«BIZNES FOND» i bilan «MADAD» sug’urta agentligi bevosita hamkorlikda ish olib
boradi. Davlat bu sug’urta tashkilotining hammuassisi bo’lib, kichik va o’rta korxonalar
faoliyatini kreditlash bilan bog’liq kattagina xatarning moliyaviy ta’minotini o’z zimmasiga oladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil) qabul qilinishi O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor qaratilayotganining ifodasidir. Bu dasturda ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirilishi respublikamizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirish, ish bilan bandlik, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huquqiy ta’minot, moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliyaviy-kredit, sug’urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti va boshqalar.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonun, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va o’rta biznes, fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag’batlantiradigan va uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik, o’rta biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar uchun soliq tizimiga sezilarli darajada engillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan o’z pul mablag’larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi orasida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. 2019 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 9,1% ni tashkil etgan edi. Ushbu ma’lumotlar Mehnat vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy markazi tomonidan mamlakatning 101 ta shahar va tumanlarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari asosida e’lon qilindi. Unda 490 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 4900 ta uy xo‘jaliklari va 25,9 ming fuqaro qamrab olingan.
«COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi».
Ishga muhtoj bo‘lganlar soni 1,94 mln kishini tashkil etdi. 16−30 yoshdagi ishsizlik darajasi 20,1 foizga, ayollar orasida 17,4 foizga yetdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehnat resurslari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paydi va 19 mln kishini tashkil etdi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga COVID-19 ning salbiy ta’siri sababli ish bilan band bo‘lganlar soni 5 foizga kamayib, 12,7 mln kishiga yetdi.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaygan holda 5,5 million kishini tashkil etdi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming kishiga (46,4%) kamaydi. Bu holat koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi choralar natijasida yuzaga keldi, deb ta’kidladi Mehnat vazirligi. Shu bilan birga, 131,2 ming kishi pullik jamoat ishlariga jalb qilinganligi sababli rasmiy sektorda ishchilar sonining keskin kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Chet elga ishlashga ketgan fuqarolar soni 2 million kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 553,2 ming kishiga va 2020 yilning birinchi choragiga nisbatan 232 ming kishiga kam.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar soni (chet elda ishlayotgan mehnat muhojirlaridan tashqari) 2019 yil oxiriga nisbatan 2,1% ga yoki 105,3 ming kishiga kamaydi va 5,1 million kishini tashkil etdi. Bu bir martalik va mavsumiy ishlarda vaqtincha ish bilan band bo‘lganlar sonining kamayishi (108,4 ming kishiga), oilaviy korxonalarda va ishbilarmonlar o‘rtasida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan (87,4 ming kishiga), shuningdek ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotgan tadbirkorlar sonining qisqarishi (110,6 ming kishi) hisobiga yuz berdi.
Karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortdi.
«Tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda».
Birinchi yarim yillikda iqtisodiy nochor aholi soni 4,5 foizga o‘sdi. Tadqiqot davomida karantin davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi.
Yanvar-iyun oylarida, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumshatish uchun, mehnat organlari 588,2 ming ishsiz va ishsiz fuqarolarga (shulardan 159,9 ming nafari 30 yoshdan oshmagan, shuningdek, 229,4 ming nafari ayollar) ish bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatdilar.
Xususan, doimiy ish joylariga ishga joylashish va pullik jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga 501,1 ming kishi ish bilan ta’minlandi. 15 ming ishsiz kasbiy ta’limga yuborildi, 27,1 ming ishsizga 10,1 mlrd so‘m miqdorida ishsizlik nafaqalari to‘landi.
2022 yilning 1 yanvar holati bo‘yicha mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020 yil shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,5 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshdi.
2022 yilning 1 yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,8 mln kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 13,3 foiz bo‘ldi.
2021 yil yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta’minlangan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Aholi daromadlariga doir nazariyalarni ko’rib chiqishni klassiklardan boshlash maqsadga muvofiq, chunki iqtisodiyot fanining ulardan oldingi namoyondalari (sxolastlar, merkantilistlar, fiziokratlar va boshqalar) ushbu masalalar yuzasidan yaxlit qarashlar tizimini bayon etmaganlar.
Klassik siyosiy iqtisod vakillari (A. Smit, D. Rikardo, D. Mill’ va boshqalar) birinchilar aholi daromadlari yuzasidan yaxlit qarashlar tizimini qatorida ta’riflab berdilar. Ularning nuqtai nazariga ko’ra, pulning barcha tovarlar va xizmatlarga nisbatan narxlarning o’rtacha darajasi bo’yicha hisoblangan xarid qobiliyati doimiy bo’ladi. Klassik iqtisodchilar asosan Maltusning aholi o’sishining oziq-ovqat resurslariga bog’liqlik nazariyasiga qo’shilar edilar. Xuddi ana shu nazariya ularga tirikchilik minimumi bilan belgilanadigan ish haqi nazariyasini asoslashga yordam berdi.
Mazkur maktab namoyandalari tirikchilik minimumi deganda, mehnat xizmatlarining «tabiiy» bahosi – jismonan yashash uchun zarur bo’lgan ish haqi darajasi, ya’ni ishchilar olishi kerak bo’lgan minimal haqini tushunar edi.
Klassiklar aholining o’zgarmas sonini qo’llab-quvvatlaydigan «tabiiy ish haqini» qisqa muddatli «bozor ish haqidan» farqlar edilar. Agar «bozor ish haqi» tabiiy ish haqidan ortiq bo’lsa, aholining o’sishiga yo’l qo’yadi. Ularning fikricha, ish haqi darajasining tirikchilik minimumigacha pasayish tamoyili aholi ortiqchaligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ular har bir jon boshiga to’g’ri keladigan daromad maksimal bo’lgan vaqtdagi aholi soni optimal son bo’ladi, deb hisoblar edilar.
Klassiklar Maltus izidan borib, kambag’allikning sababini aholi o’sish sur’ati bilan tirikchilik minimumini belgilaydigan hayotiy ne’matlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi oddiy nisbatdan iborat deb qaraganlar. Ular bevosita davlat subsidiyalari yoki xususiy xayr-ehsondan foydalanib, qashshoqlikni engishga qarshi chiqar edilar, chunki bu aholi o’sishining asosiy cheklovini kuchsizlantirishi mumkin edi. Agar bir ishchiga to’g’ri keladigan ish haqi tirikchilik minimumiga teng bo’lsa, aholi sonida muvozanat o’rnatiladi. Aholi kam bo’lganida tirikchilik minimumini saqlab turish uchun kerak bo’lganiga qaraganda ko’proq daromad hosil qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |