Ajdodlarimizning ilmiy merosi abadiyatga



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana25.12.2022
Hajmi0,8 Mb.
#896024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafa Mustaqil Ish Pdf

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. 
 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783
–850) Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga 
yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o‘z ona yurti Xorazm va 
Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Ma’mun 
zamonida (813
–833) “Bayt ulhikma” da mudir sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan 
hissa qo‘shdi. Al-Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina 
bizgacha yetib kelgan. Asarlari orasida, ayniqsa, matematik
aga doir “Al-jabr val-
muqobala” mashhur.
Hatto, “algebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha 
nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida “algoritm” 
atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al-jabr” asari asrlar davomida avlodlar 
qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli 
hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi 
XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. 
Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik hisoblash 
tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb 
etdi. Shunday qilib, vatandoshimiz Xorazmiy al-jabrni mustaqil fan darajasiga 
ko‘tarib, algebra faniga asos soldi va tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi. 


 
Ahmad al-
Farg‘oniy.
“Bayt ul-hikma” da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom
matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-
Farg‘oniy 
(797
–865). U Farg‘ona vodiysining Quva shahrida tavallud topgani uchun Sharqda 
Al-
Farg‘oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U 
astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi. Qator ilmiy va 
amaliy asarlar yozib qoldirdi. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati 
va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik 
qildi. 832
–833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig‘ida 
yer meridianining bir darajasi u
zunligini o‘lchashda qatnashdi. 
861-yilda al-
Farg‘oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi 
gidrometr 
– daryo oqimi sathini belgilaydigan “Miqyos an-Nil” inshooti va uning 
darajoti qayta tiklandi. 
Bizning davrimizgacha Ahmad al-
Farg‘oniyning sakkiz asari saqlangan bo‘lib, 
ular orasida “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi ham bordir. Bu 
kitob XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon 
Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab 
berdi. Yevropada mashhur bo‘lgan alloma nomi XVI asrda Oydagi kraterlardan 
biriga berilgan. 


 
“O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, 
tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy 
maktablarning vujudga kelishi, yangi-
yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo 
bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, 
qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-
sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining 
ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan.” 
Islom Karimovning 2014-yil 16-mayda Sam
arqandda bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar 
Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya 
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish 
marosimidagi so‘zlagan nutqidan. 
Mustaqillik yillarida Ahmad al-
Farg‘oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga 
qaytarildi. 1998-yil oktabrda alloma Ahmad al-
Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi 
nishonlandi. Farg‘ona shahrida al-Farg‘oniy nomi bilan bog‘ yaratildi va buyuk 
allomaga haykal o‘rnatildi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish