85
Ansambl – badiiy yaxlit majmua.
Bosh reja – obyekt rejasining asosiy chizmasi bo‘lib, loyihachining
fikrlarini ifodalaydi va ishchi loyiha uchun asos hisoblanadi.
Guzar – Toshkentning (umuman O‘zbekistonning boshqa sha-harlarida
ham) qadimdan shakllangan hududlarida jamoat hayotining muhim
elementi hisoblanadi. Mahalla (yoki mahallalar)
jamoat xizmati
ko‘rsatish markazi.
Daha – yirik shaharsozlik bo‘linmasi.
Infrastruktura – o‘zaro bog‘langan obyekt, elementlarning
(transport, muhandislik tarmoqlari, madaniy-maishiy xizmat
muassasalari) tarmoqlangan keng ko‘lamli tizimi.
Kanal – sun’iy ariq.
Landshaft – yer sathi.
Mavze – Toshkent atrofidagi yerlarning nomi, foydalaniladigan
hudud.
Mahalla – kichik shaharsozlik bo‘linmalari.
Maydon – jamoat maqsadlarida foydalaniladigan kenglik.
Migratsiya – aholining bir joydan ikkinchi joyga kelib-ketishi.
Oriyentatsiya – loyihalashning
alohida elementlarini dunyo
tomonlariga nisbatan joylashtirish.
Rekreatsiya – biron-bir shahar yoki qishloq atrofidagi qo‘llanilmagan
ochiq ko‘kalamzor hudud bo‘lib, u keyinchalik dam olish, inson
sog‘ligini tiklash uchun mo‘ljallangan joylar hisoblanadi.
Sanoat hududi – sanoat korxonalari, ularning transport ombor
xo‘jaliklari, yordamchi inshootlar va muassasalar bilan band bo‘lgan
hudud.
Tuman rejalashtirilishi – aniq hududda ishlab chiqarish korxonalari,
turarjoy transport tizimi muhanidislik infrastrukturasini shu hududning
imkoniyatlarini har tomonlama baholash va uning geografik, iqtisodiy,
me’moriy-rejaviy, muhanidislik-texnik shart-sharoitlarini hisobga olgan
holda oqilona joylashtirishini ta’minlovchi loyiha hujjati.
Urbanizatsiya – shaharning paydo bo‘lishi jarayoni. Jamiyat
rivojlantirish shahar ahamiyatining ortib borishi.
86
Xiyobon – tomonlari dov-daraxtlar bilan o‘ralgan hudud.
Chorsu – chorrahadagi savdo binosi.
Shaharsozlik –
shaharlar, qishloq, aholi joylari, aholi joylashuvini
loyihalashning va qurilishning nazariyasi va amaliyoti, u me’moriy-
badiiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyenik, muhanidislik-transport
masalalarini kompleks hal etishga qaratilgandir.
Shamol guli – ko‘p yillik kuzatishlar natijasiga ko‘ra berilgan joyda
shamol esishining asosiy yo‘nalishini ko‘rsatuvchi vektor diagrammasi.
Turarjoy hududlarining rejaviy yechimining
amalga oshishda hamda
sanoat hududini joylashtirishda katta ahamiyatga ega.
Shaharsozlik ekologiyasi – shaharsozlikning yuksak ijtimoiy-tabiiy
sifatli eko yashash muhitini shakllantiruvchi va shaharlarda tabiiy
muhitni tiklash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadigan yo‘nalishi.