O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni dinamikasi(ming kishi hisobida)
Hududlar
|
Yillar
|
2019 yilda 2017 yilga nisbatan o‘zgarish
|
2017
|
2018
|
2019
|
+,-
|
foiz
|
|
Respublika bo‘yicha
|
11328,1
|
11628,4
|
11919,1
|
591,0
|
105,2
|
Fargona viloyati
|
1063,0
|
1112,1
|
1144,8
|
81,8
|
107,6
|
Fargona viloyati ulushi
|
9,4
|
9,5
|
9,6
|
0.2
|
х
|
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini diversifikatsiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik majburiy ta’lim tizimiga o‘tish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik darajasini yanada oshirish imkonini berdi.
2017-2019 yillar mobaynida ish bilan band bo‘lgan aholi soni 591,0 ming kishiga yoki 5,2 foizga ortgan. Tahlillar o‘sish sur’ati bir meyorda kechmaganini, xususan, o‘tgan yillar davomida ish bilan band bo‘lgan aholi sonining o‘sish sur’ati Fargona viloyatida 7,6 foizni, ya’ni respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Aholi bandligini ta’minlash va ish o‘rinlari tashkil etish muammolarini izchil hal etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotdagi band aholi soni 2,5 foizga o‘sdi va deyarli 11,9 million kishiga yetdi, iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi band bo‘lgan kishilar ulushi 79,4 foizni, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda bandlar – 74,2 foizni tashkil etdi. Bandlikning eng yuqori o‘sish sur’atlari qurilishda 105,2 foiz, uy-joy-kommunal xo‘jaligida va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishda 105,1 foiz, savdo va umumiy ovqatlanishda 105,0 foiz, transport va aloqada 104,4 foiz qayd etildi.
Aholini ishga joylashtirishda bandlikka ko‘maklashuvchi organlarning faoliyati yetakchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish organlari faoliyatini aks ettiruvchi quyidagi jadval fikrimizni tasdiqlaydi.
7-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, pensiya yoshidan tashkari barcha yoshdagilarni ishga joylashtirish salmog‘i 82% dan kam emas. Umuman olganda respublikamizning turli hududlarida Mehnat yarmarkalari o‘tkazib turilishi, bandlikka ko‘maklashish organlarining ish izlovchilar bilan ishlash samaradorligini oshishi natijasida yuqoridagi natijalarga erishilgan. Lekin barcha ham ular tomonidan taklif qilingan ishga rozi bo‘lmasligi mumkin, bu ishga yollanuvchining kasb-malakasiga, yoshi va tajribasiga tayangan holda, puxta o‘ylanmog‘i lozim bo‘ladi.
Ishsizlikni kamaytirish omillarini tahlil natijasida yana bir xususiyatni alohida e’tiborga olish zarur. U ham bo‘lsa mamlakatimiz dunyo miqyosida aholisi eng yosh davlatlardan biri ekanligidadir.
Yoshlar salmog‘ining ko‘pligi bu guruxga to‘g‘ri keladigan ish o‘rinlari yaratishga e’tiborni kuchaytirilishi bilan birga, ularning ishsiz qismining ortishi jamiyatga qanchalik xavf solishini izohlaydi.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |