Xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari o‘tkazadigan tadbirlar vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘sha mamlakat tajribasi va mahalliy urf-odatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
11-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarida, ta’lim muassasalarida, sport musobaqalari vaqtida, shuningdek xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari tegishli tadbirlar o‘tkazgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ushbu Qonun talablariga asoslanib belgilanadi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda.
Ushbu Qonunning ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu Qonunning ijro etilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Batafsil ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining 215-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2031-moddalariga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |