Yakka tartibdagi joylashtirish usulida har bir yerosti muhandislik
tarmog‘i uchun alohida xandaq kovlanadi. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlar shaharlarida bu usuldan deyarlik foydalanilmaydi,
O‘zbekiston shaharlarida esa keng foydalaniladi (13-rasm).
13-rasm. Ko‘cha va yo‘l tarmoqlarining prinsipial chizmasi.
1-radial, 2 radial-halqasimon, 3-to‘g‘ri burchakli, 4-to‘g‘ri burchakli
diagramma, 5-kombinatsiyalashgan, 6-erkin chizma.
Bu usulning afzalliklari. Bunda yerosti muhandislik tarmog‘i
alohida faoliyat ko‘rsatganligi uchun undan foydalanishda va
ta’mirlashda qulay imkoniyatlar mavjud. Kamchiligi esa tarmoqni har
safar ta’mirlashda va qayta-qayta yangilashda iste’molchi energiya
manbayidan uzilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |