«Iqtisodiyot nazariyasida ishlab chiqarish jarayoni inson (jamiyat) va tabiatning o’zaro ta’siri sifatida qaraladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan inson tabiatni o’zgartiradi, yer maydonlaridan ancha faol, to’g’ri va oqilona foydalana boshlaydi.

Ma’lumki mehnat predmetlari ishlab chiqarishning muhim omillari hisoblanadilar. Odatda, mehnat predmetlari deganda inson mehnati yunaltirilgan narsalar,ya’ni bo’lg’usi mahsulotlarning moddiy asosini tashkil etuvchi narsalar tushuniladi. Yer mehnatning moddiy –narsali resurs bo’lgani holda barcha mehnat predmetlarini tayyorlash uchun birlamchi asosni tashkil etadi. YUqorida qayd qilinganlar yerni umummehnat manbai sifatidagi ahamiyatini tavsiflaydi.
Yer maydonlarining chegaralanganligi uni haqiqattan ham noyobligini va oxir – oqibatda iste’mol qiymatini oshishini bildiradi. Bu esa unumdorligi past bo’lgan yer uchastkalarini ham o’zlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Yer maydonlarining tashqi haqiqiy qiymatlari, balki uning alohida tarkibiy elementlari bo’yicha ham hududlar chegaralangandir.

Alohida ahamiyatga molik bo’lgan omillardan biri – bu haydalma yerlar va boshqa mahsuldor yerlarning chegaralanganidir. Turli – tuman qurilmalarining rivojlanishi aholi punktlari, sanoat va boshqa turdagi qurilishlar hududlarini kengayishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida qishloq xo’jaligi va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar maydonini qisqartiradi va natijada bu yer fondi tarkibining o’zgarishiga sabab bo’ladi.