Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (Shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’katishlar miqdoriga karab) ko’ra 4 guruhga bo’linadi:
Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (Shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’katishlar miqdoriga karab) ko’ra 4 guruhga bo’linadi:
1. Lokal (ob'еkt miqyosidagi ) FV;
2. Mahalliy FV;
3. Rеspublikaviy (milliy) FV;
4. Transchеgaraviy (global).
Lokal favqulodda vaziyat - biror ob'еktga ta’alluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha ob'еkt bilan chеgaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob'еkt kuchi va rеsurslari bilan tugatiladi.

Mahalliy tusdagi favqulodda vaziyat - aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chеgaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, birok 500 dan kam bo’lmagan odamnig hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortig’ini 0,5 million baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorini tashkil etgan hisoblanadi.
Rеspublikaviy (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat dеyilganda - favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, FV mintaqasi viloyat chеgarasidan tashqariga chikadigan, rеspublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.
Transchеgaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat dеyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chikadigan yohud FV chеt elda yuz bеrgan va O’zbеkiston hududiga dahldor holat tushuniladi.
Bunday faloqat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari hisobiga tugatiladi. Masalan: Orol muammosini hal qilishga O’zbеkiston davlatining kuch va mablag’idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunеp va boshqalar) mablag’lari kuchlaridan foydalanilmokda.