Aholini ish bilan bandligining shakllanishi va mohiyati



Download 51,63 Kb.
bet5/6
Sana20.01.2022
Hajmi51,63 Kb.
#393042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AHOLINI ISH BILAN BANDLIGINING SHAKLLANISHI VA MOHIYATI

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aholini ish bilan bandligi oshirish muammolarini hal etish yo‘llari.

2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Ularning qariyb yarmi kichik korxonalar, mikrofirmalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, pudrat asosidagi qurilish, shu jumladan, uy-joylarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari ko‘lamini kengaytirish hisobidan yaratiladi.

2010 yilda ham aholini turli shakldagi kasanachilik ishlariga jalb etish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish – bularning barchasi bandlikni ta’minlashning amalda o‘zini oqlagan muhim yo‘nalishlari bo‘lib qoladi.

Shu asosda 208 ming nafardan ortiq kishini, avvalo, ko‘p bolali ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Iqtisodiyotda bozor qonunlari va talablariga muvofiq ravishda ro‘y beradigan o‘zgarishlar aholining ish bilan bandligi kontseptsiyasining o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Mulkchilik munosabatlari birlamchidir. Ular ikkilamchi ishlab chiqarish munosabatlari sifatida namoyon bo‘ladigan ish bilan bandlik munosabatlarini belgilaydi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilayotgan ish bilan bandlikning yangi kontseptsiyasi uyda, uy xo‘jaligida bajariladigan mehnat faoliyati shakllarini mutlaqo qonuniy va ijtimoiy e’tirof etilgan shakllar sifatida legallashtiradi.

Shunday qilib, hozirgi paytda O‘zbekistonda davlatning uzoq muddatli strategiyasi mavjudligi bozor iqtisodiyotining ehtiyojlariga javob beradigan ish bilan bandlik zamonaviy paradigmasining qaror topishi yuz bermoqda (chizma).



chizma. Aholining ish bilan bandligi darajasini yaxshilash yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida aholining ish bilan bandligini tashkil qilish muammosi nazariy va amaliy jihatlarda yangicha ma’no kasb etadi. Mehnat bozorini yanada rivojlantirish aholining ish bilan bandligini tartibga solishda faol o‘rinni egallaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs – ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar, viloyat va tuman mintaqalari bo‘yicha taqsimlanadi.

Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o‘zi uchun yanada mosroq ish joyiga o‘tishini engillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko‘rsatadi. Bu ko‘pgina mamlakatlar uchun dolzarb muammodir. Uning hal etilishi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qodir samarali iqtisodiyotning yaratilishini anglatadi.

Ish bilan bandlikni ishchi kuchiga talabni kengaytirishga ularni foydali faoliyatga jalb qilish ko‘lamlari, shart-sharoit va shakllarini ta’minlash, ish bilan band bo‘lgan xodimlarni shakl­lantirish, taqsimlash, foydalanish, bo‘shatish, qayta tayyorlash va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar yig‘indisi, deb ta’riflash mumkin.

Bu kontseptsiya doirasida to‘la oqil (ratsional) va samarali band­lik farqlanadi. Ish bilan «to‘liq» bandlik sotsializmdagi mehnatning umumiyligi va majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir. U mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishning haqiqiy imkoniyatlari berilishi bilan bog‘liq. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklarni hisobga olib, ish bilan to‘liq bandlik darajasi bozor iqtisodiyotiga moslashib boradi.

Mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy xo‘jalikka jalb qilishning eng yuqori darajasi sifatida talqin qilish ham o‘zgarib boryapti. Ish bilan to‘liq bandlikka aholini jalb qilishning har qanday darajasida erishish mumkin, bunda u aholining ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga muvofiq kelishi, taklif etilayotgan ish o‘rinlari iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq oqilona bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o‘rni deganda shunday ish o‘rni tushuniladiki, u insonning yuksak mehnat unumdorligiga erishishi, o‘zi va oilasining yaxshi yashashi uchun etarli bo‘ladigan daromadga ega bo‘lishi tushuniladi. Shu bilan birga bu ish o‘rni uning salomatligiga zarar etkazmasligi va insoniy qadr-qimmatini erga urmasligi kerak.

Shunday qilib, ish bilan to‘liq bandlik mehnatga qobiliyatli barcha fuqarolarni kasbiy mehnat sohasiga jalb qilishni anglatmaydi. Inson o‘z istagi bo‘yicha ijtimoiy foydali mehnatda bandlik sohalaridan birini (kasbiy mehnatni, uy xo‘jaligini xususiy korxona va xususiy tadbirkorlik va shu kabilarni) tanlashga haqlidir. Biroq tartibga soluvchi­ asosiy faoliyat turi daromad keltiruvchi, shaxs farovon­li­gini oshiruvchi va rivojlantirishini ta’minlovchi kasbiy mehnat bilan band bo‘lishdir. Kasbiy mehnat bilan band bo‘lish darajasi xodimlar umumiy sonining ular ishlayotgan korxona qanday tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo‘lishidan qat’i nazar mehnat resurlari soniga nisbati bilan belgilanadi. Buning ma’nosi shuki, aholining ish bilan bandlikdagi mazkur proportsiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manfaatlari, uni jadallashtirish natijalari, fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligini oshirish manfaatlariga to‘liq mos kelishi zarur. Shu bilan birga sog‘lom avlodni etishtirishga, yuqori malakali, yaxshi ta’lim olgan serharakat xodimlarni tarbiyalashga qulay sharoit yaratib berilsa, aholining bunday bandligining proportsiyasi eng maqbul deb hisoblanadi.

Iqtisodiy islohot jarayonida mehnat samaradorligining ortishiga qarab, aholining mehnat bilan bandligi darajasi umuman mamlakat bo‘yicha pasayish tendentsiyasiga ega. Yaqin kelgusida respublikamizda ish bilan bandlikning rivojlanish xususiyatlari ana shunday kechadi. Bu erda yuqori samarali iqtisodiyot nisbatan kamroq miqdordagi xodimlarga ehtiyoj sezadi, shu bilan birga aholining ishchi o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyoji ham biroz kamayadi, chunki mehnat bilan ijtimoiy foydali bandlikning boshqa sohalariga qiziqish ortadi.

Kishilarning ijtimoiy zarur ish bilan bandlikka bo‘lgan ehtiyoji va uni amalga oshirish imkoniyatini rejali tartibga solib borish lozim. Bundan maqsad insonning faoliyat ko‘rsatish, shart-sharoitlarni yaxshilash va iqtisodiyotning samarali ishlashini ta’minlashdir.

Ish bilan bandlikning samaradorligini davlat taraqqiyotining mafkurasi aks ettiradigan ko‘rsatkichlar bilan tavsiflab berish mumkin. Bular mehnat resurslarining ijtimoiy foydali faoliyatida ishtirok etish xususiyatlariga asoslangan taqsimlash proportsiyalaridan iboratdir. Ular mehnat unumdorligining o‘sish darajasi, aholining ishga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishi va ish bilan to‘liq bandlikka erishilishi kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalaniladi. Chunki ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatda xodimlarning daromadlari va moddiy shart-sharoitlar shunchalik ko‘proq to‘planadi. Ayni vaqtda mehnat sohasini texnik-tashkiliy tomonidan takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish, aholi guruhlarining mehnat va turmush sharoitining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish imkonini beradi.

Ish bilan bandlik samaradorligining xususiyatlaridan yana biri mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasidir. Iqtisodiy jihatdan bu ko‘rsatkich aholining ish va ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi.

Ish bilan bandlik samaradorligining uchinchi xususiyati ishlovchilarning mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash tuzilmasidan iboratdir. Hozirgi vaqtda aholining ish bilan bandligi bo‘yicha iqtisodiyotdagi tarmoq tuzilishi mavjud jamiyat mehnat potentsialidan foydalanish samaradorligi darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir.

Nihoyat, ish bilan bandlik samaradorligining to‘rtinchi xususiyati ishlovchilarning kasb-malaka guruhlariga bo‘linishi hisoblanadi. U ish bilan band aholining kasb-malaka guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi hamda malakali xodimlarga bo‘lgan ehtiyoj bilan mutanosiblik darajasini aks ettiradi.

Davlatning to‘lov talabini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan xilma-xil usullar vositasida iqtisodiyotga aralashuvi orqali iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va buning natijasida ish bilan bandlikni kengaytirishga erishish mumkin. Bunda hal qiluvchi rol, Keyns nazariyasiga ko‘ra, xususiy sarmoya qo‘yilmalarini davlat tomonidan rag‘batlantirish va tartibga solish hisoblanadi. Sarmoya qo‘yilmalarini kengaytirish ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida aholining ish bilan bandligini oshirishni anglatadi. Ammo, faqat 40 va 50-yillarga kelib, keynschilik «ish bilan to‘la bandlik» shiori asosida burjua iqtisodiy nazariyasi va amaliyotining tashkilotchilariga aylandi. 40-yillar o‘rtalarida ishsizlikni tartibga solish bo‘yicha paydo bo‘lgan rasmiy hukumat hujjatlari va qonunchilik, odatda ish bilan to‘liq bandlikni miqdor jihatdan aniqlamagan. U, masalan, inglizlarning oq kitobi «Ish bilan bandlik siyosati» (1944 yil) va Amerikaning «Ish bilan bandlik to‘g‘risida hujjat»larida (1946 yil) ham yo‘q. Urushdan keyingi «Ish bilan to‘liq bandlik» siyosati aslini olganda ishsizlikni tugatishni maqsad qilib qo‘ymagan. Ishsizlikning 2-4% doirasida, albatta, mavjud bo‘lishini burjua iqtisodchilari minimal yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdor deb qarashgan.


Download 51,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish