Aholi xarajatlari - Aholining tirikchilik o`tkazish uchun qilgan pul sarflari; aholi pul daromadlarining ishlatilishi. Aholining pul daromadi uning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Daromadlar iste’mol tovarlari va xizmatlarni xarid etish, turli to`lovlarni to`lash, jamg`arma hosil etish uchun sarflanadi. Aholi xarajatlarining obyektiv chegarasi daromad bo`lsa, uning subyektiv chegarasi daromad egasining didi, erki, nimani afzal ko`rishidir. Shu tufayli daromad bir xil bo`lsada, xarajatlar tarkibi turlicha bo`ladi. Daromad qanchalik ko`p bo`lsa, oziq-ovqat uchun sarflar qisqarib, sanoat mollari va xizmatlarni xarid etish xarajatlari, chunonchi, uzoq muddat xizmat qiluvchi qimmatbaho tovarlar xaridiga pul ko`proq sarflanadi. Shu jihatidan aholi turli toifalarining xarajatlari bir-biridan farqlanadi. Kambag`al oilalarda ovqatlanish xarajati ustivor bo`lsa, to`q va boy oilalarda kiyinish, dam olish, sayohat qilish, qimmatbaho tovar xarid etish sarflari ustun turadi. Iqgisodiyoti rivojlangan va xalqi farovon yashaydigan mamlakatlarda aholining oziq-ovqat uchun sarflari qisqarib, minimal darajaga tushadi. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida aholi xarajatlari tarkibida o`zgarishlar paydo bo`ldi. Aholi xarajatlarida oziq-ovqat sarflari bilan bir qatorda, nooziq-ovqat tovarlarini xarid etish, pul jamg`arish va qimmatbaho qog`ozlarni orttirishga qaratilgan xarajatlar ham kuzatiladi.
O'tgan davrda 219 ta ixtisoslashgan meva-savzavotchilik va uzumchilik qishloq xo'jaligi shirkati to'liq fermer xo'jaliklariga aylantirildi. Tugatilgan shirkatlar bazasida 39 mingdan ortiq fermer xo'jaligi tashkil etilib, ularga 319,2 ming gektar yer berildi.
Meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish va to'liq qayta ishlashga ixtisoslashgan agrofirmalar faoliyatini tashkil etish uchun sharoit yaratish bo'yicha ko'rilayotgan choralar natijasida tugatilgan shirkatlar hududida 197 ta agrofirma tuzildi. Ularning muassislari fermer xo'jaliklari, qayta ishlash korxonalari va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlardir.
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollari sonini ko'paytirishni rag'batlantirish bo'yicha 2006-2010 yillarga mo'ljallangan dasturni amalga oshirish natijasida qoramol soni 2006 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 4 foiz o'sdi va 6775,3 ming boshni tashkil etdi.
Auksion savdolarini joriy etish yo'li bilan aholining yirik qoramolni sotib olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Jumladan, hisobot davrida 166 ta auksion savdosi shahobchasi tashkil etildi, ularda 12157 bosh nasldor chorva moli sotildi.
2006 yil 1 iyul holatiga ko'ra yirik qoramolni sotib olish uchun dehqon xo'jaliklariga umumiy qiymati 11,2 milliard so'mga teng mikrokreditlar ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |