6. Xavfli maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqib ketish
Chiqindi to‘plash shaxobchalarida xavfli maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maxsus konteynerlar (xavfli maishiy chiqindilarni saqlash, yuklash-tushirish ishlari va tashishda ularning butligini ta'minlaydigan to‘plovchi idishlar) o‘rnatiladi.
Yig‘ilgan xavfli chiqindilar mazkur chiqindilarni yig‘ish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga topshiriladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni alohida to‘plash va olib chiqib ketish.
Chiqindi to‘plash shaxobchalarida alohida to‘plashni tashkillashtirish maqsadida majburiy tarzda quyidagilar uchun to‘rt turdagi konteynerlar o‘rnatiladi: qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar (ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan iborat chiqindilar) uchun — ko‘k rang; organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun — jigarrang; qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar (boshqa maishiy chiqindilar) uchun
— kulrang; xavfli maishiy chiqindilar uchun — to‘q sariq rang;
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘liq saralab yig‘ish uchun ajratib turuvchi rangli va (yoki) maxsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan qo‘shimcha konteynerlar
(plastmassa chiqindilari — sariq, shisha va shisha siniqlari — oq, qog‘oz chiqindilari — havo rang) o‘rnatilishi mumkin
Chiqindilarni alohida to‘plash konteynerlari
7. Hududlarni yil mavsumlari bo‘yicha tozalash
Hududlarni bahor-yozgi tozalash ishlari har yili mart-avgust davrida amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ko‘cha — yo‘llar tarmog‘ining qatnov qismini, yo‘lkalar va maydonlarni
supurish va yuvish (suv sepish); ko‘p kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan
tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yo‘lkalarni, kirish yo‘llari zinalarini supurish; hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash; chiqindi to‘plash shaxobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va
yuvish.
Hududlarni kuz-qishki tozalash ishlari sentyabrdan fevral oyigacha amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
barglarni supurish va to‘plash, ariqlarni tozalash;
ko‘cha — yo‘llar tarmog‘ining qatnov qismini, yo‘lkalar va maydonlarni
supurish; qattiq qoplamalarga muzga qarshi materiallar bilan ishlov berish; qorlarni supurish va surish, sirpanchiqlarni bartaraf etish, ko‘cha — yo‘llar
tarmog‘ining qatnov qismi, yo‘lkalar, maydonlarda hosil bo‘lgan qor va qormuzliklarni yo‘q qilish; ko‘p kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan
Xulosa
Inson dunyo yuzini ko‘rgandan boshlab atrof muhitni o‘zi iste'mol qilgan mahsulotlar chiqindilari bilan ifloslantirib tabiatga qanchalik zarar keltirayotganini his qilgan holda bu vaziyatni muvofiqlashtirish maqsadida ko‘p urinishlar, loyihalarni hayotga joriy qildi, lekin XXI asrning bo‘sag‘asida bu muammolarni to‘lig‘icha hal qila olmadi.
Hozirda jahonning ko‘pgina regionlarida maishiy va qattiq chiqindilar muammosi ekomuhitni saqlash ustida olib borilayotgan ishlar bilan chambarchas bog‘lanib, insonning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan nomutonosiblikni oldini olish uchun qaratilgan. Ekosistemaning kundan kunga buzilishiga olib keluvchi maishiy va qattiq chiqindilar muammosi yosh mustaqil O‘zbekiston Respublikasi uchun ham aktualdir.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tashkilotlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlari ko‘magida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, professional boshqaruv tashkiloti yoki tegishli hududda yashovchilarning bevosita murojaati bo‘yicha chiqindilarni to‘plash shaxobchalarini joylashtirish joylarini aniqlash bilan bog‘liq masalalarni hal qiladilar.
Yopiq turdagi chiqindi to‘plash shaxobchalarini qurish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishilgan namunaviy yoki individual loyiha (eskiz) asosida amalga oshiriladi.
Gavjumroq joylarda hududlardan foydalanish intensivligiga bog‘liq ravishda chiqindi to‘plash shaxobchalarining qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlari tashkillashtirilishi mumkin.
Faoliyat yuritayotgan chiqindi to‘plash shaxobchalarini buzish ishlari ularning o‘rniga yangi chiqindi to‘plash shaxobchalari qurilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Chiqindi to‘plash shaxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam bo‘lmagan va 100 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.
Chiqindi to‘plash shaxobchasining hududi o‘tish yo‘liga tutash bo‘lishi, lekin maxsus avtotransport vositasining kirishiga xalaqit bermasligi lozim. Alohida joylashgan maydonchada (o‘tish yo‘lidan uzoqda) maxsus avtotransport vositasining konteynerlarni bo‘shatish uchun qulay kirish imkoniyati va burilish maydonchasi (12 m x 12 m) ko‘zda tutiladi.